I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Ombudsman Bolalar ombudsmani


Download 108.4 Kb.
bet33/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Ombudsman
Bolalar ombudsmani


Ombudsman – inson huquqlarini himoya qiluvchi shaxs. Bu so‘z shved tilidan olingan va “vakil” degan ma’noni anglatadi. O‘zbekistonda ombudsmanlik lavozimi 1995-yilda kiritilgan.
Bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman lavozimi ham bor. U birinchi bo‘lib Norvegiyada 1982-yilda ta’sis etilgan. Shvetsiyada esa bunday faoliyat 1993-yildan boshlangan. O‘zbekıstonda ham bolalar ombudsmani bor. Uning vazifasi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sog‘lom hayot tarzini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganini ombudsmanning rasmiy saytida ko‘rish mumkin.


Kuch – adolatda

Sharqda “odil podsho” tushunchasi qadim-qadimdan mavjud. Xalq shunday podshoni hamisha orzu qilib kelgan. Sohibqiron Amir Temurning “Kuch – adolatda” degan so‘zlari davlat muhrida ham aks etgan edi. “Mamlakat zulm­ga chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi”, – deb yozilgan “Temur tuzuk­lari” kitobida. Bu shiorga Sohibqiron qattiq amal qilardi. Adolat shunday kuchli ediki, agar mamlakatda biror odam bir tovoq oltin yo kumushni boshiga qo‘yib, g‘arbdan sharqqacha borsa, hech kim unga qo‘l cho‘zmas, oltin yo kumushdan bittasi ham kamaymasdi.


Temur, xoh o‘zining farzandlari bo‘lsin, xoh boshqa fuqaro – hammaga bir xil qarardi. Safarlardan qaytib kelganda, shaxsan o‘zi bozorni tekshirar, agar sotuvchilar foyda topaman deb narx-navoni oshirib yuborgan bo‘lsalar, el oldida o‘sha gunohkorning jazosini berardi. Yolg‘on gapni yomon ko‘rardi. Qonunlarga rioya qilmagani uchun o‘g‘li Mironshoh, nabiralari Pirmuhammad, Sulton Husayn Mirzolarni jazolagani tarix kitoblaridan ma’lum.
Hamma joyda amalda bo‘lgan “Kuch – adolatda” shiori butun Turon davlati hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylandi. 


Mening huquqlarim


Namuna: Tavallud topmoq – Men qadimiy Samarqandda tavallud topdim.
Tug‘ilmoq – Men 2000-yilda tug‘ilganman.

Tavallud topmoq – tug‘ilmoq


Tahsil olmoq – o‘qimoq
Tamomlamoq – tugatmoq
Istiqomat qilmoq – yashamoq
Faoliyat yuritmoq – ishlamoq
Ado etmoq – bajarmoq
Taqdirlanmoq – mukofot olmoq
Ishtirok etmoq – qatnashmoq



Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling