I chorak 2000 yillik tarix Renessans


IV CHORAK Bu fakt!


Download 108.4 Kb.
bet27/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

IV CHORAK


Bu fakt!

Bo‘rilar – afsonaviy mavjudotlar:


- bo‘ri o‘limtik yemaydi;
- bo‘rilar vahshiylar turkumiga kiradi, lekin ba’zan meva va sabzavot yeyishlari aniqlangan;
- bo‘ri vafodordir: o‘ziga juft tanlab, umr bo‘yi u bilan yashaydi, unga xiyonat qilmaydi;
- bo‘ri o‘z jufti vafotidan keyin uch oydan kam bo‘lmagan muddat azador bo‘ladi, bu bir yilgacha cho‘zilishi mumkin;
- bo‘rilar o‘z bolalariga ham juda mehribon bo‘ladi;
- bo‘ri bolasi ham ota-onaga yaxshilik qiluvchi jonivor ekan. Sababi, hayvonlar ichida faqat bo‘rigina ota-onasi keksalikka yetganda ularni tashlab qo‘ymasdan g‘amxo‘rlik qiladi. Ularni o‘z inida qoldirib, ov qilib, o‘ljani olib kelib, keksa ota-onasini boqib, parvarishaydi;
- bo‘ri to‘dasining boshida va oxirida to‘da boshchisi va baquvvat bo‘rilar, to‘da o‘rtasida keksa, nimjon, bemor bo‘rilar, bo‘ri bolalari, ona bo‘rilar harakatlanadilar. Shunday qilib, to‘da boshchilari o‘z jamoasidagi zaif bo‘rilarni yo‘lda ham himoya qiladilar.


H2O



  • Fillar sichqonlardan qo‘rqadi, degan mulohaza asossiz.

  • Fillarning xotirasi juda kuchli. Ular yaxshilikni ham, yomonlikni ham yillar davomida esdan chiqarmaydi. O‘z jamoasi a’zosini uzoq yillar davomida ko‘rmagan bo‘lishsa ham, tanishadi.

  • Fil yuragining og‘irligi 25-30 kilogrammni tashkil etadi. Fillar bir kunda 100-200 litr, undan ko‘proq ham suv ichishi mumkin.

  • Fillar yarim asrdan ortiq yashashi mumkin. Ba’zi fillarning 80 yoshdan oshishi hollari kuzatilgan.

  • Fillarda dafn qilish an’anasi bor. Agar qaysidir fil vafot etsa, qolgan fillar uning tagidan chuqur kavlab, o‘lgan fil ustiga shox-shabbalar tashlab, ko‘mishadi. So‘ng ancha kungacha uning yonida bo‘lishadi. Agar yerda yotgan odamni ko‘rishsa, uni ham o‘lgan gumon qilib, ko‘mishga harakat qilishadi.

  • Fillar qadim zamonlarda yashagan mamontlar bilan qarindosh hisoblanadi.

  • Dunyoda fillarning uch turi mavjud: hind fillari, savanna fillari, o‘rmon fillari. Savanna fillari eng yirik fillar hisoblanadi.

  • Fillarni ovlash dunyoning hamma davlatlarida taqiqlanadi.

  • Odamlarda bo‘lgani kabi, fillar ichida ham chapaqaylari bo‘ladi.


Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling