I-bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar Tuxum va tvorog xaqida ma’lumot


Tuxumlarni joylashtirish, tamg‘alash va saqlash


Download 117 Kb.
bet4/22
Sana18.01.2023
Hajmi117 Kb.
#1098205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan

Tuxumlarni joylashtirish, tamg‘alash va saqlash. Tuxumlarni turi va kategoriyasiga qarab yog‘och yashiklarga 360, 720 tadan yoki maxsus karton idishlarga joylanadi. Yashiklarga tuxumni 4 qator qilib teriladi, qatorlar orasiga quruq qirindi solinadi. Kapton idishlarga tuxumni orasiga gofrirovka qilingan karton qо‘yiladigan qator qilib teriladi.
Parhezbop va xо‘raki yangi tuxumlarni karton qutichalarga 10 donadan qilib joylashtiriladi.
Har qaysi о‘ram birligida yetkazib beruvchining nomi, saralovchining nomeri va saralash kuni kо‘rsatilgan talon bо‘lishi kerak. Qutichalarda tuxumning turi va kategoriyasi, chakana bahosi belgilab qо‘yiladi. Idishning ikkala torets tomonida tu­xumning turi va kategoriyasi, yetkazib beruvchining nomi, vazir-likning nomi yoki savdo markasi, idishning preyskurantdagi no­meri, saralash kuni kо‘rsatiladi.
Tuxumning turi yashiklarda qisqacha belgilanadi: parhezbop (diyeticheskiy)—D, xо‘raki yangi—S, muzxonada turgan—X, ohak­langan—I; kategoriyasi I va II raqamlar bilan kо‘rsatiladi. Agar tuxum pо‘chog‘i iflosligicha kelgan bо‘lsa, idish ustida «if­los» deb kо‘rsatiladi. Mayda tuxumlar alohida yashiklarga joy­lashtiriladi, «mayda» deb kо‘rsatib qо‘yiladi.
Magazinlarda tuxum—2°S dan—2,5°S da, nisbiy namligi— 85—88% bо‘lgan havoda 1 maydan 1 sentabrgacha bо‘lgan davrda kupi bilan 3 kun, 1 sentabrdan 30 aprelgacha esa kupi bilan 6 kun saqlanadi.


Тuxumni qayta ishlash mahsulotlari
Tuxum melanji, tuxum tolqoni va quruq quymoq tuxumni qayta ishlash mahsulotlari hisoblanadi.
Tuxum melanji. Ishlatilgan xom ashyoga qarab muzlatilgan melanjni tuxum oqi bilan sarig‘ining aralashmasi tarzida, shu­ningdek oqini alohida va sarig‘ini alohida qilib chiqariladi. Oqsil moddalar koagulyatsiyam (kolloid zarralari bir-biriga ilashib, oqsil moddalar quyuqlashib qolishi) oldini olish maq-sadida muzlatilgan melanjga stabilizatorlar (5—50% qand yoki 1,5% gacha osh tuzi) qо‘shiladi.
Muzlatilgan melanj olish uchun ohaklangan va ovqatbop no-tо‘laqimmatli tuxum ishlatilmaydi.
Melanj quyidagi tarzda tayyorlanadi: tuxumni saralapodi, dezinfeksiya qilinadi, sindiriladi, tuxum massa aralashtiriladi, suzgichdan о‘tkaziladi, 62—65°S da pasterizatsiya qilinadi, sovitiladi va hosil bо‘lgan massani oq tunuka bankalarga yoki gofrirovka qilingan kartondan yasab, ichiga polietilen plyonka solingai yashiklarga taqsimlab qо‘yiladi. Kyein tuxum massani (melanjni) —18.—20°S da banka ichidagi harorat—6°S bо‘lguncha muzlatiladi. Melanj umumiy ovqatlanish tarmog‘ida ishlati­ladi, sotuvga chiqarilmaydi.
Melanj zarg‘aldoq rang, muzi tushgandan keyin esa och zarg‘al-doq rang bо‘lishi kerak, konsistensiyasi qattiq, muzi tushgandan keyin suyuq, bir jinsli, begona ta’msie va begona hidsiz.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling