I bob. Tropik o‘simliklar haqida umumiy tushuncha


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana20.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1636439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 e bio Qodirova Marjona Tropikada tarqalgan oziq ovqat o\'simliklari




 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



MUNDARIJA 
Kirish…………………………………………………………………………..…...3 
I BOB.Tropik o‘simliklar haqida umumiy tushuncha …………………….........5 
1.1Tropik o‘simliklarning geografik jihatdan alohidalanishi………………........8 
1.2 Tropik mintaqa - o'simliklarning qiziq va noyob dunyosi…………………...11
II BOB Tropikada tarqalgan oziq-ovqat o‘simliklari……………………...…….16
2.1 Tropik mintaqada tarqalgan dukkakli o‘simliklar……………………………23 
2.2 Tropik mevalar haqida ma‘lumot………………...……………………………26 
Xulosa……………..……………………………………………………………….35
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………37



KIRISH

Kurs ishining dolzarbligi. Tropikada tarqalgan oziq-ovqat o‘simliklarining 
ayrimlari Yer yuzi bo‘yicha ularnig soni kamayib ketmoqda. Tropik 
mintaqalarda iqlimning keskin o‘zgarishi , yillik yog‘in miqdorining kamayishi 
tropikada tarqalgan oziq- ovqat o‘simliklarining soni kamayishiga olib 
keladi.Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning o‘simliklar 
sonining kamayib ketishiga sabab bo‘adi.Tabiatga , o‘simliklar dunyosiga 
nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek qo‘yish , tabiat boyliklarini 
muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning burchimizdir. Olimlarning 
ta‘kidlashicha , har kuni o‘simliklar, hasharotlar va hayvonlarning
taxminan137 turi Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketmoqda. 
Tropik mintaqalar Shimoliy va Janubiy yarimsharlarda subtropik va subekvatorial 
mintaqalar oraligʻida joylashgan 2 geografik mintaqa. Tropik mintaqalarning 
materik qismi uchun cho‘l va chala choʻl landshafti, okeanlarga esa suvning 
shoʻrligi (36%) va yuqori temperaturasi xos. Tropik mintaqalarda quyosh nurlari 
tik tushgani va bulutning kam boʻlganidan quyosh radiatsiyasi koʻp. Natijada 
harorat yil boʻyi yuqori boʻladi. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 
quruqliklarda 30–35°, eng sovuq oyniki 10° dan pastga tushmaydi. 
Yillik yogʻin 50–200 mm (faqat sharqiy okean boʻyi mussonli zonasida 1000–
2000mmgacha).



(1- rasm) .Tropik mintaqalarning tasviri 
Materiklarda Tropik mintaqalarning quyidagi sektorlari:sernam oʻrmon landshaftli 
sharqiy okeanboʻyi, siyrak oʻrmon va butazorlardan iborat sharqiy oʻtish,
choʻl va chala choʻl landshafti ustun boʻlgan materik ichkarisidagi va gʻarbiy 
okeanboʻyi sektorlari farq qilinadi. Sharqdan gʻarbga borgan sari oʻsimliklar 
dunyosi ham oʻzgarib boradi: aralash (doim yashil va barg toʻkuvchi) oʻrmonlar,
mussonli oʻrmonlar siyrak oʻrmon va savannalar, quruq oʻrmon va kserofil 
butalar, chala choʻl va choʻl oʻsimliklariga oʻtib boradi. Muvofiq ravishda
faunasi ham oʻzgaradi. Okean va dengiz suvlarida bugʻlanish koʻp boʻlganligi
sababli kislorod va planktonlar siyrak. Tropik mintaqalardagi koʻpchilik yerlar 
xoʻjalik jihatidan kam oʻzlashtirilgan 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling