I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet26/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Olimpiada

Olimpiya bayrog‘idagi 5ta halqa 5ta qit’aning timsoli hisoblanadi. Ushbu halqalardan kamida 1tasining rangi dunyodagi har bir mamlakatning bayrog‘ida bor.


Olimpiada mash’alasini yoqish estafetasi rekordi 2014-yilda sodir bo‘lgan. Bu estafeta 2013-yil 7-oktyabrda Moskvada boshlanib, 2014-yil 7-fevralda Sochi shahrida tugagan. Olimpiya mash’alasi 60000 km yo‘l bosgan va uni 14000dan ortiq odam qo‘lma-qo‘l olib borgan.
Dunyoda qishki Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p – 260ta medalni qo‘lga kiritgan mamlakat Norvegiyadir.
1952-yilda Finlandiyada boshlangan XV Olimpiya o‘yinlari rasmiy ravishda tugallanmagan hisoblanadi. Ularning rasmiy yopilishida eng muhim xulosa – “Olimpiya o‘yinlari yopiq deb e’lon qilinadi” jumlasi aytilmagan.
Eng yosh olimpiada ishtirokchisi gretsiyalik gimnastikachi bo‘lgan – 1896-yildagi olimpiadada uning yoshi 10da edi. Eng keksa olimpiya chempioni Belgiyadagi o‘yinlarda g‘olib chiqqan 72 yoshli sportchi bo‘lgan.


Paralimpiya o‘yinlari

B u ramzning nomi – agito. U paralimpiya o‘yinchilarining shiorini anglatadi – “Kuch harakatda”. Lotin tilida “agito” so‘zi “men harakatlanyapman” degan ma’noga ega. Agito belgisi 2003-yilda paydo bo‘lgan.


Birinchi Paralimpiya o‘yinlari 1960-yil yozida Rimda bo‘lib o‘tgan. Ularda 23 mamlakatdan 400 nafar sportchi ishtirok etgan. Paralimpiya o‘yinlarini Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasi boshqaradi.
Paralimpiya o‘yinlaridan suzish, velosport va yengil atletika bo ‘yicha bellshuvlarda nogironlik aravachasi va protezlardan foydalanadigan sportchilar qatnashadilar. Ularga yordamchilar biriktiriladi. Futbolcholar ko‘zlari bog‘langan holda, voleybolchilar esa o‘tirgan holatda o‘ynaydilar. Bu barcha sportchilar uchun bir xil sharoitni ta’minlaydi.
Paralimpiya o‘yinlarining o‘z sport turlari ham bor – bu golbol va bochcha o‘yinlaridir. Golbolda ko‘zi ojiz sportchilar ichida qo‘ng‘iroqlari bor og‘ir to‘pni o‘ynaydilar. Bochchada esa nogironligi og‘ir darajada bo‘lgan sportchilar sharni g‘ildiratib, otib, marraga imkon qadar yaqinroq yetkazishda musobaqa qiladilar.



Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling