I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari
Download 87.21 Kb.
|
qqqqqqq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovuqqa chidamlilik
- Beton qorishmasini tashish
Suv o‘tkazmaslik. Betonning suv o‘tkazmasligi suv sizib o‘tmagan holatdagi eng kichik bosim (kgs/sm) bilan xarakterlanadi. Suv o‘tkazmaslik balandligi va diametri 15 sm. bo‘lgan beton namunalar standart usulda sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12.
Betonning suv o‘tkazmasligi g‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga, ya’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar kam, mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa, suv o ‘tkazmaslik yuqori bo‘ladi. Betonning suv o‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usuldazichligini oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi qo‘shimchalar kiritiladi. Bog‘lovchi sifatida portlandsement o‘miga kirishmaydigan yoki kengayuvchan sementlarni ishlatish betonning suv o‘tkazmasligini oshiradi. Betonga suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti flltrlanishi mumkin bo‘lgan joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda, rezervuarlarda qo‘yiladi. Sovuqqa chidamlilik. Betonga suv kirib muzlashi natijasida ichki zo‘riqish hosil bo‘ladi va beton asosida tayyorlangan konstruksiyalami buzadi. Sovuqqa chidamlilik betonning g ‘ovakligiga va g ‘ovaklikning xarakteriga bog‘ liq, chunki mikrog‘ovaklarda suvning muzlash harorati juda past bo‘ladi. Shu sababli tarkibi to‘g ‘ri tanlangan, yaxshi zichlashtirilgan, mustahkam betonlaming sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi. Betonning sovuqqa chidamliligi tomonlari 10, 15, 20 sm. kub shaklidagi namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi. Sovuqqa chidamlilik bo'yicha og‘ir beton quyidagi markalarga bo'linadi: F 50, F 75, F 100, F 150, F 200, F 300, F 400, F 500. Betonning sovuqqa chidamliligini oshirish uchun tarkibiga gidrofob, difil qo'shimchalar, zichlashtiruvchi mineral kukunlar kiritish, konstruksiya yuzasini yupqa o ‘rama yoki sepiladigan izolyatsiya materiallari bilan himoyalash, yuza qismlari maxsus polimerlar bilan shimdiriladi. Beton qorishmasini tashish Zavodlarda beton qorishmasi estakadalar, tasmali transportyorlar, beton nasoslar, vagonetkalar, badyalar vositasida qoliplash sexlariga yuboriladi. Qorishma qurilish maydonlariga avtobetonovoz va avto beton qorgichda quruq holatda tashiladi. Beton qorishmasi tashilayotganda suvsizlanish va qatlamlanishining oldi olinishi kerak, aks holda betonning qulay joylanuv-chanligi salbiy tomonga o‘zgaradi. Beton qorishmasi uzoq masofaga tashilganda, u quruq holatda bo‘lishi va bevosita qurilish maydonida qorilishi maqsadga muvofiqdir. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling