I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari
Tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda xorij tajribalaridan foydalanish
Download 1.24 Mb.
|
3.1.Tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda xorij tajribalaridan foydalanish.
Xorij tajribasini o‘rganish natijalari ko‘rsatadiki, tijorat banklarining balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishda Markaziy bankning monetar siyosati muhim rol o‘ynaydi. Xususan, 2008 yilning to‘rtinchi choragida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar bo‘yicha katta miqdordagi muammoli qarzdorlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida, tijorat banklarida balanslashmagan likvidlilik muammosi chuqurlashib ketdi. Bunday sharoitda tijorat banklaridagi balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishga markaziy banklarning aralashuvi majburiy zaruriyatga aylandi. Ushbu aralashuv dastlab Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga past foiz stavkalarida katta miqdorda markazlashgan kreditlar berilishida namoyon bo‘ldi. AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) diskont stavkasining yillik darajasini jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi davrida AQSh tarixidagi eng past darajaga, ya’ni 0,25 foizga tushirdi va 2009-2010 yillarda tijorat banklariga 2,0 trln AQSh dollari miqdorida diskont kreditlari berdi11. Yevropa markaziy banki (YMB) «Yevrohudud» tijorat banklaridagi balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishga ko‘maklashish maqsadida 2008 yilning oktyabridan 2009 yilning may oyigacha bo‘lgan davrda diskont stavkasining yillik darajasini 3,25 foizdan 1,0 foizga tushirdi. Shuningdek, YeMB 2008 yilning 15 oktyabridan boshlab, «Yevrohudud»dagi tijorat banklariga belgilangan stavkada diskont kreditlari berish amaliyotini joriy qildi va o‘zining diskont kreditlari uchun korporativ aksiyalar va ipoteka obligatsiyalarini garov ob’ekti sifatida qabul qilishini bildirdi12. Yaponiya Markaziy banki esa, tijorat banklarining balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishga ko‘maklashish maqsadida juda past diskont stavkalarida (yillik 0,1%) 11,22 trln. ien miqdorida (138,0 mlrd. AQSh dollari) qisqa muddatli kreditlar berdi13. Rossiya Federatsiyasida tijorat banklarining balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishda ularga subordinar kreditlar berish amaliyotidan keng foydalanildi. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi davrida Rossiya tijorat banklariga hammasi bo‘lib, 950 mlrd. rubl miqdorida subordinar kreditlar berildi. Ushbu subordinar kreditlar 12 yil muddatga (2008-2020 yillar) yillik 8 foizli stavkada berildi va ularning 500,0 mlrd. rublini Rossiya Markaziy banki, 450,0 mlrd. rublini Rossiya Hukumati tomonidan Milliy farovonlik fondi mablag‘lari hisobidan berildi14. E’tirof etish joizki, taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan, hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning roli katta. Ushbu davlatlarda hukumatlarni qimmatli qog‘ozlarning yirik emitenti ekanligi tijorat banklariga mazkur qimmatli qog‘ozlardan o‘zlarining joriy likvidliligini ta’minlashda imkonini beradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling