I bob. Tropik o‘simliklar haqida umumiy tushuncha


II BOB. Tropikada tarqalgan oziq-ovqat


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana20.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1636439
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 e bio Qodirova Marjona Tropikada tarqalgan oziq ovqat o\'simliklari

II BOB. Tropikada tarqalgan oziq-ovqat
o’simliklari
Tropik mintaqasi oziq-ovqat o’simliklariga boy mintaqa hisoblanadi.Turli xildagi 
iste’mol qilinadigan mevalar juda keng tarqalgan.Yer sharining tropik 
mintaqalarida o’sadigan o’simliklarning juda keng tarqalgan oilalari quyidagi 
jadvalda keltirilgan.
(1-jadval) 
Oilalar
Lotincha 
nomlari 
Vakillari 
Dukkakdoshlar 
Fabaceae 
Burchoq,no’xat,loviya 
akatsiya 
va boshqalar 
Sutlamadoshlar 
Euphorbiaceae 
Kanakunjut,Xitoy 
tungasi,sutlama 
Soyabondoshlar 
Apiaceae 
Zira,kashnich,petrushka 
Bug’doydoshlar 
Poaceae 
Bug’doy,suli,javdar,tariq 
Murakkabguldoshlar 
Asteratceae 
Qoqio’t,maxsar,kungaboqar,andiz 
Qovoqguldoshlar 
Cucurbitaceae 
Qovoq,bodring,tarvuz,qovun 
Tutdoshlar 
Moracear 
Tut,shotut va boshqalar 
Tropik dengizlar qirg'oqlari bo'ylab tarqalgan bu ajoyib o'simlikni - okean 
qirg'og'ining malikasi deb atashadi. Bu o'simlik kokos mevasi - Cocos nucifera L. h.
Kokos suvining foydasi. Tabiiy izotonik. Izotonik bu – faol jismoniy 
mashqlardan keyin organizmga yordam beruvchi ichimlik. Odatda
mashg’ulotlar vaqtida va jismoniy faollik yuqori bo’lganida iste'mol qilinadi.
Tabiiy izotonik bo’lgan kokos suvi kuch zaxirasini tezda to’ldiradi.
Yana bir 
afzalligi – chanqoqni tezda qondirib, organizmdagi suv muvozanatini tiklaydi.


17 
(a) (b) 
3-rasm.(a) Kakos o’simligi (Cocos nucifera) , (b) Yer yuzasi bo’ylab 
tarqalishi 
Detoks.Kokosli suv organizmning tozalanish jarayonida ham yordam
beradi. U og’ir metall va toksinlarini chiqarib tashlaydi. Uzoq va doimiy
ravishda iste'mol qilinganida moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi. 
Yoshlik.Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qiladigan kishilar u terining
yoshligini uzaytirishini aytishgan. Buning hayron qoladigan jihati yo’q. Axir 
ichimlik tarkibida hujayralarning o‗sishiga ta'sir ko’rsatadigan o’simlik
gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qilish teringizga 
taranglik va yarqirashni beradi. Parhez. Ichimlik tarkibida yog’lar mavjud emas.
100 gramm suvga 18 kkal to’g’ri keladi. Bu esa boshqa istalgan izotonikka 
qaraganda kamroq. Shunga qaramay, ichimlik mikroelementlarga boy. Moddalar 
almashinuvining tezlashishi. Kokos suvi metabolizmga ta'sir ko‗rsatadi. Bu
parhezga amal qiluvchi va tanasini ixcham ko’rinishga keltirishni istaganlar 
uchun a'lo darajadagi natija. Shifokorlar kokos suvi qondagi qand miqdorini 
kamaytirishini ta'kidlashadi. Shuningdek, u buyraklar faoliyatida
buzilishlari bo’lgan kishilar uchun ham foydali. Ichimlikni doimiy ravishda
iste'molqilish
talvasa ehtimolini kamaytiradi. Chaqaloqlar uchun. Kokos suvi
tarkibida laurin kislotasi bor. U ona sutida ham mavjud va oziqlantirishda juda 
muhim. Shifokorlar bu ichimlik bolani tabiiy oziqlantirishi o’rnini


18 
bosishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Kokos palmasi (Cocos nucifera) —
palmadoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Boʻyi 20–25 m, diametri 60 sm 
cha. Tanasi uchida boʻyi 3–6 m keladigan patsimon barglari toʻp boʻlib joylashgan. 
Guli roʻvaksimon toʻpgul. Mevasi yirik, danakli (kokos yongʻogʻi deb ham ataladi), 
yangiligida ogʻirligi 1,5—2,5 kg . Kokos palmasi tropiklardagi okean sohillarida
koʻp tarqalgan. Koprasi (eti)dan kokos moyi, xushtaʼm kokos suti olinadi. 
Yogʻochi qurilish materiali hisoblanadi. Kokos palmasining yosh barglari ham,
mevasining pishgani va dumbuli ham ovqatga ishlatiladi. Toʻpguli kesilgan 
joydan oqib chiqadigan shiradan vino, shirin ichimlik va qand tayyorlanadi.
Kokos palmasigaoʻxshash butiya palmasi (Butia capilata, V. jagatay) manzarali 
oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. 
Mango(Mangifera indica)- bu tropik mevalardan biri bo‘lib, uni
yetishtirish qiyin yoki imkonsiz bo‘lgan mamlakatlarga ko‘proq eksport
qilinadi. Uning Vatani Hindiston. Pishganda to‘q sariq , sariq yoki
qizil rangga ega bo‘ladi.Mango yil bo‘yi yashil rangini yo‘qotmaydigan
daraxt bo‘lib,oval shaklidagi mevasininmg og‘irligi 2 kg gacha yetishi
mumkin. Mevasining po‘stlog‘i yupqa.Mango mevasi Hind va boshqa Osiyo
mamlakatlari tabobatida qadim zamonlaridan beri ishlatiladi.Masalan,
Hindistonda undan qon ketishini to‘xtatish, yurak mushaklarini mustahkamlash
va miya faoliyatini yaxshilashda foydalanishadi.Mango ichak ishini maromiga
keltiradi, kuniga 2 ta yetilmagan mango iste‘mol qilish diareya,
qabziyat,bavosilda yordam beradi,safro dimlanishining oldini oladi,
tomirlarning elastikligini oshiradi.Mangoda temir moddasi ko‘p, shuning
uchun anemiyada foydali.Muntazam ravishda iste‘mol qilish immunitetni 
mustahkamlaydi. 
Ananas ( Ananas comosus)- mevasi qubbq shaklida to‘p mevadan iborat. 
Og‘irligi 2-5 kg , tusi sariq , xushxo‘r.Ho‘l meva yoki konserva holida iste‘mol 
qilinadi.Ba‘zi turlarining barglaridan ipaksimon nozik tolalar ham olinadi.Asosaan,
Amerika qit‘asining tropic hududlarida va Osiyoning Filippin, Tayvan
orollaridao‘sadi.


19 
Ananas C vitaminiga boy. Ananas tanada yog‘ erishga yordam beradi, degan 
ma‘lumotlar mavjud. 
Avakado (Persea Americana) Amerika qit‘asida paydo bo‘lgan daraxt bo‘lib , 
uning Vatani Meksikaning janubiy-markaziy tog‘ hududlarida , 
Gvatemalagacha.Laureaceae gulli o‘simliklar olasiga mansub. Avakado noki yoki 
alligator nok deb ataladigan o‘simlikning mevasi botanic jihardan bitta katta 
urug‘ni o‘z ichiga olgan yirik mrezavor.Mevalari pishmagan paytda teriladi
va savdoga chiqqunvha pishib yetiladi .Pishgan mevasining diametri 5 sm dan 20 
sm gacha boradi, og‘irligi ham shunga yarasha 50 g dan 1.8 kg gacha
yetadi.Meva po‘sti qattiq , xom mevalarda uning po‘stlog‘i to‘q yashil rangda
bo‘lib , meva pishib brogan sari qorayib boradi.Pishgan meva eti yashil yoki
sarg‘ish yashil rangda bo‘ladi,tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ bo‘ladi.Meva
o‘rtasida yirik danagi mavjud. Avakadoning yuqori ozuqaviy va yog‘li tarkib
tuzilishi turli taomlar , jumladan, salatlar va vegetarinlar uchun foydalidir.Meva 
etida ko‘plab vitaminlar va minerallar mavjudligi uchun ham qadrlanadi.
Mevasidan tashqari uning yog‘ochlik qismi ham qurulish materiali
sifatida mahalliy aholi orasida mashhurdir. Avokado meva etida ko‘p
miqdorda yog‘ mavjud bo‘lib, bu uning o‘sish sharoitiga qarab 40% gacha
yetadi. Bundan tashqari yog‘ kislotalar, glutation, oqsil, uglevodlar, karnitin, 
antioksidantlar, ko‘plab vitaminlar (D, K, E, B
1
, B
2
, B
6
, B
9
) kaliy, magniy, mis,
rux kabi mikro va makroelementlar mavjud. Avokado turli yaxna taomlar,
salatlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Tibbiyotda esa xolesterin miqdorini
pasaytirish miqdorida ham qo‘llaniladi. Avokado xona o‘simligi sifatida
ham o‘stiriladi, uning yam-yashil barglari jozibadorligi bilan kishilarni o‘ziga
jalb qiladi. Ushbu o‘simlik urug‘idan, ildiz bachkisidan va payvand qilib
ko‘paytiriladi.Zaharlilik xususiyati Avokadoning barglarida, meva qobig‘i va
danagida zaharli fungitsid modda – persin mavjud, u hayvonlar va odamlar
uchun xavfli hisoblanadi. Persin yog‘da eruvchi modda bo‘lib, tuzilishi 
bo‘yicha yog‘ kislotalariga o‘xshaydi. Odam organizmiga tushgan persin 
individual holatdagi allergiyani keltirib chiqadi, shu bilan birga ovqat-hazm qilish


20 
funksiyasini buzadi. 
Mevasi nihoyatda to'yimli hisoblanadi. Meva tarkibining 71%ini suv,
27%ini uglevodlar, 1%ini oqsil va juda oz miqdorda yog' tashkil etadi. Meva
vitamin C (35%) va vitaminA (10%) larga boy. 
Tropik o'simliklarning ayrim biologik xususiyatlari, jumladan issiqsevarligi, 
namsevarligi, qosqa kunligi va aksariat hollarda nordon tuproqlarda o'tib 
rivojlanishi o'zaro o'xshashdir. 
Tropik o'rmonlarda o'simlik turlari nihoyatda ko'p va xilma - xildir.
Ayniqsa, palma daraxtlari ko'pchilik tashkil etadi. 
Qovun daraxti, papaya - papayadoshlarga mansub doimyashil mevali
daraxt. Afrika va Janubiy - Sharqiy Osiyoda ko'p tarqalgan. Balandligi 4-7m.
Barglari yirik panjasimon qirqilgan 5-7 bo'lakli, uzun badli, shox-shabbasiz,
tanasining uchida g'uj-g'uj o'rnashgan barglari soyabonga o'xshab osilib
turadi, gullari sarg'ish-oq ikki jinsli.Mevasi sariq tusda,og'irligi. 3-6kg , uzunligi 
30 sm qovunga o'xshaydi (nomi shundan). Qovun daraxti tez o'sadi lekin uzoq
yashamaydi, sovuqqa chidamsiz. Tropik mintaqada o'stiriladi,Mevasi istemol
qilinadi undan papain fermenti olinadi. Urug'idan ko'paytiriladi.Mevalari bir - 
biridan shakli va hajmi jihatidan katta farq qilishi mumkin. Pishgan mevaning 
qobig'i qizil-to'q sariq ranga ega bo'lib,tanasi qizil, qalin va shirin bo'ladi odatda 
mevalarini 5-7 kundan ortiq saqlab bo'lmaydi 
Papayaning foydali xususiyatlari. 
Papaya shirin va mazali meva bo'lib ayni paytda bu meva insonlar uchum juda 
yaxshi kaloriyali taomdir. 100 gramm papaya -39 kaloriyaga teng.Papayyada 
oqsillar, uglevodlar, tolalar, A, B, C, D guruhlari vitaminlari shuningdek
kaliy, Fosfor, temir, kalsiy, natriy va albumin fermenti mavjud.


21 
Papayaning shifobaxsh xususiyatlari qadim zamonlardan buyon e'tirof etiladi. Bu 
meva oshqozon uchun juda foydali, chunki uning tarkibidagi papa tananing oziq- 
ovqatdan eng ko'p oziqa moddalarini olishiga yordam beradi. Papayya
sharbati ba'zan hasharotlar chaqishini davolashda va kuyishdagi og'riqlardan
xalos qiladi. Papayya butun dunyoda kosmetika ishlab chiqarishda faol ravishda 
foydalaniladi. Bu meva terini yumshatishda ishlatiladi va papayya sharbati teri
kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Papayya o'n ikki barmoqli ichak yarasi, 
kolit, bronxial astmada tavsiya etiladi. Ushbu meva jigarni, qon shakarini 
normalizatsiya qiladi. Papayya yordamida ichakni ham tozalash mumkin. U
insonga kuch va tetiklik beradi. Papayya insonning oshqozonida ortiqcha kislota 
tasirini zararsizlantirishga qodir va shuning uchun oshqozon ekstrakti churra
yoki gastiritfan aziyat chekadiganlar uchun foydalidir. Bundan tashqari,
homilador ayallar uchun ham tavsiya etiladi. Papayya sharbati juda foydali.
Ba'zi tropik mamlakatlarda u orqa miya, me'da kasalliklari va ekzemni 
davolashda ishlatiladi. Lekin bu uning foydali xususiyatlari kamligidan dalolat 
bermaydi.Papain tashqi kurinishlarda ham ishlatiladi: tibbiyotda -
kuyish va kasmetallogiyada sochlar parvarishida ham. Sochga ta'sir qilish 
mexanizmi oddiy u keratinni yo'q qiladi va sochlarning zaiflashivi va ortiqcha
sochlarning paydo bo'lishining oldini oladi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling