I. Kirish Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimibarqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funktsiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Maz
Jahon valyuta tizimi, uning rivojlanish asoslari va elementlari
Download 150.47 Kb.
|
kurs ishi (25)
1.Jahon valyuta tizimi, uning rivojlanish asoslari va elementlari
Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishida mamlakatlar o'rtasida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro bozorlaming paydo bolishi, xo'jalik yuritishning xalqaro tizimini shaldlanishi va xalqaro iqtisodiy aloqalaming globallashuvi hamda intematsionallashuvi asosiy omillardan bolib hisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiyiqtisodiy munosabatlami rivojlanishi bilan bevosita bogliq. Xalqaro takror ishlab chiqarish va valyuta munosabatlari o'rtasida bevosita va qarama- qarshi aloqa mavjud bolib, ular xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy kapital va xizmatlami ayirboshlash jarayonida namoyon boladi. Mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarining holati milliy va xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy muhit, shuningdek, boshqa qator omillar bilan baholanadi. Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va intematsionallashuvi sharoitida ichki ishlab chiqarish jarayonlar tashqi omillarga bogliq bolib qoladi. Jumladan, xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika taraqqiyoti, xorijiy kapitalning migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar valyuta munosabatlari orqali tartibga solib boriladi. Xalqaro valyuta munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror ishlab chiqarish jarayoniga salbiy tasir ko'rsatadi. Mamlakatlar o'rtasida xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - ning rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining shakllanishi va mazmunan rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o'z navbatida valyuta tizimini shakllanishiga xizmat qildi. Valyuta tizimi - valyuta munosabatlarini tashkil etish va tartibga solish shakli bolib, mahalliy qonunchilik yoki xalqaro kelishuv asosida mustahkamlanadi. Xalqaro iqtisodiy adabiyotlarda - milliy, xalqaro va hududiy valyuta tizimlari mavjudligi e’tirof etiladi. Dastlab milliy valyuta tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta tizimlari xalqaro amaliyotdagi normalami inobatga olgan holda mahalliy qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solinadi. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimini tashkil etib, erkin ravishda mamlakat hududidan o'zga hududlarda tolov vositasini bajarishi mumkin. Buning uchun qator omillar mavjud bolishi lozim. Xususan, milliy iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi taminlangan bolishi, milliy valyutani sotib olish qobiliyati mustahkam bolishi, mamlakat jahon xo'jaligida yuqori mavqei va reytingga ega bolishi kabilar shular jumlasidandir. Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishining asosini mamlakatlaming milliy valyuta tizimi tashkil etadi va mamlakatlar o'rtasida o'zaro kelishuvlar asosida mustahkamlanadi. Dastlabki xalqaro valyuta tizmining vujudga kelishi 1850 yillarga to‘g‘ri keladi. Xalqaro valyuta tizimining barqaror samarali amal qilishi, uning tegishli tamoyillariga rioya etilishi, mamlakatlar o'rtasida siyosiy iqtisodiy barqarorlik ta’minlanishini talab etadi, aks holda xalqaro valyuta tizimi vaqti-vaqti bilan inqirozga uchraydi, buning natijasida amaldagi valyuta tizimi barham topib, uning o'miga yangisi tashldl topadi. Download 150.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling