I bob. Tijorat banklari likvidliligining nazariy asoslari
ATB Agrobankning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va boshqaruv faoliyati tahlili
Download 1.24 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank strategiyasi
2.2.ATB Agrobankning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va boshqaruv faoliyati tahlili.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 171ta filiali, 591 avtomatlashtirilgan 24/7 punktlar, 143 bank xizmatlari markazi 208 valyuta ayirboshlash punktlari,307 xalqaro pul o‘tkazmalari nuqtalari,317 bank kassalari,3 600 000 dan ziyod mijozlar ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Bank strategiyasi davlat dasturlarini moliyalashtirishni davom ettirish, hamda bankning tijorat biznesini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish; operatsion samaradorlikni oshirish; barcha hududlarda bank xizmatlarini taqdim etish va bu bo‘yicha hududlarda yetakchi bo‘lish bank missiyasi mijozlarimizning o‘sishi va farovonligiga hissa qo‘shish, biznesning barqaror rivojlanishini taʼminlash, shaharlar va tumanlar o‘rtasida moliyaviy ko‘prik vazifasini bajarish ishonch mijozlar, xodimlar va aksiyadorlar ishonchini taʼminlash yetakchilik mijozlarga xizmat ko‘rsatishda doimo yetakchi bo‘lish o‘zaro manfaatli hamkorlik mijozlarimiz farovonligini va bank biznesi rentabelligini yaxshilaydigan yechimlarni taklif etish ijtimoiy rivojlanish obodlik va taraqqiyotni targ‘ib qilish, savodxonlikni oshirish va mintaqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish. Bank 1988-yil 1-yanvarda O‘zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo‘linmasi sifatida O‘zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.Agro bank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pulmablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshirish. Omonat (depozit) – talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlar siz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi. Chet el banki – chet el bankining o‘zfaoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan shu'ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chetel banki tomonidan to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining sub'ektlaridir . Tijorat banklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risidagi 2023-yil 1-fevralidagi holati ma’lumotlariga ko’ra10 Agrobank aktivlari summasi 54 742 mlrd. so’mni tashkil etadi bu boshqa davlat ulushi mavjud banklar ulushining 9.8% ini tashkil etadi.Krediti summasi 44 733 mlrd. so’mni tashkil etadi bu boshqa davlat ulushi mavjud banklar ulushining 11,4% ini tashkil etadi.Kapitali qiymati 9 513mlrd.so’m,depoziti esa 12 578 733 mlrd. so’mni tashkil etadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling