I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Qonunlar nima uchun kerak?


Download 108.4 Kb.
bet34/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Qonunlar nima uchun kerak?
Xammurapi qonunlari

XX asr boshida fransuz arxeologlari Qadimgi Bobil (Vavilon)dan sharqda joylashgan Suzi shahrida qora toshdan yasalgan ustunni topdi. Ustunning hamma tomoniga loyga chiziqlar o‘yib yozilgan edi. Bu eng qadimgi yozuvlar bo‘lib, eramizdan avvalgi 2-ming yillikka tegishli.


Noyob topilmada Bobil hukmdori Xammurapi buyrug‘iga binoan tuzilgan qonunlar aks etgan. Bu hozirgi kungacha yetib kelgan eng qadimgi qonunlardir.
Xammurapi mashhur siyosatchi va sarkarda bo‘lgan. U hukmronlik qilgan davrda Bobil juda rivojlangan mamlakat edi.
Xammurapi qonunlarida o‘sha davrdagi xususiy mulk huquqi, nikoh va oila huquqi, jinoyatlarni jazolash tartibi aks ettirilgan. Bu qonunlar 282 moddadan iborat bo‘lgan. Ularni bajarish har bir fuqaro uchun, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, majburiy hisoblangan. Qonunni buzgan shaxs qattiq jazolangan.


Men haqimda

Siz biror joyga ishga joylashish maqsadida borganingizda avval sizdan rezume so‘rashadi. Bu hujjat orqali sizning bilimlaringiz va tajribangiz haqida taxmin qilib olishadi. Agar rezumeda bergan ma’lumotlaringiz ish beruvchiga yoqsa, sizni suhbatga chaqirishadi va rezumeda bergan ma’lumotlaringiz qanchalik to‘g‘ri ekanligini bilib olishadi. Shuning uchun yaxshi tayyorlangan rezume sizning qanchalik kerakli xodim ekanligingizni tushunishga yordam beradi.


Hozirgi zamonda rezumeni Internet tarmog‘ida onlayn shaklda to‘ldirish mumkin. Bunday rezumeni to‘ldirish bepul va berilgan elektron manzilga yuborish mumkin. Rezumeni turli kompaniyalarga yuborib, do‘stlaringiz yoki reklama orqali ish qidirishdan ko‘ra tezroq natijaga erishasiz. Rezumeni o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar bilan to‘ldirganingizdan so‘ng, siz o‘zingizning kuchli tomonlaringizni ko‘rasiz yoki yana nima ustida ishlashingiz kerakligini tushunib olasiz.


Iste’molchi huquqi


Iste’molchilar – shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchilardir. Demak, biz kundaltik hayotimizda ehtiyojimizni qondirish uchun savdo do‘konlaridan iste’mol tovarlarni sotib olganimizda bilan Iste’molchi nomini olamiz. Boshqacha qilib aytganda, ushbu jarayonni oldi-sotdi shartnomasi deb hisoblash mumkin. Sotuvchi bizga sifatli tovar sotishi, buyurtmani tayyorlaydigan xodim esa ishni sifatli bajarishi shart. Bizning iste’molchi sifatidagi huquqlarimiz “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun”da belgilangan. Iste’molchining sifatli va xavfsiz tovar olish, tovar haqidagi barcha ma’lumotlarni olish huquqi, shuningdek, unga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqqi bor.
Iste’molchi o‘zi sotib olmoqchi bo‘layotgan tovar haqida, uni kim sotayotgani, uni qanday va qachon sotib olish mumkinligi haqidagi aniq ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
Dunoda har yili 15-mart kuni Butunjahon iste’molchilarni himoya qilish kuni nishonlanadi.

Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling