I. Kirish Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimibarqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funktsiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Maz
Xalqaro valyuta tizimining elementlari
Download 150.47 Kb.
|
kurs ishi (25)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish asoslari.
- 2.Jahon valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi
Xalqaro valyuta tizimining elementlari:
• jahon pulining funksional shakli; • valyutalami o'zaro konvertirlash shartlari; • valyuta pariteti rejimining reglamenti; • davlatlararo valyutaviy chegaralami tartibga solish; • xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli; • xalqaro kredit mablaglari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari; • xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qollashning qoidalari; • xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi; • davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar. Milliy valyuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valyutasi tashkil etadi. Ushbu valyuta tegishli qonunchilik xujjatlari asosida mamlakatda yagona tolov vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro hisob -kitoblarda qollaniladigan pul (milliy valyutalar) valyuta deb y uritiladi. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish asoslari. Xalqaro valyuta munosabatlari-bu valyutalarning davlatlararo harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. Valyuta davlatlararo harakatlanishi uchun u xalqaro to`lov vositasi vazifasini bajara olishi va xalqaro valyuta bozorlarida oldi-sotdi qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 % dan ortiq)xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo`lgan etakchi valyutalar orqali amalga oshiriladi. Bu maqomni Xalqaro Valyuta Fondi(XVF) beradi. Hozirgacha 5 ta valyuta rezerv maqomga ega. XVF valyutaga Xalqaro rezerv maqomni berish uchun 4 ta omilni hisobga oladi: 1. Bu valyuta XVF da emitent davlat katta rezerv pozitsiyasiga ega bo`lishi kerak. 2.Jahon valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi Valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta`sir ko`rsatadi. Bunga sabab valyuta kursi holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o`rtasidagi o`zaro bog’liqlikdir. Valyuta kursi, asosan, kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o`zaro ayirboshlash kabi jarayonlarni amalga oshiradi. Masalan, eksport qiluvchi chet el valyutasidan olgan tushumini o`z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o`z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to`lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Import qiluvchi chetdan sotib olgan tovarlarni to`lovni amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi. Jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko`rsatkichlarini taqqoslaydi. SHuningdek, firma va banklarning chet el valyutasida mavjud bo`lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, eKYU) ifodalangan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koefitsenti sifatida namoyon bo`ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy tushuncha tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o`rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarish iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi. Valyuta kursi boshqa iqtisodiy tushunchalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta kursining o`zgarishiga bir qancha omillar ta`sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo`lib, valyuta kursiga to`g’ri yoki teskari ta`sir ko`rsatadi. Valyuta kursiga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 1. Valyuta kursining dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo`lgan omillar: – xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsulotining (YAMM) to`lov balansi; – pulning ichki va tashqi taklifi; – foiz stavkalari. Bu ko`rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) sifatida ko`rsatish mumkin. 2.(Uyushgan) sababomillarning o`zgarishiga ta`sir etuvchi va valyuta kursini o`rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta`sir etuvchi omillar. 3.Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tengligidan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar: – iqtisodiy tanglikning namoyon bo`lishi; – davlat byudjeti taqchilligi – nazoratsiz emissiya; – inflyatsiya; – ichki va tashqi baholar o`rtasidagi farq. – monopol ishlab chiqarish; – pullarning xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi. a) To`liq hajmda to`lov vositasi; b) jamg’arish vositasi; v) Kapitalning chetga oqib ketishi; – investitsiyani qisqartirish; – ishlab chiqarish hajmining pasayishi. – resurslar aylanmasida qatnashmaslik; – iste`molchilar foydalarining pasayishi; – valyuta birjasidagi o`yin; – tovarlarning «yuvilishi»; – demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati. 4. Siyosiy omillar; – mamlakat pul tizimiga bevosita o`zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar; – boshqaruv tuzilmasining barqarorlik darajasi; – iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi; – iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini birbirini tushuna olish darajasi; – qonunlarni bajarilish darajasi; – iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori; – mamlakatdagi siyosiy kuchlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi; – iqtisodiyotni ko`tarish bo`yicha aniq ishlangan dasturning yo`qligi; – aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi; – xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi. Qonuniy me`yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining kursini, qimmatli qog’ozlar kursini yoxud tovarlar bahosining o`rnatilishi, qisqacha qilib aytganda, valyuta kursini o`rnatish kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud; • To`g’ri kotirovka. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko`rsatilsa, ya`ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir birligiga to`g’ri keladigan miqdorda ko`rsatilsa, to`g’ri kotirovka deb ataladi. Masalan, 2023 yilning 22 aprelida 1 AQSH dollariga nisbatan o`zbek so`mining kursi 11 421.00 so`mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 139.70 so`mni tashkil etdi. Bunday kotirovka hozirgi vaqtda jahondagi ko`pchilik mamlakatlarda qo`llanilib kelinmoqda. • Egri (teskari) kotirovka. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o`rnatiladi, ya`ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko`rsatiladi, masalan; AQSH dollari yoki 1 AQSH dollari 11 421.00 so`m Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 139.70 so`m Buyuk Britaniyada funt sterling, Avstraliya dollari va eKYUning kursi teskari kotirovkalash yordamida o`rnatiladi. Agarda ikki valyuta o`rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «krosskurs» deb ataladi. Masalan: 1 AQSH dollari = 30.00 Rossiya rubli 1 AQSH dollari = 5.00 Ukraina grivna 1 Ukraina grivnasi = 6.00 Rossiya rubli Ko`rinib turibdiki, (krosskurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina grivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan krosskursidir. Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valyuta sifatida gavdalanadi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida AQSH dollari qo`llaniladi, ya`ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilinadi. Krosskursdan foydalanish ancha og’ir va tavakkaldir. Ammo ularni qo`llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir; – sizning talabingizdagi valyutaga ega bo`lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so`mni YAponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda uchinchi valyuta AQSH dollari bo`lsin. YAponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo`q). Oldi sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslarining ko`rinishlaridan foydalaniladi; «Spotkurs» bu naqd (kassa) bitimlarning kursidir. Spotkurs bu bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o`rnatilgan baho bo`yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs–bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir. Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o`zida ifoda etadi. Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o`zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfxatarlarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo`yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko`radi ikkinchi tomon esa zarar ko`radi. Masalan, siz 2003 yil 1 yanvarda 1$=965 so`m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1iyun kuni 1$=970 so`mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so`m miqdorida qo`shimcha foyda ko`rdingiz. Agar 1iyun kuni 1$=963 so`mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so`mdan zarar ko`rasiz. Download 150.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling