I kirish. II. Asosiy qism


Ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi


Download 0.91 Mb.
bet7/12
Sana29.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1138413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi 3-A Rahimova

2.5. Ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi.
Ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki ichki tuzilishini o‘rganish uchun flksatorda saqlangan yo‘ng‘ichqa poyasini yupqa qilib piska yordamida kesib mikroskopda ko‘riladi Bunda poya tashqi tomondan epidermis bilan o‘ralgan.(4-rasmga qarang. Asosiy parenximadan so‘ng, floema to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan, floemadan so‘ngra esa ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima- kambiy joylashgan. Kambiydan so‘ng ikki-lamchi ksilema, o‘zak va o‘zak nurlari bo‘ladi. Bu birlamchi qoplovchi to‘qima bo‘lib, hujayrasi tirik ustidan kutin moddasi bilan qoplangan. Epidermisdan so'ng po‘stloq parenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, uning tashqi hujayralarida qisman xlorofil donachalari bo‘ladi, ichki hujayralarida esa xlorofill bo‘lmaydi.
Ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishini O‘zbekistonda keng tarqalgan g‘o‘za poyasining misolida ko‘riladi Uning poyasi tashqi tomondan periderma bilan qoplangan, chunki g‘o‘za ko‘p yillik o‘simlikdir. Periderma ostida po‘stloq parenximasi joylashgan bo‘lib, bunda qisman oziq moddalar to‘planib turadi. Parenxima to‘qimasi orasida ajratuvchi sistema joylashgan. Asosiy parenximadan so‘ng navbatlashib qattiq va yumshoq lubni ko‘ramiz. Qattiq lub bu sklerenxima bo‘lib, uning orasida yumshoq lub - floemaning elaksimon naylari navbatlashib joylashgan. Floemadan so‘ng kambiy halqasi joylashgan. Poyaning qoplovchi to‘qima peridermasidan tortib kambiygacha bo’lgan qismini po‘stloq tashkil qiladi.
Kambiy halqasi ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima bo‘lganligi uchun poyani eniga o‘stiradi. Kambiy halqasining ichkari tomonida joylashgan hujayralari mitoz yo‘li bilan bo‘linib, ikkilamchi yog‘ochlik -ksilemani hosil qiladi. Ikkilamchi ksilemada o‘tkazuvchi naylar,yog‘ochlik parenximasi, libriformdan tashqari o‘zak nurlari ham bo‘ladi. O’zak nurlari bo‘ylab oziqa moddalar poyaning ko‘ndalang bo‘ylab oqadi, qisman oziqa modda to‘planib turadigan xavfsiz joy hisoblanadi. O‘zak nurlari po‘stloq parenxima bilan tutashadi.
Ikkilamchi ksilemadan ichkarida birlamchi ksilema joylashgan bo’lib, bu birlamchi hosil qiluvchi to‘qima tepa meristemadan hosil bo’lgan. Shuning uchun ham bir necha qavat hujayralardan iborat. Poyaning markazida birlamchi ksilemadan so‘ng o‘zak joylashgan.O‘zak dastlab yupqa po‘stli tirik hujayradan iborat bo’lib o‘zak nurlari paydo bo’lishi bilan о‘zak hujayralari paydo bo’ladi

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling