I bob. Tropik o‘simliklar haqida umumiy tushuncha
Tropik mintaqada tarqalgan dukkakli
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
1 e bio Qodirova Marjona Tropikada tarqalgan oziq ovqat o\'simliklari
2.1 Tropik mintaqada tarqalgan dukkakli
o’simliklar DUKKAKDOSHLAR, dukkaklilar (Fabaceae, Leguminoasae) — ikki pallali o‘simliklar oilasi (ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar, chala butalar, butalar, lianalar va daraxtlar), 500 dan ortiq turkum, 12000 turni o‘z ichiga oladi. Yer yuzining hamma o‘lkalarida keng tarqalgan. Ayrim sistematikalarda Dukkakdoshlar 3 kenja oilaga — mimozadoshlar (Mimosaceae), tsezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae) ajratilgan. Ko‘p turlari dehqonchiliqda yetishtiriladi. Barglari murakkab, pat shaklli (juft yoki toq), 3 bo‘lakli yoki panjasimon. Barglari asosida turli shakl va kattalikda yon bargchalari bor. Mevasi bir uyali, bitta mevabargdan tashkil topgan dukkak. Yakka yoki to‘pgulga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni 4-5 bo‘lakli, kosacha va gultojga bo‘linadi. Gultoji egri-bugri, 5 tojbargdan iborat: 1 yirik (elkan), 2 o‘rtacha (eshkak) va 2 kichikroq kemacha hosil qiladi. Changchisi 10 ta, ba‘zan 9-5 ta, odatda, 9 tasi iplar bilan birikkan bo‘lib, bittasi erkin bo‘ladi. Urug‘chisi bitta, usti tugunchali. Dukkakdoshlarning barcha turlari o‘simlikni azot bilan ta‘minlovchi azot to‘plovchi mikroorganizmlar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuning uchun ham dukkakli don ekinlari boshqa ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Dukkakdoshlar qimmatbaho oziq-ovqat, texnika, ozuqabop hamda manzarali o‘simliklardir. Dukkakli don ekinlari xalq xo‘jaligi uchun kata ahamiyatga ega, doni oqsil (masalan, no‘xat, soya, yasmiq va hokazolar), kraxmal va moyga boy (soya,y eryong‘oq va boshqalar). Sug‘orma dehqonchilikda Dukkakdoshlarda eng qimmatlilari ko‘p yillik va bir yillik ekinlar hisoblanadi. Masalan, beda g‘o‘za- beda almashib ekishning asosiy ekini. Ayrim turlarining po‘sti hamda yog‘ochlik qismida qimmatli texnik moddalar — gummi, balzam, smolalar bor. Dukkakdoshlardan drok (sariq gulli dukkakli cho‘l o‘simligi), indigo va boshqalardan bo‘yoqlar olinadi. Ayrim Dukkakdoshlar — akatsiya, ko‘k no‘xat, pechakgul, bo‘ridukkak manzarali, ba‘zilari esa — shirinmiyayokiqizilmiya, termopsis, sano, Kassiya va boshqa dorivor 24 o‘simliklardir. Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, loviya ,no‘xat, soya, yer yongʻoq oziqovqatuchun,toʻyimlioʻtloqoʻsimliklaridan bedavasebarga, esparset ye mxashak uchun koʻplab ekiladi.Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, qashqarbeda,shirinmiya,oqquray,afsonakkabilardanolinadiganalkoloidlar,glyukozidl ar, smolalar,vitaminlar va organikkislotalar tibbiy otda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya,achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi.Akatsiya, gledichiya, tuxumak va boshqalar manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun B. azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi. Loviya Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi (vatani — Markaziy va Janubiy Amerika) eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli loviya lima loviyasi, ingichka bargli loviya, Osiyo loviyasi, adzuki loviya, guruchsimon loviya , qizil loviya va boshqa turlari ham ekiladi. Yer yuzida loviya ekiladigan maydonlar 22 mln.ga (1999). Hindiston, Braziliya , Xitoyda katta maydonlarda yetishtiriladi. L. issiqsevar oʻsimlik, urugi kamida 8—10° da unib chiqadi. Maysasi — 0,5, — 1,0° da nobud boʻladi. Maysalanishi uchun 15—18°, gullashi uchun eng qulay harorat 18—25°, meva hosil qilishi uchun 20—23°. Loviya namsevar, Oʻzbekistonda suvli yerlarga ekiladi. Unumdor tuproq sharoitlariga talabchan. Oʻsuv davri 75—120 kun. Yormasi oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega. Tula pishmagan dukkaklari va donlaridan konserva ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 20—31% oqsil, 0,7-3,6% moy, 50-ye kraxmal, 2,3—7,1% kletchatka, alkil kislotalar mavjud. Poyasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ayrim turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi. 25 Qizil loviyaning foydali xususiyatlari Loviya oson hazm boʻladigan oqsilli mahsulotdir. Bu vegetarianlar va roʻza tutuvchilar uchun ajoyib goʻsht muqobili. Qizil loviya tarkibida 25% gacha oqsil mavjud boʻlib, u ozuqaviy qiymati boʻyicha goʻsht oqsilidan kam emas. Bundan tashqari, loviya oqsili 70 - 80% ga organizmga soʻrilish xususiyatiga ega.Vazn yoʻqotish uchun. Qizil loviya ishtahani bostiradigan moddalarni oʻz ichiga oladi, shuningdek, tez uglevodlarning soʻrilishini oldini oladi, shu bilan tanaga kiradigan kaloriyalar sonini kamaytiradi.Yurak va qon tomirlari uchun. Qizil loviya tarkibidagi arginin azot almashinuvi jarayonlarida ishtirok etib, insulinga oʻxshash taʼsir koʻrsatadi, bu qon shakar darajasini pasaytirishga yordam beradi va diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Foliy kislota homosistein darajasini pasaytirishi mumkin, uning yuqori darajasi yurak va qon tomirlari kasalliklarining paydo boʻlishining omillaridan biridir. Loviya tarkibidagi magniyning yuqori kontsentratsiyasi qon aylanishiga taʼsir qiladi.Ichaklar uchun foydali. Qizil loviya ozuqatolasiga boy. Oʻsimlik tolalari ovqat hazm qilish tizimining holatiga foydali taʼsir koʻrsatadi, ichaklarni tozalashga va toksinlar va toksinlarni olib tashlashga yordam beradi. Bir stakan loviya tananing kunlik tolaga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Immunitet uchun foydali. Qizil loviya tarkibidagi oltingugurt immunitet tizimigaijobiy taʼsir koʻrsatadi va organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Antioksidant xususiyatlari toksinlarni yoʻq qilishni tezlashtiradi va immunitettizimini yaxshilaydi.Vitaminlar va mikroelementlar koʻp. Loviya organizm uchun juda koʻp muhim oziq moddalarni oʻz ichiga oladi. Qizil loviya alyuminiy, bor, kaliy, kaltsiy, magniy va misning mavjudligi boʻyicha rekord oʻrnatadi. Bundan tashqari, koʻp miqdorda oltingugurt, fosfor va temir mavjud. Tananing normal ishlashi uchun B guruhi vitaminlari, shuningdek S, E, K va muhim aminokislotalar zarur Qizil loviyaning zarariLoviyani xom isteʼmol qilmaslik kerak, chunki bu zaharlanishga olib kelishi mumkin. Xom loviya tarkibida fazin va fazaolunatit mavjud. Ularni loviyani suvda namlash yoki har qanday issiqlik bilan ishlov berish orqali osonginazararsizlantirishmumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling