I. Kirish Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimibarqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funktsiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Maz


Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimini isloh qilish yo‘nalishlari


Download 150.47 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi150.47 Kb.
#1408573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi (25)

3.Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimini isloh qilish yo‘nalishlari
Globallashuv sharoitida jahon moliya tizimi barqarorligini ta'minlashda uning moliyaviy arxitekturasi holati, xalqaro moliya tizimi ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish darajasi muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan jahon moliyaviy arxitekturasiing holati va undagi zamonaviy o‘zgarishlar hamda ta'sir etuvchi omillarni tadqiq etish dolzarb masala hisoblanadi.
Jahon moliyaviy arxitekturasi milliy, mintaqaviy va global miqyosda shakllantirilgan hamda o‘z ichiga institutlarni, moliya bozorining turli xil vositalarini, shuningdek, moliyaviy globallashuv sharoitida moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning ichki va tashqi muvozanatliligini ta'minlashga yo‘naltirilgan majburiyat va qoidalarni olgan global moliya tizimining institutsional tuzilmasidir.
Moliyaviy globallashuv sharoitida jahon moliyaviy arxitekturasining barqarorligiga erishishda uning tarkibiy qismlari hisoblangan milliy iqtisodiyotlardagi valyuta tizimining barqarorligi, ichki moliyaviy sektorni liberallashtirish darajasi va uning moliyaviy ta'minoti holati muhim o‘rin tutadi. Mazkur jarayonda, mamlakatlar tomonidan kapital harakatidagi cheklovlarning bekor qilinishi va kapitalning erkin harakati uchun sharoit yaratish hamda barqaror valyuta siyosatini shakllantirish, shuningdek,milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning samarali amalga oshirilishi muhimdir.
Jahon moliyaviy arxitekturasining keyingi muhim tarkibiy qismi bo‘lib, faoliyati yirik miqdordagi o‘tkazmalarni amalga oshirish, iqtisodiyotning o‘sishi uchun investitsion resurslarni shakllantirish va aktivlarni taqsimlash bilan bog‘liq ko‘p tomonlama murakkab shartnoma munosabatlarini ifodalovchi moliyaviy institutlar hisoblanadi. Ularni isloh etish moliyaviy-iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanishning muhim omili bo‘lib, milliy, mintaqaviy va global iqtisodiyotning rivojlanish darajasini belgilaydi.
Ko‘plab tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra,global moliya tizimi milliy moliya tizimlari va ularni birlashtirgan xalqaro moliya tizimini o‘z ichiga oladi, bunda milliy moliyaviy oqimlarning bir qismi xalqaro valyuta-kredit oqimlariga birlashadi va har bir hamkorlik qiluvchi davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirishda ishtirok etadi [3].
Xalqaro moliya tizimi o‘ziga transmilliy kompaniyalar va banklar, moliyaviy korporatsiyalar, alohida mamlakatlarning markaziy banklari, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari, pensiya, investitsiya fondlari va sug‘urta kompaniyalarini o‘z ichiga olgan institutsional investorlar, yirik moliyaviy markazlarni qamrab oladi. Uning instrumentlariga depozitlar, xorijiy mamlakatlardan xarid qilingan mahsulot va xizmatlar, shu jumladan aktsiyalar uchun xalqaro pul o‘tkazmalari, olingan va berilgan kreditlar, veksel, obligatsiyalar, shuningdek, hosila moliyaviy vositalar kabilarni kiritish mumkin.
Jahon moliyaviy tizimi xalqaro shartnomalar, hukumatlararo bitimlar, ko‘p tomonlama moliyaviy institutlarning nizomlari, shuningdek, nodavlat sektori korxonalarining turli xalqaro birlashmalarida belgilangan majburiyatlarga (huquqlar) muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
Ta'kidlash kerakki, global moliyaviy tizim faoliyati bo‘yicha mustaqildir, shuning uchun inqirozli holatlarning bartaraf etilishi bilan u moliyaviy kapitalning erkin harakat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intiladi. Shu jihatdan,jahon moliyaviy arxitekturasi barqarorligini ta'minlashda kutilishi mumkin bo‘lgan inqirozli holatlarni oldini olish hamda xalqaro moliya tashkilotlarining mamlakatlar moliya tizimi rivojlanishidagi rolini oshirish muhimdir. Shuningdek, mazkur jarayonda moliyaviy institutlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, qoidalar va instrumentlar yagona maqsadga birlashtirilishi ya'ni, har bir mamlakat tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy siyosat va islohotlar ichki va tashqi muvozanatni ta'minlashga yo‘naltirilishi kerak. Global moliyaviy arxitektura mazkur tartib va qoidalar o‘rnatiladigan mexanizmlar hamda tuzilmalarning faoliyati uchun zaruriy infratuzilmaga ega bo‘lishi lozim.
Keyingi yillarda xalqaro moliya tizimida kapital harakati rivojlanishida transmilliy korporatsiyalarning (TMK) roli ortib bormoqda. Chunki, transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya tizimidagi o‘zgarishlarni harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. TMKlar yuqori darajadagi ishlab chiqarish va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan holda ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga asosiy e'tibor qaratishadi, mazkur holat esa, ular ishlab chiqarish faoliyatining kengayishiga va texnologik rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan birga ularmahsulotlar va xizmatlarningjahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini,xalqaro kapital harakati hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hozirgi davrda TMKlarning ta'siri barcha sohalarda kuchayib borgan holda ular xalqaro moliya tizimidagi o‘zgarishlarni tartibga solishdagi asosiy sub'ektlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy jahon moliya tizimida TMKlar rolini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ko‘rish mumkin [8; 14]:
– TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;
– dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxminan 1/2 qismi TMKlar hisobiga to‘g‘ri keladi;
– TMKlar bo‘linmalarida barcha ish bilan band aholining qariyb 10% faoliyat yuritadi;
– jahondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi TMKlar tomonidan nazorat qilinadi.
Shu boisdan ular global darajada moliyaviy munosabatlar rivojlanishiga hamda xalqaro kapital harakatiga keskin ta'sir etish salohiyatiga egadir. Jahon iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatayotgan TMKlarning aksariyat qismi AQShga (174 ta) to‘g‘ri keladi, TMKlar miqdorida Yaponiya (38 ta), Buyuk Britaniya (38 ta), Xitoy (34 ta) kabi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar keyingi o‘rinlarni egallagan [30].
Hozirgi kunda ekspertlarning baholashiga ko‘ra jahon kapitali hajmi iqtisodiyot real sektori bahosidan uch baravar ko‘p, ya'ni jahon iqtisodiyotidagi moliyaviy majburiyatlar hajmi barcha mahsulotlar va xizmatlar qiymatidan uch baravarga yuqori bo‘lib, bu tafovut yanada ortib bormoqda. Jahon kapitali, jumladan bozor va bank depozitlari, shuningdek, obligatsiyalar hajmi 140 trln. AQSh dollaridan oshib ketdi. Rivojlanayotgan va rivojlanish darajasi past bo‘lgan mamlakatlarning jahon kapital bozoridagi ishtirokining faollashuvi, sanoatlashuv darajasining ortishi hamda ularning xalqaro moliyaviy aylanmaga keng jalb etilishi natijasida jahon iqtisodiyotining moliyaviy globallashuvi yanada oshmoqda.
Mamlakatlarning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, moliya sektorining investitsiya maqsadlari uchun pul mablag‘larini qayta taqsimlash hamda iqtisodiy o‘sishning barqaror sur'atlariga va rivojlanishga erishish imkoniyati ortadi. Mazkur jarayon jahon iqtisodiyotida moliyaviy sohadagi resurslar hajmining oshishiga hamda mamlakatlarning moliyaviy jihatdan integratsiyalashuvining kuchayishiga olib keladi. Bunda pul massasi, moliyaviy aktivlar, aktsiyalar bozorining kapitallashuvi, kreditlar hajmi kabi ko‘rsatkichlarning jahon yalpi ichki mahsulotiga nisbatini baholash muhimdir. Misol uchun, global moliyaviy aktivlarning jahon YaIMga nisbati 1980 yildan 2008 yilgacha bo‘lgan davrda 103 foizdan 292 foizgacha oshgan, iqtisodchilarning baholashi bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich 2020 yilda tahminan 420-450 foizni tashkil etishi keltirilgan.[29] Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki, global moliyaviy aktivlar va boshqa ko‘rsatkichlarning jahon YaIMga nisbati o‘sishda davom etmoqda, chunki, so‘nggi yillarda moliyaviy aylanma va aktivlarning hajmi real iqtisodiyot dinamikasiga qaraganda jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Bunda asosan moliya, iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasida rivojlangan mamlakatlarning ta'siri yuqori bo‘lgan holda, ular jahon moliya tizimidagi yetakchilik o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni faol amalga oshirmoqdalar. XX asrning 90 yillarida jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining hajmi 449 mlrd. dollarni tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilga kelib 2,3 trln. dollarga yetdi. Mazkur holat, mamlakatlar iqtisodiyotiga, shuningdek, xalqaro kapital oqimiga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. XXI asrning o‘tgan davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jahonda rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Xususan, jalb etilgan, chetga chiqarilgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2018 yilga kelib 1990 yilga nisbatan 4-6 martaga ortgan. Biroq shu bilan birga, 2018 yilda dunyo miqyosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmi 2017 yilga nisbatan 13 foizga yoki 200 mlrd. AQSh dollariga kamaygan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish hajmi esa 411 mlrd. AQSh dollariga kamaygan, shuningdek, dunyo bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 611 mlrd. AQSh dollarga kamaygan.


  1. Download 150.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling