I. Bob. Taffakurning ijtimoiy psixologik asoslari


Tanqidiy tafakkurning pedagogik- psixologik asoslari


Download 268.13 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi268.13 Kb.
#1474266
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tafakkur

1.2.Tanqidiy tafakkurning pedagogik- psixologik asoslari. О’quvchilar tanqidiy fikrlashini о’rganishda zamonaviy didaktika о’qish jarayonida о’quvchilar psixik tanqidiy fikrlashi bilan shug’ullanuvchi talim psixologiyasi yutuqlaridan foydalanadi. О’quv materiali yosh va mazmunga bog’liq holda bu faoliyatning o'ziga xosligi ta‟lim jarayoni psixologik qonuniyatlarini о’rnatadi, tanqidiy fikrlashida о’quvchilarning individual va tipik xususiyatlarini kо„rib chiqadi. О’zlashtirish jarayonida tahliliy-sintetik faoliyat, shuningdek qiyoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va aniqlashtirish kabi fikriy operatsiyalar muhim rol о’ynaydi.
Tahlil - bu, predmetni qismlarga fikran bо’lishdir. Sintez - alohida elementlar yoki qismlarni bir butunga fikran birlashtirishdir. Jumladan, bitta о’nlik va ikkita birlikdan iborat son necha deb ataladi degan о’qituvchining savoliga javob berib, о„quvchilar sintezdan foydalanadi (O’n va ikkita bir 12 sonini tashkil etadi); 25 sonida nechta о’nliklar va birliklar bor degan savolga javob berib, о’qvchilar sonlar tahlilini amalga oshiradi. Taniqli psixologlar (N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiy, M.G.Davletshin, E.G„oziyev, G.Shoumarov va boshqalar) о’quvchilar tahliliy - sintetik tanqidiy fikrlashining umumiy qonuniyatlarini tadbiq etib, shuni kо’rsatdilarki, ta’limning boshlang’ich bosqichida tahlil sintezdan ortda qoladi yoki, aksincha, oldin keladi, mohiyat kо’rinishini qamrab olmaydi. Buning natijasida umumlashtirish ham tо„laqonli bо„lmaydi, nomuhim, tasodifiy belgilarga asoslanadi. Boshlang’ich sinf о’quvchilari kо’pincha ahamiyatli belgilar sifatida tashqi, tasodifiy, eng yorqinlarini ajratishadi. Ta‟lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan о’quvchilar tahliliy - sintetik darajasining oshishi kuzatiladi. Tahlil sekin-asta kо’rgazmali - amaliydan (obyektlarni fikran , mazkur obyektlar bilan amaliy harakatlar jarayonida amalga oshirilayotganda) kо’rgazmali obrazli ( kо’rgazmali obrazlar yordamida amalga oshirilayotganda) va sо’zli - mantiqiyga ( mavhum tushuncha va mulohazalar shaklida amalga oshirilganda) tomon rivojlanadi. Sintez, shuningdek, ancha tо’liq va kо’p tomonlama bо’ladi. Qiyoslash - bu, о’xshashliklar (umumiy xususiyatlarni ajratish) va tafovutlarni (har bir qiyoslanayotgan obyektlarning о„ziga xos xususiyatlarini ajratish) ular о’rtasida obyektlarini qiyoslash. Bu operatsiya boshqa barcha asosiy fikriy operatsiyalar asosiga yotadi. Boshlang’ich sinf kursi qiyoslash - sonlarni, ifoda va sonlarni, ikki ifodani, masalalarni va boshqalarni qiyoslash, undan foydalanish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Umumlashtirish – о’rganilayotgan obyektdan umumiy, muhimni va mavhumdan nomuhimni ajratishdir. Yetakchi psixologlar tomonidan umumlashtirishni shakllantirishga oid quyidagi qoida ishlab chiqilgan: о’quvchilarda tо’g’ri umumlashmalarni shakllantirishning zaruriy qoidasi muhimning doimiyligida tushuncha, xususiyat va dalillarning nomuhim belgilarini о’zgartirishdir. Bu qoida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishda о’ta muhim ahamiyatga ega. Jumladan, о„quvchilarga tо’g’ri tо’rtburchak haqida tasavvur berish uchun bu tushuncha uchun nomuhim bо’lgan belgilarni: rangi (turli rangdagi tо’g’ri tо„rtburchaklarni olish) u tayyorlangan materiali, tekislikdagi holati, tomonlari uzunligining nisbatini о„zgartirish kerak. Barcha muhim belgilarni о„zgartirmay qoldirish zarur: barcha burchaklarni tо’g’ri va qarama-qarshi tomonlarni har xil qilib qoldirish kerak. Hamma hollarda nomalum harf X (iks, nomuhim belgi) bilan belgilash shunga olib keladiki, a + 2 = 7 kо„rinishidagi ifoda tenglama hisoblanmaydi: bu holda tо’gri umumlashmani shakllantirish tenglamada lotin alifbosidagi turli harflar bilan noma’lumni belgilashga yordam beradi. Umumlashtirishlar qabul qilish bilan bog’liq bо„lgan oddiy shakllardan to ilmiy umumlashtirmalarga qadar rivojlanadi. Umumlashmalar tо’g’riligi va uni о’quvchilar egallashining mezoni bо’lib о’zlashtirilgan operatsiyalarni kо’chirib о’tkazish, ya’ni ulardan yangi sharoitlarda foydalanish xizmat etadi. Zamonaviy didaktika va psixologiya mana shu kо’chirib о’tkazish muammosiga katta e’tibor beradi. Umumlashtirish mavhumlashtirish obyektidan bir xususiyatini chiqarib tashlash va boshqasini ajratib olishdan iborat fikriy operatsiya bilan yaqin aloqadadir, bu xususiyatlar о„rganilayotgan predmet va hodisalar mohiyatiga kirishga imkon beradi. Jumladan, о’quvchilarda "uchburchak" tushunchasini shakllantirishda tomonlari va burchaklarining nisbiy о’lchovlari, tekislikdagi holati va boshqa shu kabi belgilar chiqarib tashlanadi, faqat bittasi - uchta burchakli mazkur tipdagi geometrik figuralar mavjudligi ajratib olinadi. Ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq о’quvchilarning mavhumlash-tirishga qobiliyati namoyon bо’ladi. О’qituvchi rahbarligidagi ta’lim chog’ida bu qobiliyat rivojlanadi, mavhumlashtirish shakli ham murakkablashadi - hissiy kо’rgazmalilikdan fikriylikka о’tiladi, u ikkinchi signal sistemasi yordamida tushuncha hosil qiladi. Mavhumlashtirishga yaqin fikriy operatsiya aniqlashtirish nomini olgan. Aniqlashtirish ikki shaklda namoyon bо’ladi: 1. Umumiyda yagona, xususiyga fikriy о’tish sifatida; 2.Mavhumiydan - umumiyga, aniq-xususiyga uning turli xususiyat va belgilarini topish orqali yetishish, mavhum-umumiyni aniq mazmun bilan tо’ldirish, boyitish sifatida. Dialektikada mavhumiylik va aniqlashtirish birligini о„rnatadi. Bu birlik о’zaro aloqadagi fiziologik asosi bilan ikki signal tizimiga ega. Aniqlashtirish yordamida ilmiy mavhumiylik mazmuni ochiladi, ular aniq predmetlarning alohida tomonlarini boshqalardan mavhumlashtirib aks ettiradi. Mavhumlashtirishda predmetlar о’z butunligini yо’qotadi; esa aniq bо’lganda real voqelikdagi predmet va hodisalar tomonlarini bir butunlikda ochib bergandagina haqqoniy bо’ladi.
Bilimlarni chinakam egallashga mavhum tushunchalar bir qator dalillarda aniqlashtirilgandagina erishiladi. Ta’lim jarayonida aniqlashtirish ikki shaklda: hissiy kо„rgazmali vositalar (predmetlar, rasmlar, chizmalar va boshqalar) va sо’zli - mavhum shakl (hikoya, tushuntirish, maxsus topshiriqlarni hal etish) yordamida amalga oshiriladi. O’qitishning muhim masalalaridan biri о„quvchilarga aqliy faoliyat usullari yordamida ta‟lim berishdir. Aqliy faoliyat usullariga fikriy operatsiya usullari - umumlashtirish, mavhumlashtirish va boshqalar kiradi. Xususiydan umumiyga umumlashtirish usuli (induktiv yо’l bilan), masalan, quyidagi amallar tartibida aks etishi mumkin: a) topshirilgan predmetlarni solishtirish; b) ularning har biri uchun umumiy bо„lgan barcha belgilarni ajratish va nomini aytish; v) predmetlarni ushbu belgilarga kо„ra birlashtirish. Umumlashtirishni deduktiv yо’l bilan amalga oshirilgan holatda (umumiydan xususiyga) о„quvchilar tushunchani, aytaylik tо’g’ri tо’rt burchakni oldindan bilib topshirilgan geometrik figuralardan uni tanlab olishi va umumiy belgilarini aytishi lozim. Yangi topshiriqlarni hal etishga ongli ravishda kо’chirib о’tkazish aqliy faoliyat usulini о’zlashtirganlik kо’rsatkichi bо’lib xizmat qiladi. Aqliy faoliyat usullari о’quv ishlari usullari bilan uzviy bog’liqdir. О’quv ishlari usullari muayyan amallar, kо’rsatmalar, tavsiyalar, qoida va hokazolar tartibi kо„rinishida ifodalanadi. Ularning masalasi - muayyan masalalarni hal etishda о„quvchilar tashabbusini bо’g’may, umumiy yо’nalish berishdadir. Ta‟lim jarayonida о’quvchilarning aqliy rivojlanishi, ularning faol va mustaqilligi, ijodiy yondashuv kо’p jihatdan о’quvchilarning о’quv ishlari va aqliy faoliyat usullarini egallashga bog’liq.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar. Tanqidiy fikrlashni о’stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta‟lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun о„qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Konsorsium a’zolari: Xalqaro о’qish uyushmasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtat universiteti hisoblanadi. Bu loyihani Nyu– Yorkdagi Ochiq jamiyat instituti va Markaz Osiyo tо’g’risidagi Markaziy va Sharqiy Yevropadagi Soros fondi mablag„ bilan ta‟minlaydi. Bu paragrafda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda yoritiladi. Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima? Fikrlash – о„qish, yozish, sо’zlash va eshitishga о’xshash jarayon. U shunday faol, muvofiqlashtiruvchi jarayonki, uning tarkibida biror haqiqat yotadi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan kо„nikma emas. Tanqidiy fikrlash ta‟limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda о„rganilishi lozim bо„lgan hodisa ham emas. Braun (1989) ta‟kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlariga bog„lanmagan о„quv kо„nikmalari ta‟lim oluvchilarga obyektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu kо„nikmalarni yangi vaziyatlarda qо’llay olmaydilar. Rixer ta’biri bо’yicha о’rganish va fikrlashning ta‟rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta‟limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari: 1. Samarali va muttasil о„rganish asosida talabalarning axborotlarni о„zlashtirish, sintezlashi va ularni tо„la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985). 2. О‘rganish jarayoni fikrlash faoliyatining turli tuman kо‘rinishlaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bо‘ladi. Bunda jarayon yanada ongli ravishda о‘zlashtiriladi). 3. О‘rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qо‘llash imkoniyatlariga ega bо‘lgan taqdirda rivojlanadi. 4. О‘rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog‘lash imkoniyatini beradi). 5. Tanqidiy fikrlash va о‘rganish g‘oya va tajribalarning turli-tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona tо‘g‘ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi. Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqariladigan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashni rivojlantiradigan yagona yо„l ham yо„q. Lekin tanqidiy fikr shakllanishiga yordam beruvchi muayyan о„quv tо„plami mavjud. Uning uchun: - talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; - turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; - talabalarning о‘kuv jarayonida faolligini ta’minlash; - talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak; - har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishonch hissini uyg‘otish; - tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. Shu munosabat bilan talabalar:

  • о‘ziga ishonchni orttirish va о‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;

  • о‘quv jarayonida faol ishtirok etish;

  • turli fikrlarni e’tibor bilan tinglash;

  • о‘z hukmlarini shaqllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.

Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon (1979)lar ta‟kidlashlaricha о„z fikrlarini shakllantirish gо„yo avvalgi g„oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi. Shuning uchun ham:  fikrlarini о‘z sо‘zlari bilan ifodalash;  о‘zaro tanqidiy fikrlar almashish;  о‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;  fikrlarni muayyan g‘oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va о‘z g‘oyalarini tо‘la va aniq ifodalay olish. Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bо„lishi uchun talabalar ma‟qul va noma‟qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. Talabalar mumkin bо„lgan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn berish fikrlash uchun maqsad bо„lib, dо„stona hamda samarali sharoitda kechadi. Rang-baranglilik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g„oyalar paydo bо„ladi. Rang-barang fikr va g„oyalar yakkayu-yagona javobdan voz kechilgandagina mavjudligi yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qо„yiladi. Faqat birgina javob lozim bо„lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog„liq. Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bо„lishadi, chunki ularda о„qituvchi bilimli yoki kitobda u borayotgan bilimlar mavjud, shu tufayli ular bilim olishlariga о„qituvchi mas‟ul degan tasavvurda bо„ladilar. О„quv jarayonida talabalarning faol ishtiroki va о„qishga о„zlarining mas‟ul ekanligini his qilish tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, о„z g„oyalari va fikrlari bilan о„zaro о„rtoqlashishga da‟vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini о„stiradi. Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta‟kidlaydiki, talabalar о„sha murakkab darajadagi о„kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va о„zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar. Tavakkalchilik Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida qо„rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag„batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida «ahmoqona g„oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bо„lishi mumkin. О„qituvchi uni о„quv jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim. Qadrlash. Tanqidiy fikrlash omillaridan biri talabalarning fikrlash jarayonini qadrlashlaridir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar о„z g„oyalari, tasavvurlarining о„qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog„dagina chuqur mas‟uliyat va e‟tiborga yarasha javob qaytaradilar. Talabalar о„z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bо„la boshlaydilar. Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba о„zining fikri, tanqidiy tahlil natijalari qimmatli ekanligini ongiga singdirishi zarur. О„qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan voz kechish lozim bо„ladi. Bu esa talabada о„zgalar g„oyalarini mexanik tarzda qayta fikrlash eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishiga olib keladi. Aslida talabaga о„z fikri, о„ziga taalluqli bо„lgan g„oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini kо„rsata olish zarur. Talabaning о’zi ham о’z fikrlarining qimmatli ekanligiga ishonch hosil qila olishi zarur.
U о’z fikrini tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida о„ta muhim va yechimga hissa qо’shadi deya tan olishi kerak. О‘zaro fikr almashinuvi. Fikrlash jarayoni talabalarning о’zaro fikr almashuvini kо’zda tutadi. Talabalarning о’zaro fikr almashinishi ularning birbiridan о’rganishdagi о’rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida о’zlaridagi fikrni ham oddiy xatoni ham boshqalarga ochib berish talab etiladi. О’zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, о’zining qarashlarini tinglovchiga zо’rlab о’tkazish va sо’zlovchilarni tuzatib turishdan о’zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bо’ladilar. Keng doiradagi munozara oqibati о„laroq talabalar о’zlariga tegishli bо’lgan g’oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyatlari orta boradi, hamda ularni о’z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g’oyalar tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni о’tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:
 о‘ziga ishonch hosil qilish;
 ishda faol ishtirok etish;
 о‘rtoqlar va о‘qituvchi bilan fikr almashish;;
 о‘zgalar fikrini tinglay olish.
Tanqidiy fikrlashni ta’minlovchi savollar. Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g’oyalarni tahlil qilish, о’rganilayotgan hikoyalarni о’z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Qо’llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari va Blum tizimli savollaridan olindi. Bu savollar turli darajadagi qiyinchilikda fikrlashning turli kо’rinishlarini ta‟minlashda vosita bо’lib xizmat qiladi. Eslab qolishga yordam beradigan yoki rasmiy savollar eng quyi darajadagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish beriladigan savollar fikrlashni ta’minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qarashdir.

Download 268.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling