I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari


-rasm. Davlat ulushi mavjud bo'lgan banklar aktivlari


Download 1.24 Mb.
bet19/25
Sana19.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1624448
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
6-rasm. Davlat ulushi mavjud bo'lgan banklar aktivlari.

7-rasm. Davlat ulushi mavjud bo'lgan banklar krediti.

8-rasm. Davlat ulushi mavjud bo'lgan banklar kapitali.



9-rasm. Davlat ulushi mavjud bo'lgan banklar depoziti .
So‘nggi 5 yilda bankning kapitallashuv bazasi keskin oshirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini faol kreditlash imkoniyatlari kengaydi.
O‘tgan 2021-yilda bank tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish, tadbirkorlik harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 25,4 trln.so‘mlik kreditlar ajratildi va bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 3,5 trln. so‘mga yoki 116 foizga oshdi.
Shundan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 125 mingta mijozga 3,2 trln. so‘m, hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 1 266 ta 4,2 trln. so‘mlik loyihalar moliyalashtirildi. 
2021-yilda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 126 ta loyihalarga 311 mln.dollar miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Paxta to‘qimachilik klasterlarning 18 ta 404,3 mln.dollarlik loyihalari moliyalashtirildi.
2021-yilda aktivlar 39,9 trln.so‘mni, kredit qo‘yilmalar 32,3 trln.so‘m tashkil qilib avvalgi yilga nisbatan mos ravishda 129 foizdan va 128 foizga oshdi.
2022-yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun jami 32 trln.so‘m kredit ajratish va o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni 7 trln. so‘m yoki 126 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Shundan, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha 3,9 trln. so‘m kreditlar ajratiladi. Hududlarda jami 807 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 4,9 trln.so‘mlik kredit mablag‘i yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. 
Ushbu maqsadda paxta va g‘alla hosilini yetishtirish uchun 2021 yilda jami 8,0 trln. so‘mlik imtiyozli kreditlar, shuningdek, 3 974 ta qishloq xo‘jalik korxonalariga 130 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun qariyb 3 trln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
“Agrobank” ATB transformasiyasini amalga oshirish maqsadida OTB va KPMG kompaniyalari jalb qilinib, bank rivojlantirish strategiyasi va bank biznes modeli ishlab chiqildi. 
Bank strategiyasidan kelib chiqib yetakchi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend joylashuvi amalga oshirildi. 
Qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni joriy qilish maqsadida yurtimizning bir qator oliy o‘quv yurtlari bilan birga 5 ta hududda “Fermerlar maktabi” tashkil qilindi. 
Maktablarda qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, o‘simliklarni himoyasi, biznes, moliya va huquqiy savodxonlik bo‘yicha darslar berilmoqda. 2021-yil noyabrdan respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari rahbar va ishchilari o‘qitildi.
“Agrobank” ATB tomonidan kichik va o‘rta biznes, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishga yo‘nalishida mijozlar uchun 30 ga yaqin yangi xizmatlar joriy qilinib, ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlari hajmi oshirildi. 
Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun mobil ilova orqali onlayn kreditlar joriy qilindi. Bu yo‘nalishda Rossiya (Transkapitalbank), Janubiy Koreya (Xanabank) banklari bilan birgalikda joriy qilingan onlayn xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
2022- yil yanvar oyidan xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan vatandoshlarmiz va ularning oila a’zolari uchun “Madad” mobil ilova orqali onlayn mikroqarz joriy qilindi. Endi xalqaro pul o‘tkazmasi amalga oshirgan mijozga 10 mln. so‘mgacha masofadan kredit ajratiladi. 
Shuningdek, bank 2021-yilda Chakana.uz marketpleysini ishga tushirildi. Bu platforma orqali mijozlar maishiy texnika va jihozlarni bankka kelmasdan masofadan kreditga sotib olishlari mumkin. 
Bank Respublikamizda birinchilardan bo‘lib Kartomat qurilmasini tatbiq qildi. Bu qurilma orqali mijoz bank kartasini olish uchun “Face-ID” tizimi orqali identifikasiya qilinadi va karta avtomat tarzda rasmiylashtirib beriladi. Bugungi kunda bankning hududiy filiallarida 44 ta kartomat qurilma o‘rnatildi. 2022-yil davomida esa barcha filiallarga (jami 170 ta) bunday qurilmalar o‘rnatilishi reja qilingan.
2022-yilda ham bu boradagi ishlar jadallashtirilib, yangi “Smart ofis” loyihasini amalga oshiriladi. Aholi gavjum joylarda tashkil qiladigan ushbu ofislar orqali mijozlar bank xodimi ishtirokisiz bank amaliyotlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu ofislar 24/7 rejimida ishlaydi. Shuningdek, bankning xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida yangi raqamli “Fresh” filiali faoliyatini rivojlantiriladi.
Bankni transformasiya jarayonida Xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, skoring modelining dastlabki bosqichi yo‘lga qo‘yildi. 
Xorijiy ekspert tavsiyalari asosida stress-test ssenariylari o‘tkazilishi takomillashtirildi. Bankning operasion risklarini oldini olish bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqildi. 
Jumladan, likvidlilik va bozor risklarini boshqarishda likvidlilik ko‘rsatkichlarini, bankning depozit bazasi va majburiyatlarining konsentrasiyasi, GEP-tahlil, VaR hisoboti, foiz stavkalari o‘zgarishini bank foydasiga ta’siri va valyuta pozisiyasini aniqlash hamda baholash va monitoring qilishni yo‘lga qo‘yildi.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling