I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet30/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Zamon qahramonlari

A. Ertak dunyo tillariga eng ko‘p o‘girilgan asarlar qatorida tilga olinadi. Endi sizda Alisa ismli qizaloqning Ko‘zguorti o‘lkasidagi sarguzashtlari, u yerda bir-biridan g‘aroyib jonzotlar bilan tanishishi hamda qirolicha bo‘lish yo‘lida boshdan kechirganlari o‘zbek tilida o‘qish imkoniyati mavjud. Asar yoshidan qat’i nazar hech bir kitobxonning befarq qoldirmaydi.
B. Asar AQShda adabiyot bo‘yicha maktab dasturiga kiritilgan kitoblardan biri bo‘lib, 1966-yilning eng zo‘r romani deb topilgan. Asarning bir necha qismi aqli zaif inson tilidan so‘zlangan bo‘lib, tarjimon qahramon tilini boricha — imloviy va uslubiy jihatdan saqlashga harakat qilgan. Asar matnidagi ayrim g‘ayriodatiy, g‘alati jumlalar imloviy yoki uslubiy xatolar emas.
D. Sarguzasht romanda asar qahramoni Hoshimjon hayotida mas’uliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak, fahm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi.
Antiqa mashg‘ulotlar


“Tanishib qo‘yaylik: otim Hoshim, erkalatib chaqirmoqchi bo‘lsangiz Hoshimjon deb ataysiz. Familiyam – Ro‘ziyev... ”. Bu mashhur ism, familiyani esladingizmi? Taniqli asarning taniqli qahramoni boshidan kechirgan sarguzashtlarni bolaligida sevib o‘qimagan o‘quvchi kam bo‘lsa kerak. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari va ayniqsa, Hoshimjon Ro‘ziyevdek qahramoni ko‘pchilikning yodida aniq-tiniq saqlanib qolgan, desak adashmaymiz.
Rejissorlar Sarvar Karimov hamda Nozim Jumayev ushbu asarda aks etgan muhit, qahramon tushadigan sarguzashtli voqea va holatlarni ssenariyda bugungi zamon muhitiga moslaydi. Filmning kirish qismida sehrli qalpoqchaning yaralishi, bunga nima sabab bo‘lganligi tarixi ochib beriladi. Unga ko‘ra, qadim zamonda bir qishloqqa dushmanlar bostirib keladi, begunoh onalar, bolalarni qiynoqqa soladi. Bu mudhishliklarni ko‘rgan olim, kimki boshiga kiysa, ko‘rinmas bo‘lib qolish xususiyatiga ega sehrli qalpoqni yaratadi. U dushmanlardan shu tarzda qasos oladi va qalpoqni qutiga soladi-yu, o‘zi bilan olib ketmaydi. Tarixiy ko‘rinishda tasvirlangan ushbu kadrlardan so‘ng, tomoshabin bugungi kunga qaytadi va Hoshimjon bilan tanishadi.
Hoshimjon rolida Bunyod Rahmatullayev. U gavdalantirgan Hoshimjon – dangasa, xayolparast, o‘qish va ish qilishdan bo‘yin tovlaydigan bola. Hatto, maktab direktoriga “matematika, fizika kabi fanlar o‘rniga jismoniy tarbiya singari fanlarini qo‘yish” talabi bilan ariza yozadi. Shundan kundalikdagi baholari ham “2” bahodan oshay demaydi.
Kunlardan bir kuni u barcha tilaklarni bajaradigan sehrli qalpoqcha topib oladi. Birinchi galda mahalladagi folbin ayolning sirini fosh qiladi, mahalla bolalari o‘rtasidagi futbol musobaqasida jamoasiga yordam beradi, sinf jurnaliga o‘zi va do‘sti uchun “5” baholarni“tortiq qiladi”. Biroq shu yerda siri fosh bo‘ladi-yu, o‘qituvchi va maktab direktorining “sen hech kim bo‘la olmaysan” degan dakkisiga javoban “bo‘la olaman”, deya xonani tark etadi.
Qo‘lidagi sehrli qalpoqcha yordamida shu gapini isbotlash istagida yo‘lga tushadi.
Hoshimjon turli-tuman sarguzashtlarni boshidan kechiradi: agronom, shoir, o‘qituvchi bo‘lib ko‘radi. Oxiri inson mehnatsiz hech nimaga erisha olmasligini tushunib yetadi, sehrli qalpoqcha unga hamma narsani bera olishini, lekin aql bera olmasligini anglaydi.
Xulosa qilib aytganda, film so‘nggi yillarda bolalar mavzusida yaratilgan o‘zbek filmlari orasida yarq etdi va ko‘plab katta-yu kichik tomoshabinlarga manzur bo‘ldi, deb ayta olamiz.



Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling