I. Kirish Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimibarqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funktsiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Maz


Jadval Jahon iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning rivojlanish dinamikasi


Download 150.47 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi150.47 Kb.
#1408573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi (25)

Jadval

  • Jahon iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning rivojlanish dinamikasi

    2018 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish


    hajmining 13% ga kamayishiga transchegaraviy birlashish va qo‘shib olishlar (mergers and acquisitions, M&A) hajmining qisqarishi ta'sir ko‘rsatgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar faollashuvining sabablari va harakatlantiruvchi kuchlari quyidagilardan iborat [5; 6]: – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yordamida milliy bozorlarda monopolistik foyda olishning mumkinligi; – tashqi savdoga nisbatan qo‘shimcha foyda olish imkoniyati; – transmilliy korporatsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni eltuvchilari sifatida maydonga chiqishi; – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojining keskin o‘sishi; – retsipiyent-mamlakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning shakllanishi.
    2-Jadval
    Jahon valyuta bozori aylanmasining geografik tarkibi(%larda)
    2018 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi barcha asosiy iqtisodiy guruhlarda – rivojlangan, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarda keskin o‘zgarish tendentsiyasiga ega bo‘ldi. Jalb etilgan jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017 yilga nisbatan 13 foizga kamayib 1,29 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. Chetga chiqarilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi esa, 2017 yilga nisbatan 28,8 foizga kamaygan holda 2018 yilda 1,01 trln. AQSh dollarini tashkil etgan.
    2018 yilda jahon iqtisodiyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi rivojlangan mamlakatlarda 2017 yilga nisbatan keskin pasayish tendentsiyasiga ega bo‘lgan. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarn jalb etish hajmi 5,6 foizga kamaygan, chetga chiqarish hajmi esa, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan o‘zgarishsiz holatda qolgan.
    2018 yildagi dunyo bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va chetga chiqarish darajasining pasayishiga muayyan omillar ta'sir ko‘rsatgan.
    AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya kabi mamlakatlar xalqaro bozordagi asosiy investorlar bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar taklifini shakllantiradigan mamlakatlar hisoblanadilar. Jumladan, 2018 yilda xorijga chiqarilgan jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 24% i AQSh, 5,4% i Kanada, 5,7% i Germaniya, 11,2% i Yaponiya, 6,9% i Buyuk Britaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
    Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun qulay investitsiya muhitini yaratgan mamlakat Xitoy hisoblanadi. 2018 yilda Xitoy iqtisodiyotiga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 139 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgani holda 2017 yilga nisbatan 5 mlrd. AQSh dollariga oshgan.
    Jahon moliyaviy arxitekturasi holatiga va xalqaro moliya tizimi barqarorligiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan yana biri sifatida xalqaro valyuta bozori namoyon bo‘ladi.
    Zamonaviy valyuta bozori milliy iqtisodiyotlarning integratsiyalashuvi va globallashuv sharoitida ular o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning jadal rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Iqtisodiyot va axborot muhitida yangi innovatsion texnologiyalar xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida tezkor o‘tkazmalar hamda hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon berdi, tovar ayirboshlash jadallashishini tezlashtirdi va xalqaro valyuta bozorini jahon miqyosida yanada kengayishiga ta'sir ko‘rsatdi.
    Jahon valyuta bozorining asosiy ishtirokchilari biri sifatida rivojlangan vakillik munosabatlari va ko‘plab filiallari tarmog‘igi ega bo‘lgan yirik banklar, ya'ni transmilliy banklar (TMB) va transmilliy kompaniyalar (TMK) namoyon bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra ularning ulushi qariyb 40 foizni tashkil etadi. Euromoney jurnalining ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi yillarda Amerikaning Citigroup, Shveytsariyaning UBS, Germaniyaning Deutschebank, Angliyaning HSBC va shu kabi boshqa yirik moliyaviy konglomeratlar jahon valyuta bozorida faol ishtirok etmoqda. Nomoliyaviy tashkilotlar odatda, faoliyati banklar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan TMKlar masalan, General Motors, Nestle va boshqalarni o‘z ichiga olgan holda ularning ulushi 9 foizdan ortiqni tashkil etadi.
    Chunki, TMKlar valyuta sohasidagi faoliyatini optimallashtirish maqsadida o‘z tarkibiga (ko‘p holatlarda jahon valyuta bozori ishtirokchilarining ikkinchi toifasiga kiruvchi) banklar va nobank moliyaviy tashkilotlarni jalb etish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.Uchinchi guruh ishtirokchilarining jami aylanmasi 21 yil davomida mutloq hajmda 265 mlrd. AQSh dollaridan 473 mlrd. AQSh dollarigacha oshgan, uning salmog‘i esa, 17,4 foizdan 7,2 foizgacha qariyb 2,5 baravarga pasaygan. Yuqoridagilar asosida qayd etish mumkinki, yirik dilerlardan turli fondlar, kompaniyalar va kichik banklar singari faoliyati unchalik yirik bo‘lmagan ishtirokchilarga bitimlarni qayta taqsimlash bo‘yicha tendentsiyalar kuzatilmoqda.
    Ushbu toifaning savdo faoliyati 2010 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida valyuta optsionlari, forvardlar, spot operatsiyalari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kengaygan. 2019 yilda ikkinchi guruh ishtirokchilari (54,6%) ichida valyuta operatsiyalarining asosiy salmog‘i 24,5 foizi tijorat banklari, operatsiyalarning 20,8 foizi institutsional investorlar, xedj-fondlar va xususiy savdo firmalari, 1,3 foizi esa, hukumat sektori, 8,0 foizi boshqa ishtirokchilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
    Valyuta bozorining alohida instrumentlari bo‘yicha tarkibini quyidagi 5-jadval ma'lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. Bunga ko‘ra jami bozor aylanmasida forvard operatsiyalari 15,2 foizni, spot operatsiyalari 30,2 foizni, valyuta svoplari 48,6 foizni, optsion va boshqa instrumentlar esa, 4,5 foizni tashkil etgan. Jami operatsiyalar hajmida eng yuqori salmoqni valyuta svoplari tashkil etgan bo‘lsa, eng kam salmoq derivativlarga to‘g‘ri kelgan. Hosila moliyaviy instrumentlar bozori jahon moliya tizimining rivojlanayotgan segmentlaridan biri hisoblanadi.
    Xulosa
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Valyuta tizimi ahamiyatining o`sishi rivojlangan mamlakatlarning milliy va mahalliy doirada valyuta sohasida davlat monopolistik boshqaruvining yangi usuli va vositalarini izlashga majbur etmoqda.
    SHunday qilib, hozirgi valyuta tizimida, xalqaro va
    baynanminallik o`rtasidagi nisbat milliy omillar tomoniga xal bo`ldi.
    Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishida
    mamlakatlar o'rtasida xalqaro mehnat taqsimotining
    chuqurlashuvi, xalqaro bozorlaming paydo bolishi, xo'jalik
    yuritishning xalqaro tizimini shaldlanishi va xalqaro
    iqtisodiy aloqalaming globallashuvi hamda intematsionallashuvi asosiy omillardan bolib hisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiyiqtisodiy munosabatlami rivojlanishi bilan bevosita bogliq.
    Xalqaro takror ishlab chiqarish va valyuta munosabatlari
    o'rtasida bevosita va qarama- qarshi aloqa mavjud bolib,
    ular xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy kapital va
    xizmatlami ayirboshlash jarayonida namoyon boladi.
    Mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarining holati
    milliy va xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar
    o'rtasidagi siyosiy muhit, shuningdek, boshqa qator omillar
    bilan baholanadi. Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va
    intematsionallashuvi sharoitida ichki ishlab chiqarish
    jarayonlar tashqi omillarga bogliq bolib qoladi. Jumladan,
    xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika taraqqiyoti,
    xorijiy kapitalning migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar
    valyuta munosabatlari orqali tartibga solib boriladiXalqaro valyuta munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror ishlab chiqarish jarayoniga salbiy tasir ko'rsatadi.

    Download 150.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling