I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet28/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Olijanob tadbirkor

Ba’zi insonlarning hayot tarzi ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ladi.


Murod Nazarov “Murad Buildings” korxonasining asoschisi. Bu korxonaning faoliyati zamonaviy turar-joy majmualarini yaratishdan iborat.
Murod Nazarov Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining yapon filologiyasi fakultetini bitirgan. So‘ng Yaponiyadagi Sukuba universitetida, undan keyin esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.
Murod o‘zining birinchi uyini otasi bilan qurishni boshlagan. Otasi to‘satdan vafot etgach, bu ishni bitirish uning zimmasiga tushgan. Murod uy biznesini shu uy savdosidan boshlagan.
O‘zbekistonda Murod Nazarov uy qurilishi biznesi bilan birga 14 farzandning mehribon otasi sifatida ham tanilgan. Murodning o‘z farzandlari 5 nafar bo‘lib, qolgan 9 nafar bolani asrab olgan.


Faktlar haqida faktlar



  • Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi — ko‘zning shox pardasi. U kislorodni bevosita havodan oladi.

  • Inson miyasining sig‘imi 4 terabaytdan oshadi.

  • 7 oygacha bo‘lgan yoshda chaqaloq bir vaqtning o‘zida nafas olishi va yutinishi mumkin.

  • Bosh 29 ta turli suyaklardan tashkil topgan.

  • Miyadan chiqqan nerv impulsi 76 metr/ soniya tezlikda harakat qiladi.

  • Inson miyasi bir kunda dunyodagi barcha telefonlarga qaraganda ko‘proq elektrik impulslar ishlab chiqaradi.

  • Inson tanasi tarkibida o‘rtacha: bitta itdagi barcha burgalarni o‘ldirish uchun yetarli miqdorda oltingugurt; 900 ta qalam tayyorlash uchun yetarli uglerod; o‘yinchoq zambarakdan otish uchun yetadigan kaliy; 7 ta sovun tayyorlash uchun yetadigan yog‘ va 50 litrli bochkani to‘ldirish uchun yetarli suv mavjud.

  • Inson yuragi hayoti davomida 182 million litrdan ortiq qonni haydaydi.

  • Siz ushbu jumlani o‘qishingiz davomida tanangizda 50 mingdan ortiq hujayra o‘lib, yangilari bilan almashadi.

  • O‘naqaylar chapaqaylarga qaraganda o‘rtacha 9 yil uzoq umr ko‘radi.

  • Inson o‘z tushlarining 90% ini butunlay unutib yuboradi.

  • Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan 100 ming km.

  • Bahorda nafas olish soni kuzga qaraganda o‘rtacha 1/3 martaga ko‘proq bo‘ladi.




Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling