I. Bob. Taffakurning ijtimoiy psixologik asoslari
Ortiqchasini o’chirish metodikasi
Download 268.13 Kb.
|
Tafakkur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli masalalar mashqi.
Ortiqchasini o’chirish metodikasi. Ortiqchasini o’chirish metodikasi umumlashtirish va chalg’ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bu metodikaning ikki turi bor: predmetli va so’zli. Metodikaning predmetli turida qo’zg’atuvchi material alohida qog’ozlarda berilishi zarur. Har bir qog’ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan. Rasmlar oq, qora yoki rangli bo’lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo’yicha birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. Odatda quyidagi yo’riqnoma beriladi: «Bu erda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz 3 ta predmetni birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga kirmaganligi uchun uni o’chirish kerak».
Tadqiqotchi birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Metodikaning og’zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo’llash mumkin. Tajriba o’tkazish uchun so’zlar qatori yozilgan maxsus qog’oz varag’i bo’ladi. Yo’riqnoma: «Har bir qatorda 5 ta so’z bor, 4 ta so’zni bir guruhga kiritib nom bering, bir so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak». 1. Stol, stul, krovat, pol, shkaf. 2. Sut, qaymoq, qatiq, so’ema, go’sht. 3. Botinka, ztik, bog’ich, tufli, tapochka. 4. Bolg’a, arra, mix, bolta, randa. 5. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho’r. 6. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli. 7. Samolyot, arava, odam, kema, velosiped. 8. Abror, Murot, Aziz, Asqarov, Nabi. 9. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr. 10. Tokar, o’qituvchi, vrach, kitob, kosmonavt. 11. Palto, plash, ko’ylak, tugma, shim. 12. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt. Vaziyatli masalalar mashqi. 1-masala. Quyidagi misollarda tafakkurning qaysi alohida sifatlari namoyon bo’ladi: a) Tig’iz vaqtda tramvay bekatiga kelib, u erda kishilar ko’pligini payqaysiz va tramvay kelmaganiga ancha vaqt bo’lganini fahmlaysiz. b) Bir kuni uyga kelgach, maktabgacha tarbiya yoshidagi o’g’lining noodatiy tinch va kamgap bo’lib qolganini sezib, onasi beixtiyor uning kasal bo’lib qolgani yoki bir ayb ish qilib qo’ygani haqida o’ylaydi. 2-masala. Olti yoshli Doniyorga otasi shunday masala berdi: «Shoxrux Suxrobdan katta, Suxrob esa Boburdan katta. Bolalarning ichida eng kichigi kim?». Doniyor masalani bir necha bor takrorladi, lekin sira echa olmadi. Shundan so’ng u qo’liga uch dona gugurt cho’pini olib, ularni uch xil kattalikda sindirib chiqdi va ana shu gugurt cho’plari yordamida masalani to’g’ri va tez hal qila oldi. Ushbu masalani echishga Doniyorga gugurt cho’plari nima uchun kerak bo’ldi? Download 268.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling