I-bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar Tuxum va tvorog xaqida ma’lumot
Download 117 Kb.
|
Tuxum va tvorogdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy omlet
- Pishloqkli qо‘ymoq
- Pomidorli qо‘ymoq
Ko'zli tuxum (yaichnitsa glazunya). Qizdirilgan tovaga sariyog‘ solinadi, qizdiriladi va asta-syokin tuxum solinadi. Oqsil quyuq konsistensiyaga, sarig‘i esa – yarim suyuq konsistensiyaga ega bо‘lguncha qovuriladi.
Tayyor bо‘lgan taom porsiyalarga bо‘linadi, tarelkaga qо‘yiladi, ustidan qizdirilgan yog‘ qо‘yiladi. Kо‘zli tuxumni porsion tovalarda uzatiladi yoki buterbrodlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday taomni tayyorlash uchun 1 dona tuxum, 5 gramm sarigyog‘ kerak bо‘ladi Taomning chiqishi 40 grammni tashkil etadi. Grenkali tuxum. Oq yoki qora nonning qizartirib pishirilgan joyi olinadi, kubik shaklida kesiladi va sarigyog‘da qovuriladi. Ustidan tuxum qо‘yiladi va qizdirish shkafida 3-4 minut toblab pishiriladi. Uzatishda «kuzli tuxum» day uzatiladi. Qovurilgan tuxumni oldindan qovurib yoki qaynatib kо‘k nо‘xat, pomidor, qovoqcha bilan uzatish mumkin. Tabiiy omlet. Idishga xom tuxum, sut, tuz solib yengilgina kо‘pirtiriladi. Bunday aralashma tayyorlash uchun solinadigan sariyog‘ning bir qismini solish mumkin. Omlet protivenda yoki tovada qovuriladi. Idish yaxshilab qizdiriladi, yog‘ solinadi va aralashma qо‘yiladi. Oldin omlet past haroratda, pichoq bilan aralashtirib, yuzi qizarguncha qovuriladi. Keyin 3-5 minut qovurish shkafida yana pishiriladi. Uzatishda porsion bо‘laklarga bо‘linadi (har bir porsiyaga birta), ustiga yog‘ qо‘yib kо‘kat sepiladi. Pishloqkli qо‘ymoq. Bu taomni yuqorida aytib о‘tilgan omletdan farqi omlet tayyorlanadigan aralashmaga qirg‘ichdan о‘tkazilgan pishloq solinadi. Tabiiy qо‘ymoqday qovurib, uzatiladi. Pishloqli qо‘ymoq ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyidagicha. Pomidorli qо‘ymoq. Pomidor yuvilib 4 bо‘lakka bо‘linadi va ozgina sarigyog‘da qovuriladi, ustiga qо‘ymoq aralashmasi solinadi va quyulgunga qadar qovuriladi. Tayyor taom kesiladi (1 porsiyaga 1bо‘lak), ustidan yog‘ qо‘yiladi va kо‘kat sepib uzatiladi. Bunday taomni tayyorlash uchun 1 dona tuxum, 5 gramm sarigyog‘, 25 gramm sut, 50 gramm pomidor kerak bо‘ladi Taomning chiqishi 70 grammni tashkil etadi. Tuxumli kotlet. Qaynatilgan tuxum yaxshilab maydalanadi, sovumagan mannо‘y bо‘tqasi bilan aralashtiriladi, shakl beriladi, non ushoqlariga (suxari) bulanadi va asosiy usul bilan ikki tomoni qovuriladi. Kotletlarni uzatishda (1 porsiyaga 1-2 dona) likopchaga qо‘yib, ustidan qizdirilgan yog‘ qо‘yiladi. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling