I. Bob. Taffakurning ijtimoiy psixologik asoslari
Rasmlarga qanday predmet etishmaydi metodikasi
Download 268.13 Kb.
|
Tafakkur
Rasmlarga qanday predmet etishmaydi metodikasi. Bu metodika 3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalarning tafakkurini diagnostik tadqiq qilish uchun mo’ljallangan. Topshiriqni bajarishdan oldin bola bilan tushuntirish ishlari olib boriladi, ya'ni unga rasmlar ko’rsatilib, bu rasmlarda bolalar tasvirlanganligi, ushbu tasvirlar to’liq bo’lishi uchun qanday predmetning etishmasligi, bu predmetlar rasmning pastki qismida tasvirlanganligi aytib o’tiladi. Bolaga beriladigan topshiriqning asosiy mohiyati shundan iboratki, u iloji boricha rasmdagi tasvirlar to’liq bo’lishi uchun zarur predmetlarni topib ko’rsatib berishi kerak.
«Bu erda nima ortiqcha?» metodikasi Ushbu metodika 4 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan va bundan oldingi metodikaga o’xshashdir. Bu metodika bolalarning obrazli, so’z-mantiqli tafakkur jarayonini analiz va umumlashtirish operatsiyalarini tadqiq qiladi. Metodikada bolalarga har xil predmetlar tasvirlangan rasmlar tavsiya qilinadi va quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Har bir rasmda tasvirlangan 4 ta predmetdan biri ortiqcha. Diqqat bilan rasmga qarab, qaysi predmet ortiqcha va nima uchun ortiqcha ekanligini tushuntirib ber». Topshiriqni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Natijalarni baholash 10 ball – bola o’ziga berilgan topshiriqni 1 daqiqadan kam vaqtda bajarib, har bir rasmdagi ortiqcha predmetning nima uchun ortiqcha ekanligini sharhlab bera olsa qo’yiladi; 8 - 9 ball – bola topshiriqni 1 daqiqadan 1,5 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa qo’yiladi; 6 - 7 ball – bola topshiriqni 1,5 daqiqadan 2 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa qo’yiladi; 4 - 5 ball — bola topshiriqni 2 daqiqadan 2,5 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa; 2 - 3 ball – bola topshiriqni 2,5 daqiqadan 3 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa qo’yiladi; 0-1 ball – bola 3 daqiqa mobaynida topshiriqni to’g’ri bajara olmasa qo’yiladi. Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish: 10 ball — juda yuqori 8 - 9 ball — yuqori 4 - 7 ball — o‗rtacha 2 - 3 ball — past 0-1 ball — juda past « Download 268.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling