I. Kirish Globallashuv sharoitida jahon valyuta tizimibarqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funktsiyalarining yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Maz


Download 150.47 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi150.47 Kb.
#1408573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi (25)

Muddatli bitimlar bo`yicha valyuta kurslari (report) ustama
yoki dastxat metodi bo`yicha kotirovka qilinadi va «autrayt» kurslari,
deb ataladi.

Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs
Diskont.
Misol.
Bitim summasi 1 mln
Bitim muddati 90 kun
Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) 3,5 %
Baholovchi valyutadagi depozitlarga to`lanadigan % stavkasi (DEM)
5,5 % Cpot kurs 1 = 1,52101,5220 DEM
SK x FSF x BM

Ust/Disk =
273,78= 0,0075

(360x100)=(BVFS x BM) 1,5210x(5,53,5)x90

(360x100) + (3,5x90) 36315
Forvard kurs = 1,5210 = 0,0075 = 1,5285 (ustama).
Ustama yoki diskont ekanligi foiz stavkalari o`rtasidagi farqdan
bilish mumkin. Agar valyuta bitimi bo`yicha foiz stavkasi baholovchi
valyutaning foiz stavkasidan past bo`lsa, bu valyuta yuqori kursda
kotirovka qilinadi va chiqqan ko`rsatkich ustama sifatida sotiladi.
Agar valyuta bitimining foiz stavkasi yuqori bo`lsa, bu ko`rsatkich
diskont bo`ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning % stavkasi
bitim valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo`lsa,
olingan natija diskont hisoblanadi aksincha bo`lsa ustama hisoblanadi.
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani
sotish va sotib olish kursini o`rnatadi. Bu kurslar sotuvchining va
xaridorning kursi deb ataladi.
Sotuvchi kursi – bankning valyutani sotish kursi.
Xaridor kursi – bankning valyutani sotib olish kursi.
Bu kurslar o`rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmat
xarajatlarini qoplashga va ma`lum darajada foyda olishga sarflanadi.
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning
konvertirlanganligidir.
Konvertirlanganlik darajasiga ko`ra valyuta kursi 3 ga
bo`linadi.
– erkin «suzib» yuruvchi;
– cheklangan darajada «suzib»yuruvchi;
– qayd etilgan valyuta kurslari.
Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo`linadi.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma`lum valyutaga bo`lgan
bozor talabi va taklifi ta`sirida o`zgarib turishi mumkin. Masalan,
AQSH dollari, YAponiya ienasi, Angliya funt sterlingi. SHu bois, bu
valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.
CHeklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining
o`zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati)
kursi o`zgarishiga bog’liq. Misol uchun «Uchinchi dunyo»ning
ko`pchilik mamlakatlari o`z valyutalarini AQSH dollariga, evropa
mamlakatlarining eKYU ga va boshqa xorijiy valyutalarga
bog’laydilar. CHeklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari
kiritilgan mamlakatlar o`z valyutalarining tebranish chegarasini o`zlari
hamkorlik qilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar.
Qayd etilgan valyuta kursi – bu xorijiy valyutada ifodalangan
milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o`rnatilgan bahosi
bo`lib, unga valyuta bozorlaridagi talab va taklifning o`zgarishi ta`sir
qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valyuta kursi kam rivojlangan
mamlakatlarda yoki iqtisodiy tashqi bozorga etarli darajada kirib
bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy ishlab
chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va
quvvatlash maqsadida qo`llaniladi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro
moliya bozorlaridagi holat hamda nufuzli markaziy banklar tomonidan
olib borilayotgan pul- kredit siyosatidagi noaniqliklar rivojlanayotgan
davlatlarda samarali soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini yuritishni
murakkablashtirmoqda.
SHuningdek, dunyoning etakchi import va eksport qiluvchi
mamlakatlari tashqi savdo aloqalaridagi keskinliklar hamda Rossiya
va dunyoning bir qator neft’ eksport qiluvchi davlatlarga AQSH hukumati tomonidan qo`llanilgan iqtisodiy sanktsiyalar
rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro investitsiya oqimlarining
kechikishiga va pirovardida ular milliy valyutalarining
qadrsizlanishiga olib kelmoqda. Jumladan, joriy yil boshidan davom
etib kelayotgan AQSH va Xitoy savdo munosabatlarining
keskinlashuvi hamda 2018 yilning o`zida AQSH Federal rezerv tizimi
tomonidan qayta moliyalash stavkasining uch marotaba oshirilishi1
dunyoning boshqa markaziy banklarini o`z pul-kredit siyosati
yo`nalishini qaytadan ko`rib chiqishga undamoqda va bu ushbu
markaziy banklar tomonidan neytral ahamiyatdagi pul-kredit siyosati
olib borilishini qiyinlashtirmoqda. 2023 yilning 10 oyi yakunlari
bo`yicha AQSH dollar indeksi 5,4 foiz bandga ko`tarildi va
aksariyat valyutalarga nisbatan qadri oshdi (1-rasm).

1-rasm.Manba: Markaziy bank
Jumladan, dollarning qiymati Buyuk Britaniya funtiga
nisbatan 5,9 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 7,5 foizga, Rossiya
rubliga nisbatan 16,2 foizga, Janubiy Afrika randisiga nisbatan 19,1 foizga va Argentina pesosiga nisbatan 96 foizga o`sdi. Buni
AQSHda investitsion faollikning tiklanishi va FRT tomonidan pulkredit siyosatining normallashtirilishi hisobiga joriy yil yakunlari
bo`yicha so`nggi 10 yil mobaynida kuzatilgan eng yuqori o`sish
ko`rsatkichi bo`lishi to`g’risidagi kutilmalar bilan izohlash
mumkin. Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, O`zbekiston moliya
bozori xalqaro moliya bozorlariga kuchli integratsiya qilinmagan
bo`lsa-da, tashqi savdo hamkor mamlakatlar milliy valyutalari
kurslari orqali dollar indeksining o`zgarishi milliy valyuta –
so`mning almashuv kursiga ma`lum muddat kechikish bilan ta`sir
ko`rsatadi.



Download 150.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling