I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Xorijda startaplar muvaffaqiyatli va juda mashhur. Bizda-chi?


Download 108.4 Kb.
bet32/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Xorijda startaplar muvaffaqiyatli va juda mashhur. Bizda-chi?

Bileton.uztadbirlar, kino va teatrga pattalarni onlayn sotish. Tadbirlarni tez uyushtirish va rivojlantirish uchun qulay platforma.
Boomerang.uz – хat-хabarlarni kuryerlik xizmati orqali yetkazib berish teхnologik хizmati. Istiqbolda internet-doʻkonlar uchun tezkor yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Oson.uz – xaridlar boʻyicha shaхsiy gid. Oʻzbekiston doʻkonlarining tovar takliflari agregatori. Doʻkonlarning mijozlar bilan alohida ish olib borishiga imkoniyat yaratadi.
Rentme.uz – ashyolar ijarasi bilan shug‘ullanadigan maydon. Bu yerda bekor yotgan ashyolarni ijaraga berib, pul ishlab topish mumkin.
Straxovka.uz – onlayn sugʻurta xizmati. Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyalarining takliflar agregatori. Sug‘urta polislarini onlayn sotish va bepul yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Gifty.uz – odamlarga original buyumlarni tanlashda yordam berish va shu bilan bir vaqtda qoʻlda yasalgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari uchun bozor yaratuvchi xizmat.

Startap bilan shug‘ullanish uchun nimalarni bilish kerak?

Investor gʻoyaga mablagʻ sarflar ekan, biznesning muvaffaqiyati kelajakda unga foyda keltirishini rejalashtiradi. Aksincha bo‘lsa, u oʻzi kiritgan mablagʻni yoʻqotadi.


Bilimdon investorlar hali bozorda boʻlmagan yangi хizmat yoki tovarlarni taklif qiladigan loyihalar eng koʻp foyda keltirishini tushunishadi. Shuning uchun startapda bozorda talab yuqori bo‘lgan hamda foyda keltiradigan mahsulot yoki хizmatlarning yangi konsepsiyasi jamlanishi kerak. Masalan, original mahsulotni taklif qilayotgan internet-doʻkonning asosiy vazifasi sotuvchi va хaridorni toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashtirib qoʻyish hisoblanadi.
Bizning mamlakatimizda startaplar ilk odimlarini boshlamoqda, yaqin vaqtlarda bu biznes rivojlanib ketadi. Oʻzbekistonda yosh tadbirkorlar gʻoyalariga oʻzlarining mablagʻlarini kiritishga tayyor investorlar bor. Startaplarning paydo boʻlishi va ularni roʻyobga chiqarish uchun imkoniyatlar kundan-kunga oshib bormoqda.


Inson huquqlari


1. Qonunlarga amal qilinadigan mamlakatda adolat bo‘ladi.
2. Huquqiy savodxonlik inson hayotida juda muhim hisoblanadi.
3. Huquqiy madaniyat – qonunni bu qonunni tushunish, bilish, hayotda uni qo‘llash, uni bajarishni anglatadi.
4. Ichki madaniyat tashqi odobda aks etadi.
5. “Huquqini bilgan qoqilmas” – o‘zbek xalq maqoli.


Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling