I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
O‘zgaruvchan dunyo
Dunyodagi birinchi elektron xabar 1971-yilda yo‘llangan. Eng birinchi sayt 1991-yilning 6-avgustida paydo bo‘lgan. Birinchi “smaylik”ni Skott Falman yaratgan. “Smaylik” kayfiyatni ifodalovchi mashhur ramzlardan biri hisoblanadi. YouTube kanalida har daqiqada davomiyligi 100 soat bo‘lgan yangi materiallar joylanadi. “Spam” so‘zining kelib chiqishi qiziq. Spam – jonga teguvchi va tinimsiz reklama hisobiga mashhurlikka erishgan go‘sht konservalari nomi. Ilk veb-kamera Kembrij universitetida paydo bo‘lgan. Ushbu veb-kamera dastlab qahva damlagichda o‘rnatilgan bo‘lib, uning vazifasi qahvaning tayyor yo tayyor emasligini kuzatish bo‘lgan. Google qidiruv tizimiga bir oyda o‘rtacha 35 milliarddan ortiq so‘rovnoma kelib tushadi. Google logosini yaratishda orfografik xato ketgan. Qidiruv tizimini katta hajmdagi ochiq ma’lumotlarni ifodalash uchun dastlab Googol deb nomlamoqchi bo‘lishgan. Biroq tasodifiy xatodan keyin o‘sha nomni qoldirishga qaror qilishgan, chunki bu so‘zning ko‘rinishi ko‘proq yoqib qolgan. Startap Startap soʻzi “jarayonning boshlanishi” degan ma’noni bildiradi. Startap – biznesning istalgan turi. Startapning asosi – gʻoya, uning dolzarbligi va oʻziga хosligi, ijrosi va moliyalashtirishi. Ular biznes loyihaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Misol uchun, startaplar vatani boʻlmish AQSHda 24 yoshli Rob Raynхart taomning oʻrnini bosadigan hamda organizm uchun barcha zarur moddalar – yogʻlar, oqsillar, tuzlar, mikroelementlar, uglevodlarga ega “Soylent” ichimligini oʻylab topdi. Bu mahsulotga allaqachon qariyb millionlab dollar pul sarflandi. Rossiyada “Taomlar partiyasi” nomli startap juda mashhur. Loyihaning gʻoyasi shundaki, har yakshanba mijozlarga ichida yangi, muzlatilgan va hafta kunlari boʻyicha taqsimlangan mahsulotlar va retseptlar bor qutilar yetkazib beriladi. Masalan, “dushanba” oʻramini olib, retsept boʻyicha taom tayyorlash mumkin. Barcha osh хomi qoʻl ostida boʻladi. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling