I bob. Tropik o‘simliklar haqida umumiy tushuncha
Tropik mintaqa - o'simliklarning qiziq va
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
1 e bio Qodirova Marjona Tropikada tarqalgan oziq ovqat o\'simliklari
1.2. Tropik mintaqa - o'simliklarning qiziq va
noyob dunyosi Insoniyat, Yer biosferasining muhim, kattaroq qismi haqiqiy yashil o'simliklar dunyosi bilan o'ralgan. O'simliklar inson va tabiat hayotida muhim rol o'ynaydi. Qayta ishlab chiqarilmasdan, sayyoramizdagi yashil o'simliklar mavjud bo'lmaganida ayot ham to'xtab qolar edi. Bular hayot beruvchi kislorod bilan ta'minlab, yashil o'simliklar barcha jonzotlarni boqish, organik moddalarning ajralmas qism sifatida muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga ular ekologik muhitning bir qismi bo'lib , ularsiz hayotning, insoniyatning yashash imkoniyati yo'q.Agar yerdagi yoki hatto alohida mintaqada o'simliklarning cheksiz sonli qismi mavjud bo'lsa, ularning turlari ma'lum bir cheklangan sondir. Darhaqiqat, bitta turdagi yuz minglab hatto millionlab nusxalar ham bo'lishi mumkin. Biroq faqat bir necha yuz yoki undan kam sonli turlar ham mavjud. Shunday ekan ekologik mintaqalardan biri bo'lgan tropik mintaqada ham o'simliklarning 40000 dan ortiq turi uchraydi. Bunga sabab tropik mintaqaning o'ziga xos iqlim sharoitidir. Tropik mintaqa - Shimoliy va Janubiy yarimsharlarda joylashgan subtrpik va subekvatorial mintaqalar orasida joylashgan mintaqa. Tropik mintaqaning materik qismi uchu cho'l va chalacho'l landshafti, okeanlarga esa suvning sho'rligi (37 %) va doimiy o'rtacha va yuqori harorat 18°C dan 36°C gacha xosdir. Tropik mintaqada quyosh nurlari tik tushgani va bulutning kam bo'lganidan quyosh radiatsiyasi ko'proq bo'ladi. Natijada harorat yil bo'yi yuqori bo'ladi. Eng issiq oyning o'rtacha temperaturasi quruqliklarda 30-35°C da eng sovuq harorat 10°C dan pastga tushmaydi. Yillik yog'in miqdori 50-200mm.Sharqdan g'arbga borgan sari o'simliklar dunyosi ham o'zgarib boradi: aralash(doim yashil va barg to'kuvchi) o'rmonlar,mussonli o'rmonlar (tropik o'rmonlar); siyrak o'rmonlar va savannalar , quruq o'rmonlar va kserofill butalar. Tropik o'rmonlar qalin qoplangan butalar va chirmashib o'suvchi lianalar va moxlardan 12 tashkil topgandir. Shunga muvofiq tarzda bu mintaqada zonallik bo'yicha faunanig ham o'zgarib borishi kuzatiladi. Okean suvlarida bug'lanish ko'proq bo'lganidan kislorod va planktonlar siyrak joylashgan.Floraning ajoyib vakillari o'zlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi va insonlarni hayratga soladi. Ular odatdagidek, ammo juda ham noyobвa qiziq ko'rinadi. Masalan qovoqli olma juda ham shirin shuning uchun bu mevani juda yoqtirib iste'mol qilishadi. Lekin bu mevani darhol iste'mol qilish sharbat va murabbolar tayyorlash kerak. Qisqa muddatichida saqlash uchun ham yaroqsiz hisoblanadi. Barcha mevalar o'ziga xosliklarga ega. Zanjabil yoki kulrang yong'oq qadim zamonlardan o'zining shakli bilan ajralib turadi. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino ―Tib qonunlari‖ asarida koʻplab xastaliklarni davolashda qoʻllanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qoʻshish lozim, deb yozgan. Qadim qadimdan zanjabil ―universal dori vositasi― va ziravor sifatida keng qoʻllaniladi. Ayniqsa, virusli kasalliklarni davolashda, xususan, qadimda oʻlatning oldini olishda asosiy dori vositasi hisoblangan. U immunitetni oshirishi, mikroblarga qiron keltirishi bilan ham sarimsoqqa oʻxshab ketadi. Alloma Ibn Sino zanjabilga piyoz va mingdevona urugʻlarini aralashtirib dudlatish yoʻli bilan kariyesni davolashni eng afzal vosita deb bilgan. Zanjabil muqaddas oʻsimliklar qatorida Qurʼoni karimda keltiriladi. (Jannat ahli)u joyda aralashmasi zanjabil boʻlgan qadahlarda – (jannatlardagi salsabil ataladigan chashma) bilan sugʻorilurlar. (Inson surasi 17-18 oyat).Zanjabilning quruq ildizi dorivor boʻlib, tarkibida 1,5 dan 3 foizgacha efir yogʻlari, 70 foizgacha organik birikmalar, shuningdek, kamfen, sineol, bisabolen, borneol, sitral, linalool moddalari, S, V1, V2 darmondorilari, aminokislotalar mavjud.Koʻpincha tuyilgan holda ishlatiladigan zanjabil ildizi qoʻngʻirsimon-sariq unga oʻxshaydi. U oftobda quritiladi. Tozalanmagan qoramtir zanjabilning hidi va taʼmi oʻtkir boʻladi.Zanjabil atir-upa sanoatida xam foydali xom ashyo sifatida nihoyatda qadirlanadi. Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda baʼzi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan 13 holda ziravor sifatida qoʻshib ishlatiladi.Koʻpincha u quritib tuyilgan holda taomlarga qoʻshiladi. Xamir qorilganda yoki qorib boʻlingach qoʻshiladi. Goʻshtni dimlaganda taom taomlarga qoʻshiladi. Xamir qorilganda yoki qorib boʻlingach qoʻshiladi. Goʻshtni dimlaganda taom taomlarga qoʻshiladi. Xamir qorilganda yoki qorib boʻlingach qoʻshiladi. Goʻshtni dimlaganda taom tayyor boʻlishidan 20 daqiqa oldin aralashtiriladi. Sharbat, kisellarga 2-5 daqiqa avval, souslarga esa olovdan olingandan soʻng qoʻshiladi. Bir kilogramm xamir yoki bir kilogramm goʻshtga bir chimdim zanjabil solish kifoya.Zanjabil ildizi dorixonalarga tozalangan va yarim tozalangan holda chiqariladi. U ogʻiz boʻshligʻi va tomoq yalligʻlanganda yaxshi muolajadir. Damlamasi va kukuni dengiz kasalligiga, oshqozon yarasiga davodir. Ishtahani ochadi, taomlar hazmini yaxshilaydi. Aterosklerozda foydali, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. qon tomirlar holatini meʼyorga soladi. Zanjabil ildizi sharbati asosida tayyorlangan murabbolar ham shu maqsadda qoʻl keladi. ―Zanjabilli choy‖ asal va limon bilan birga shamollash xastaliklarida tez- tez qoʻllaniladi. Bosh ogʻrigʻida, yelkada ogʻriqlar paydo boʻlganda, surunkali bod xastaligida undan kompress qilinadi.Yangi sogʻilgan sutga qirgʻichdan oʻtkazilgan zanjabil qoʻshib ichilsa, yoʻtalda yaxshi muolaja boʻladi. Anginaga, tish ogʻrigʻiga ham shifo boʻladi, organizmni zaharli moddalardan tozalaydi. Buning uchun qirgʻichdan chiqarilgan 1 gram zanjabilni limon sharbati va ozgina tuz qoʻshib, ertalab nonushtaga qadar isteʼmol qilish kerak.Mashinada bosh aylanganida bir boʻlak zanjabil ildizini chaynash kifoya. Zanjabilli choy‖i esa koʻpgina shamollash xastaliklaridan xalos etadi. Bunday choyni tayyorlash usuli: qirgʻichdan yangi chiqarilgan uch choy qoshiq zanjabil ildizi 100 ml. suv yoki sutga solinib, qopqogʻi zich yopilgan emalli idishda past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Soʻng 5-10 daqiqa dimlab qoʻyiladi. U ilq holiga kelganida asal va limon qoʻshib ichiladi. Chunki asal issiq choyga, qaynoq suvga aralashtirilsa foydali xususiyatlari pasayadi.Tibetda maydalab kesilgan yoki nafis boʻlaklangan zanjabil ildizini choynakka solib, ustidan qaynab turgan suv quyiladi va 10-15 daqiqa damlanadi. Qaynoqligi 14 ketgach, iliq holatda limon va asal qoʻshib ichiladi. Bu juda xushtaʼm boʻlishdan tashqari, nihoyatda foydali shamollashni, tamoq ogʻrigʻini davolaydi, immunitetni koʻtaradi. Umuman aqlni va xotirani peshlaydi Meda faoliyatini yaxshilab xazmni kuchaytiradi. Qorinda yigʻilgan yellarni, tanadagi ortikcha xiltlarni haydab quvvat bagʻishlaydi. Iztirobli yo’talda balgʻamni koʻchiradi. Balki, tibetcha umr uzoqlikning omili ham shundadir.Zanjabil jahon bozorlarida ikki xil koʻrinishda savdoga qoʻyiladi. Oq va qora zanjabil tayyorlanishi jihatidan farq qiladi. Zanjabilni qazib olingan ildiz poyalari pokiza qilib yuvilganidan soʻng quyosh tobiga qoʻyilib quritilsa, oq zanjabil hosil boʻladi. Agar oʻsimlikning ildizpoyalari qozonda yoxud biror idishda qaynatilib, pishirilganidan soʻng quyosh ostida quritiladigan boʻlsa, unda qora zanjabil hosil boʻladi. Barcha neʼmatlar kabi zanjabil ham meʼyordan ortiq isteʼmol qilinsa, koʻngilni aynitishi, ichni surishi, allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin. Zanjabilni doim isteʼmol qilish halqumga zarar qiladi. Bunday paytda asal va shirin bodom yogʻi isteʼmol qilinsa, yetgan zararni bartaraf etadi Qizig'i shundaki, yong'oq qobig'i bir-biriga juda ko'p bo'shliqlar bilan kirib boradi, unda o'ziga xos kainat balzamining rezinali yog'i mavjud. Bu modda iste'mol qilinsa, terida uzoq tuzalmaydigan va oshqozonda yaralarni hosil qiladi. Shuning uchun bu yong'oq tuzini iste'mol qilishda va foydalanishda teriga shikast yetishidan himoyalanish zarur. Lekin qimmatbaho hisoblangan bu balzamlar suv osti materiallari ishlab chiqarishda shuningdek alkalis va kislotalarga, binoleum bo'yoqlariga va shunga uxshashlarga chidamli plastiklarda ishlatiladi. Ushbu balzamning tarkibiy qismiga kiruvchi antardik kislota mukammal antiseptik va to'qimalarni chirishdan himoya qiladi. Non daraxti.Janubiy Sharqiy Osiyo va Tinch okeani orollarida tarqalgan, Nonli daraxt (Artocarpus ) urug'iga tutdoshlar oilasining 60 xil doimiy yashil tropik daraxtlari kiradi (Moraceae). U anjir daraxtiga urug'dosh (Ficus). Nonli daraxt (Artocarpus altilis)ko'p o'stiriladigan va mashhur bo'lgan o'simlikdir. Shu urug'ga bir qancha mevali butalar va daraxt turlari kiradi, masalan: oddiy Artocarpus (Artocarpus communis), yovvoyi chempedak (Artocarpus integer), 15 Jekfrut (turli bargli non daraxti (Artocarpus heterophyllus) va Marang yoki tarap (Artocarpus odoratissimu).Bu turkumga kiruvchi Borneo (Indoneziya) orollarida tarqalgan kam tanilgan - Artocarpus odoratissimus turini yoritamiz, biroq mahalliy zarurat bo'lgani uchun u qo'shni mamlakatlar (Malayziya, Tailand, Fillippin)da o'stiriladi. O'zining vatanida u: Atau, Keyran, Loloy, Madang, Marang, Pingan kabi nomlar bilan ataladi. Biroq u bu mintaqadan tashqarida amaliy tanilmagan. U tabiatda dengizdan 1000 metr yuqori bo'lgan dengiz sohilining qumli va ikkinchi darajali o'rmonlarda o'sadi. U 25 metrgacha barglarining uzunligi 16-50sm va eni 11-28sm gacha o'sadi. Bir uyli o'simlik bo'lgani uchun, mevalarini yetishtirish uchun bitta o'simlikning o'zi yetarli. Tuxumsimon shaklli mevalarning ustki qismi yashil bulib uzunligi 16sm va eni 13sm og'irligi 1 kg atrofida. Mevalarni xomligicha va pishgan holatda iste'mol qilinadi. Har doim iste'mol qilishdan oldin urug'larni muayyan harakatda qayta ishlov berish zarur. Janubiy Sharqiy Osiyo aholisining asosiy yegulik elementi nonli daraxtlar hisoblanadi. Mevalarining mag'zi qordek oppoq suvli shirin xushbo'y yumshoq ta'mli Durianni eslatadi (Durian dunyoda badbo'y meva hisoblanadi). Lekin undan farqli jihati badbuy hid tarqatmaydi.Nonli daraxt (Artocarpus odoratissimus) urug'dan ko'payadi. Yangi urugz juda yuqori unib chiqishga ega va bir haftada o'sadi. Borneoda o'tkazilgan tajribalar natijasida omborlarda qolib ketgan urug'lar 3 haftada unib chiqish qobiliyatini yuqotishi aniqlangan. Shuning uchun o'rug'larni o'z vaqtida suv bilan ta'minlanadigan qumli joyga darhol ekish zarur. Mevasi po'stlog'ida lateks tomchilarining paydo bo'lishi uning pishganligini bildiradi. Meva eti tez buzilganligi uchun mahalliy aholi uni quritib saqlashadi. quritilgan mevalar bir necha yollab buzilmasdan saqlanishi mumkin.Mevasi nihoyatda to'yimli hisoblanadi. Meva tarkibining 71%ini suv, 27%ini uglevodlar, 1%ini oqsil va juda oz miqdorda yog' tashkil etadi. Meva vitamin C(35%)vavitamiA(10%)largaboy. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling