I. Kirish Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimibarqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funktsiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Maz
Download 150.47 Kb.
|
kurs ishi (25)
I.Kirish Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimibarqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funktsiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Mazkur jarayonda, globallashuvning taʼsirini inobatga olgan holda xalqaro moliya-kredit munosabatlarini rivojlantirish uchun aniq tamoyillarni belgilash va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ehtimoliy risklarni pasaytirish muhimdir. Bugungi kunda xalqaro valyuta tizimining institutsional muhitini sifat va miqdor jihatdan oʼzgartiruvchi asosiy omil sifatida moliyaviy globallashuv jarayoni namoyon boʼlmoqda. Bir qator milliy moliya bozorlarining umumiyligida global moliya bozorining shakllanganligi bu oʼzgarishlarni aniq koʼrsatib bermoqda. Globallashuv sharoitida jahon moliyaviy arxitekturasi va xalqaro moliya tizimi barqarorligini taʼminlash hamda mamlakatlar oʼrtasidagi xalqaro moliya-kredit munosabatlari rivojlanishi uchunzaruriy shart-sharoit yaratish milliy iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishini taʼminlashdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarning valyuta tizimi nafaqat ular o`rtasidagi pul hisobkitob munosabatlarini, balki ichki pul muomalasining katta qismini ham o`z ichiga oladi. JVT oltin standartga asoslangan tizimdan asta sekin maqsadli boshqariladigan, qog’ozkredit pullariga asoslanadigan tizimga aylandi. SHu bilan birga, uning rivojlanishi (o`n yilliklar farqi bilan) milliy pul tizimining rivojlanish bosqichlarini takrorlaydi. Ichki iqtisodiyotda pul tizimi oltin tanga standartidan oltin quyma va oltindeviz, undan kredit, qog’oz pul muomalasiga o`tdi va oxirgi bosqichda ko`proq e`tibor kredit vositalariga qaratiladigan bo`ldi. Jahon miqyosida bu holat keyinroq maxsus shakllarda namoyon bo`ldi. Bunda oltintanga standarti mutlaqo bo`lmagan, oltin quyma standarti asrlar davomida mavjud bo`lgan; oltin bilan bir qatorda yordamchi kredit pullari veksel, chek va boshqa ko`rinishida rivojlangan. Ammo XX asr boshiga kelib, bu tizim xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yangi shakliga javob bermay qoldi. Bu davrning eng asosiy belgilaridan biri kapitalni eksport qilish – JVT ning yangi oltin standart shakllari bilan qaramaqarshilikka uchradi. Bundan tashqari, oltin zaxiralari tez rivojlanib borayotgan davlatlar xazinasida to`plana bordi. SHuning uchun ham, davlatlar o`rtasida yangi boshqariladigan valyuta tizimi zarur edi. 30yillarining ikkinchi yarmida oltin standart shakllari o`rniga qog’ozkredit pul muomalasi keldi. U davlatga emissiya mexanizmidan iqtisodiyotni boshqarish vositasi sifatida foydalanish imkonini berardi. Jahon valyuta tizimi rivojlanishining muhim bosqichi Ikkinchi Jahon urushidan keyin boshlandi. O’tgan yillarda mamlakatimizda bank tizimining me’yoriy-huquqiy va uslubiy asoslari shakllantirildi va mustahkamlandi. Innovatsion bank xizmatlari va moliyaviy texnologiyalar qo’llanila boshlandi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3272-sonli qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati o;rtasidagi muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilsh operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo’yicha dolzarb vazifalar qo’yilgan1. Download 150.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling