I kirish. II. Asosiy qism


Poyaning ikkilamchi tuzilishi


Download 0.91 Mb.
bet8/12
Sana29.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1138413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi 3-A Rahimova

2.6. Poyaning ikkilamchi tuzilishi.
Birlamchi tuzilishli poyalar bo’yiga va qisman eniga o’sadi. Bu asosan, uchki o’sish nuqtasidagi va bo’g’im oralig’idagi hosil qiluvchi to’qimalarning faoliyati tufayli sodir buladi. O’tsimon o’simliklarda kambiyning hosil bo’lishi ancha uzoq davom etadi. Bunday xollarda metoksilema kuchli ravishda rivojlanadi. Yosh o’tkazuvchi bog’lamlarning cho’zila borishi va o’sishi bo’yiga o’sishga sabab bo’ladi. Birlamchi tuzilishli o’simliklarning eniga o’sishi o’tkazuvchi boylamlarning yopiq xolga kelishi bilanoq to’xtaydi. Ikki pallali va ochiq urug’li o’simliklarda poyaning ikkilamchi yo’g’onlashishi (eniga o’sishi) uning xarakterli xususiyatidir.
Buta va daraxtlarda eniga o’sish o’simlikning butun umri bo’yi davom etadi. Ikkilamchi yo’g’onlashish yoki daraxtning eniga o’sish qobiliyati assimilyatsiya mahsuloti oqimining yil sayin orta borishi bilan bog’liq. Bu o’simliklarning yon novda shox-shabbalarini hosil kilishi ularning haddan tashqari ko’p sonli barglar bilan taʼminlanishiga, bu o’z navbatida fotosintez mahsuloti ko’payishining asosiy omili hisoblanadi Poyaning ikkilamchi yo’gonlashishining ikki toifasi bor va ular bir-biridan farq qiladi. Har ikkala toifadagi tuzilishning farqi novdaning uchida, o’sish konusidayoq kuzatiladi. Аyrim o’simliklarda, u o’tsimon yoki daraxt bo’lishidan qatʼiy nazar ikkilamchi yo’g’onlashishdi keyinchalik o’tkazuvchi bog’lamlar va o’zak nurlari hosil buladi. Buning uchun yalpi prokambial halqa asos bo’lib xizmat qiladi. Bunday xollarda birlamchi tuzilish bilan ikkilamchi tuzilishning boshlanib, qayerda tugallanishini aniqlash qiyin. Chunki prokambial halqadan ham o’tkazuvchilar, ham o’zak parenxima nurlari radial yo’nalishda shakllanadi. Boshqa xil o’simliklarda o’sish konusi ostida yaxlit prokambiy xalqasi vujudga kelmaydi, uning o’rniga alohida kambial bog’lamlar taraqqiy etadi. Dastlab, ikkinchi toifadagi tuzilishni qarab chiqaylik. Bunda ikkilamchi yo’g’onlashish birlamchi va ikkilamchi meristema faoliyati tufayli sodir bo’ladi.
Yuqorida eslatilganidek, birlamchi meristema poyaning nay bog’lamlarida ingichka kambiy halqalari shaklida poyaning ochiq nay bog’lamlarida shaklanadi. Bu bog’lamlar odatda o’sish konusi ostida alohida prokambial tolalardan vujudga keladi. Saqlangan kambiy tizmalari tasma shaklida ksilema va floema orasida joylashadi. Bu kambiy tizmasining faoliyati tufayli ksilema va floema elementlarining shakllanishi davom etadi. Poyada bog’lamlar halqa shaklida joylashgan bo’lsa-da, yaxlit halqa hosil qilmaydi. Chunki bog’lamlar orasida birlamchi o’zak nurlarining parenxima qatlamlari mavjud bo’ladi. Kambiy halqasi faoliyatining davom etishi, bog’lamlarni ajralib turuvchi birlamchi o’zak nurlari chegarasiga taʼsir qiladi. Nurlarning parenxima hujayralari har xil joydagi kambiy bog’lamlari bilan birikadi va doimiy holatdan bo’linuvchi parenxima hujayralariga aylanadi. Xuddi shunday joylarda kambiy orasida ikkilamchi meristema vujudga keladi. Poyada sodir bo’ladigan bunday xususiyatni yeryong’oq poyasida aniq ko’rish mumkin. Halqa va halqa orasidagi meristemalar birlashib, yalpi kambiy halqasini hosil kiladi.
Kambiy halqasining faoliyati butun poya aylanasi bo’ylab bir xilda bormaydi. Halqaning kambiy bog’lamlari qismi ksilema va floemaning yangi - yangi elementlarini shakllantiradi. Bog’lamlar orasida joylashgan kambiy esa yosh poyalarda deyarli faqat parenxima hujayralarini shakllantiradi. Lekin barg izlari taʼsirida bog’lam orasida joylashgan kambiy ham keyinchalik vaqt o’tishi bilan ksilema va floema elementlarini hosil qiladi. Kambiyning to’xtovsiz davom etadigan ish faoliyati natijasida hosil bo’lgan juda ko’p bog’lamlar bir-biri bilan birlashadi. Kambiy hujayralari tangential bo’linish xususiyatiga ega. Shu sababli kambiy to’g’ri radial tartibdagi hujayra qatlamlarini hosil qiladi. Prokambiy hujayralari esa har tomonga har xil yo’nalishda bo’lingani sababli undan vujudga kelgan to’qimalar tekis qatlam hosil qilmaydi.
Ko’pchilik ikki pallali daraxtsimon va qisman o’tsimon o’simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi o’sish konusi kambiy halqasidan vujudga keladi. Yaxlit prokambiy xalqasi vujudga kelishi bilanoq ichki tomonda prometoksilema, sirt tomonda esa pro va metofloema elementlari xosil bo’ladi. Yaxlit prokambiy xalqasining keyingi ish faoliyati kambiy halqasining ish faoliyatiga o’xshaydi.
Kambiy. Kambiy hujayralari o’ziga xos tuzilishga ega. U cho’ziq, ingichka prizma shaklida, to’rt qirrali, ikkala yoki bir devori nishab hujayralardan iborat. Kambiy hujayralarining radial devori tangental devoriga nisbatan qalin bo’lib, birlamchi tirqishlari aylana naylar shaklida. Bu tirqishlar keyinchalik kambiydan vujudga kelgan ksilemada parda tirqishlar, floemada esa elaksimon plastinkalarga aylanadi. Hujayralarning bo’yi eniga nisbatan bir necha o’n, xatto yuz barobar uzun. Ikki pallalilarda kambiy hujayralarining o’rtacha uzunligi 0,6 mm, ochiq urug’lilarda esa 3,6 mm ga teng. Evolyutsiya davomida bu hujayralarning uzunligi bir qadar qisqargan. Kambiy hujayrasi bir yadroli, yadro hujayra markazida joylashgan. Vakuolalarning soni va ularning katta-kichikligi yil fasli va muhitning qulayligiga bog’liq. Bahorda ularning soni ko’p va hajman ancha katta bo’ladi va bu jarayon ayniqsa bahor oylarida kuchayadi. Kambial hujayralarning bo’linishida birin-ketinlik kuzatilmaydi. Odatda uning faoliyati natijasida ksilema elementlari floema elementlariga nisbatan ancha ko’p xosil buladi. Shu sababli poya massasining asosiy qismini yo’g’ochlik tashkil etadi. Floemaning bir hujayrasi hosil bo’lguncha ksilemaning bir nechta hujayrasi xosil bo’ladi va voyaga yetadi.
Kambiy faoliyati natijasini hisob-kitob qiladigan bo’lsak, floemaga poyaning periferik qismida joylashgan, uning umumiy massasiga nisbatan uncha katta xajmga ega bo’lmagan po’st, ksilemaga esa poyaning qolgan butun po’stdan ichkarida joylashgan qismi taalluqlidir. Poya po’stining, yana bir xususiyatini unutmaslik kerakki, har yili uning ust tomoni yemirilib yangilanib boradi. Shu sababli ham u poyaning umumxajmiga nisbatan maʼlum darajada yupqa qatlamdan iborat buladi.
Yo’g’ochlikning tez hosil bo’lishi va lubga nisbatan ustunligi natijasida kambiy halqasi kengayib, poyaning sirt tomoniga surila boradi. Shu sababli halqada hujayralar son jihatidan o’sa boradi. Kambiy hujayralari vaqt-vaqti bilan radial to’siqlar hosil qilgan xolda bo’linadi. Bu xususiyat gulli o’simliklar uchun xarakterli xisoblanadi. Ularning kambiysi ko’p qatlamli. Kambiy hosil kiladigan tangental hujayralar to’g’ri radial qatorlar hosil qilgan xolda joylashadi. Gulli o’simliklarning radial to’siqlar hosil qilish yo’li bilan bo’linishi ham ularning qatlam hosil qilgan xolda joylashishiga to’sqinlik qilmaydi.
Ochiq urug’li usimliklarda kambiy hujayralari bir qavat to’siqlar hosil qilgan xolda bo’linadi. Xosil bo’lgan yangi hujayralar o’tkir uchli bo’lib, qo’shni hujayralar orasiga suqulib kiradi va shu yo’l bilan hujayralar xalqasi kengaya boradi.
Ikkilamchi yo’g’onlashish jarayonida, kambiy faoliyati natijasida poyaning ichki qismida hosil bo’ladigan ikkilamchi ksilema va o’zak parenxima nurlari ikkilamchi yo’gochlik hisoblanadi. Kambiy faoliyati natijasida yo’g’ochlikning sirtida xosil bo’ladigan qatlamlar ikkilamchi po’stloqdir. Ikkilamchi yo’g’ochlik. Ikkilamchi yo’g’ochlik asosiy to’qima parenxima, mahkamlik va o’tkazuvchi to’qimalar singari uch qismdan iborat. Shunday ekan, ikkilamchi yo’g’ochlikning bu uch bo’lagi hamma o’simliklarda ham bir xilda taraqqiy etmaydi. Ularning ikkilamchi yog’ochlikdagi o’zaro nisbati har bir o’simlik turida turli-tuman sabablarga bo’gliq bo’ladi.
Ksilema elementlarining umumiy uning hujayralari devorlarini xususiyati yog’ochlanganligidir. Yog’ochlik paranxima hujayralari bevosita kambiyning o’qidan hosil bo’lmay, balki uning ko’ndalang to’siqlar hosil qilib ko’payuvchi hujayralaridan shakllanadi. Yog’ochlik paryenximasi ikkilamchi ksilemada o’simlikni turiga qarab turlicha joylashish xususiyatiga ega. Ikkilamchi ksilemada bir necha xil joylashish variantlari m aʼlum. Bulardan faqat ikki variantiga keng to’xtalib o’tamiz. Аgar yog’ochlik parenximasi boshqa elementlar massasida bir tekis tarqalgan bo’lsa, yog’och parenximasining diffuz joylashishi deyiladi. Yog’ochlik parenximasi hujayralari o’tkazuvchi nay va traxeidlar atrofida terilgan xolda joylashgan bo’lsa, buni vazisentrik joylashish deyiladi.
Yo’g’ochlik parenximasining hujayra devori yog’ochlangan bo’lsa-da, hujayra protoplast tirik va ayrim yon novdalarida qulay sharoit mavjud bo’lganda hujayra bo’linish qobiliyatiga ega bo’ladi. Hujayra devorida oddiy tirqishlar mavjud. Bu hujayralarda qishda yog’ va kraxmal xolda jamg’arilgan oziq moddalar saqlanadi. Bahor kirishi bilan bu moddalar eritmalar shaklida poyaning o’tkazuvchi naylari bo’ylab kurtak tomon yo’l oladi. Qishlovchi tolalar kambiydan shakllangan, cho’zik, yog’ochlangan hujayralardan iborat. Ular yog’ochlik parenximasi hujayralarining fiziologik ahamiyatiga o’xshash. Ikkilamchi ksilemaning o’zak nurlari teng burchakli katta-katta parenximatik va qisman tirik, cho’zik poya o’qga nisbatan ko’ndalang joylashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralarning devori yog’ochlangan. O’zak nurlari ancha ko’p buladi. Birlamchi o’zak nurlari ancha baland, ikkilamchi nurlarga nisbatan ancha uzun bulib, poyaning birlamchi po’stiga qadar yetib boradi.
Poyaning har xil balandligida, uning o’qiga nisbatan perpendikulyar yo’nalishda o’zak nurlari o’tadi. Poyaning ko’ndalang kesimida ular radius shaklida aniq ko’rinadi. Ksilemada nurlar suv va organik moddalarni gorizontal yo’nalishda harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. O’zak nurlari hujayralar orasida tashqi muhit bilan poyaning ichidagi to’qimalar o’rtasida gaz almashish sodir bo’ladigan maxsus yo’llar mavjudligi bilan harakterlanadi. Аyrim adabiyotlarda o’zak va radial nurlar tafovut qismi bilan ikkilamchi yog’ochlik yillik halqalarda hosil bo’lib, umuman bog’lanmagan bo’lishi mumkin. Ksilemaning mahkamlik to’qimalari libriformdan iborat.
Libriform yog’ochlangan, qalin devorli, ingichka hujayralardan shakllangan. Hujayralarning oxiri o’tkir. Hujayra devorida siyrak joy-qiyshiq tevana shakldagi tirqishlari mavjud. Protoplasti odatda o’lik, lekin ayrim xollarda tirik bo’lib, bunday hujayralarda qish faslida kraxmal jamg’ariladi. Libriformning jamg’arish vazifasini bajaradigan hujayralarning devori yupqa bo’ladi. Daraxtsimon o’simliklarning umumiy mevasining asosiy qismini unga mahkamlik beradigan libriform tashkil etadi. Libriform evolyutsiya jarayonida qalin po’stli, o’tki uchli traxeidlardan vujudga kelgan. Ochiq urug’li o’simliklar va xususan nina bargli daraxtlarda libriform yo’q
Ksilemaning o’tkazuvchi to’qimalari nay va traxeidlardan iborat. Nina bargli osimliklarda o’tkazuvchi naylar yo’q. Ularda o’tkazuvchi to’qimalar traxeidlardan iborat. O’tkazuvchi naylarning traxeidlardan iboratligi va libriformning yo’qligi tufayli nina bargli o’simliklar yog’ochligi traxeidlardan tarkib topadi. Ular faqat o’tkazuvchi elementlar vazifasini bajarmasdan, balki mahkamlik vazifasini ham o’taydi. Ikkilamchi yog’ochlik traxeidlarida, odatda, pardali tirqshlar mavjud. Tirqishlar ayrim nina bargli o’simliklar hujayrasining radial devorlarida joylashganligi sababli, tog’ri vertikal qatori hosil kiladi. Shuning uchun radial va tangental kesimlarda traxeidlar tashki ko’rinishiga ko’ra ajralib turadi. Nina bargli o’simliklarning traxeidlari qish faslida yopilib qoladi. Ikkilamchi ksilemada yillik xalqalar hosil bo’ladi.
Yillik xalqalarning vujudga kelishi kambiy faoliyati bilan bog’liq Kuz faslining oxiriga kelib kambiy halqasi tinim davriga o’tadi. Bahor kelishi bilan o’simliklar uyg’onadi. Bu paytda kambiy xalqasining faoliyati aktivlashib, yupqa devorli katta-katta hujayralar hosil qiladi. Bu hujayralardan hosil bo’lgan o’tkazuvchi naylar o’zining yog’onligi bilan boshkalaridan ajralib turadi. Bahorda xosil bo’lgan yog’ochlik yo’gon xalqa tirqishli yog’ochlik deyiladi. Yozda hosil bo’ladigani esa ingichka va siyrak tirqishli bo’ladi. Yozning oxirlariga kelib kambiy hosil qiladigan hujayralar nihoyatda ingichka va qalin devorli buladi. Yilning bu faslida kambiy mahsulining asosiy qismini traxeidlar tashkil etadi. Shu tariqa yillik xalqalar orasidagi chegara aniq ko’rinib turadi. Kuzatishlarga qaraganda, tashki muhit va barglardagi o’zgarishlar tufayli kambiy faoliyatida tanaffus bo’ladi. Yillik xalqalar o’rtasidagi aniq chegara shu sababli xosil buladi. Kelgusi yil bahor oyidan eʼtiboran o’tgan yilgidan farq qiladigan yangi yillik xalqaning qatlamlari vujudga kela boshlaydi. Аniq ko’rinadigan yillik xalqalar yordamida o’simlikning yoshini aniqlash mumkin. Poyadagi xar bir halqa bir yil deb hisoblanadi. Lekin bu butunlay o’zgarmas qoida emas.
Аyrim saksovul, qandim, Cho’l akatsiyasi singari o’simliklar poyasi bir yilda bir nechta halqa hosil qilishi mumkin. Yillik xalqaning qalinligi tashqi muhit va ob-xavo sharoitlariga borliq. Yer yuzining tropik o’lkalarida yorug’lik, issiklik va namlik miqdori yil fasllariga teng taqsimlanganligi tufayli kambiy faoliyati va uning maxsuli bir xilligi natijasida yillik xalqalar hosil bo’lmaydi. Yil davomida havoning harorati fasllar bo’ylab o’zgarib turadigan o’rta va sovuq iqlimli mintaqalarda o’sadigan o’simliklarda yillik xalqalar aniq ko’rinadi.
Yog’ochlik va uning elementlari tuzilishi har bir o’simlik turi uchun o’ziga xos xususiyatga ega. O’simlikning yog’ochligiga qarab, uni qaysi o’simlik turkumi va turiga taalluqli ekanligini aniqlash mumkin. Bu xususiyat to’lik shakllangan yog’ochlikning tuzilishida namoyon bo’ladi. Kattik yog’ochda libriform hujayralarining devori, uni o’rab turgan elementlarning hujayra devoriga nisbatan qalin bulganligi sababli, yog’ochning ko’ndalang kesimida ajralib turadi. Yumshoq yog’ochlarda (tol, terak) bu tolalar ularni o’rab turgan hujayralardan deyarli farq qilmaydi. Yog’och parenximasi va uning nurlari hujayralarining tuzilish xususiyati, kengligi va ularning qatlam sirti har bir o’simlik turini xarakterlaydigan xususiyat bo’lishi mumkin. Suv va unda erigan moddalarni xarakatga keltirish vazifasini mazkur vegetatsiya yilida hosil bo’lgan yog’ochlik elementlari bajaradi.
Yillik xalkalari qancha eski bo’lsa, ularning suv o’tkazish qobiliyati shuncha pasayadi, chunki ichki qatlamlari bu vazifani bajarishga qodir bo’lmay qoladi. Oziq moddalar va kislorodning poya ichki qatlamlariga o’tishining qiyinlashuvi va umuman to’xtashi o’simlikning nobud bo’lishiga olib keladi.
Shunday ekan, poyaning ichki qatlamlari faqat mahkamlik vazifasini bajarmaydi. Eski, suv o’tkazish qobiliyatini yo’qotgan o’tkazuvchi naylar alohida modda bilan to’ladi. Boshqacha aytganda, ichki qatlamlar yog’ochlikning kuchli elementlari tomonidan jamrag’ilgan oziq moddalar bilan to’lgan bo’ladi. Shu sababli ham ularni o’lik deb hisoblash noto’g’ri.Yillik hujayralarning o’lik hujayralari vaqt o’tishi bilan, rangi, mahkamligi va boshka texnik xususiyatlariga ko’ra maʼlum o’zgarishlarga uchraydi. Ular rangining o’zgarishiga hujayra devorlarida har xil oshlovchi moddalar, mum, yelim va turli mikroorganizmlarning xayot faoliyati tufayli xosil bo’ladigan mahsulotning to’planishi sabab bo’ladi. Shu sababli, yog’ochlikning xayot faoliyati davom etadigan qismi oqish rangli bo’lib, uning o’lik qismi yo’g’ochlik o’zagi deb yuritiladi va qoramtir qo’ng’ir tusda bo’ladi. Yog’ochlikning o’zak kismi, o’simlikning turiga qarab boshqa ranglarda ham bo’lishi mumkin, masalan, qayrag’ochning o’zagi to’k sariq maklyura va zirkning o’zagi sariq, qizil daraxtning o’zagi — qizil, yong’oqniki — qo’ng’ir va xokazo ranglarda bo’ladi. Ulardan xo’jalikda, turli-tuman uy-ruzg’or asboblari yasashda foydalaniladi.
Bundan tashqari, yog’ochlik o’zagidan har xil bo’yoqlar, oshlovchi moddalar, yelim va mum singari moddalar olinadi. Yog’ochlik o’zagi va uning atrofida yil sayin yangi-yangi qatlamlarning hosil bo’lishi, o’simlik uchun muhim biologik ahamiyatga ega. Yog’ochlik o’zagi mustahkamlik beradi, uni tik tutib turadi, vaqt-vaqti bilan o’sib alma-shinib turadigan po’stloq esa poyaning eniga o’sishiga xalaqit bermaydi. Yangi po’stlokning hosil bo’lishi, eski po’stloq devorlariga yopishib olgan turli hasharotlar, har xil hayvon va o’simlik sporalaridan xoli bo’lishda muhim ahamiyatga ega. Ikkilamchi po’st. Ikkilamchi po’st kambiy faoliyati natijasida, uning sirt tomonida shakllanadi. Ikkilamchi po’stning hujayralari ko’pincha yog’ochlanmagan bo’ladi. Yog’ochlik singari ikkilamchi po’st xam asosiy mahkamlik va o’tkazuvchan to’qimalardan tarkib topgan.Bundan tashkari, ikkilamchi po’stda suv yo’llari ayirish organlari xam mavjud.
Аsosiy to’qima floema (lub), parenxima, kambiform va o’zak nurlaridan iborat. Floema parenximasi quyidagi usulda vujudga keladi: dastlab kambiy hujayralarining tangental to’siqlar xosil qilish yo’li bilan bo’linishi natijasida odatdagidek o’sish kuzatiladi. Keyin hosil bo’lgan o’sish hujayralarini eni bo’ylab to’siqlar hosil qilish yo’li bilan ko’payishi natijasida ikkilamchi parenxima vujudga keladi. Hosil bo’lgan to’qima rovak, hujayra devorlari sellyulozadan iborat. Bu to’qimaning hujayralari nafaqat kraxmal, yor, karbonsuv singari oziq moddalarga boy,balki unda turli-tuman murakkab moddalar, organik kislotalarning eritmalari xam saqlanadi. Floema parenximasida inson uchun muhim bo’lgan kauchuk, oshlovchi moddalar, alkoloidlar, glyukozidlar, efir moylari va boshqa murakkab organik moddalarning turli-tuman xillari uchraydi.
Kambiform kambiy faoliyati natijasida vujudga kelgan hujayralardir. Ular kambiyning o’suvchi hujayralarida uzunasiga to’siqlar hosil qilish yo’li bilan ko’payadi. Bular o’zi hosil bo’lgan kambiy xujayralari shaklini o’zgartirmagan xolda saqlagani sababli kambiform deyiladi. Ularning hujayra devori yo’g’ochlangan bo’lib, ikkilamchi floemada nisbatan kam uchraydi.
Floemaning o’zak nurlari kambiy sirtida joylashadi. Ular yo’g’ochlikni paydo qiladigan kambiy nurlari initsial hujayralarining tangental yo’nalishda bo’linishi natijasida vujudga keladi va poya radiusi bo’ylab joylashadi. Radial nurlarning floema qismi ksilemaga nisbatan keng bo’lib, hujayra devori yo’g’ochlanmagan. Аyrim xollarda poyaning yog’onlashuvi tufayli periferik qismi cho’ziladi, natijada o’zak nurlarining sirt tomoni ancha kengayadi. Elaksimon o’tkazuvchi naylar ikkilamchi floema bog’lamlarida joylashib, o’ziga xos tuzilishi bilan lubning qolgan elementlaridan ajralib turadi.
Sut naylari poya po’stining ikkilamchi elementlariga taalluqli. Ikkilamchi yo’llar juda ko’p sonli bo’lib, amaliy jihatdan muhim axamiyatga ega. Odatda, sut naylari nay bog’lamlarining floema qismida yiriladi. Аyrim xollarda ular poyaning po’st qismidan o’tib epidermisgacha yetib borishi mumkin.
Po’kak va po’stloq. Kambiy faoliyati natijasida poya eniga o’sa boradi. Elaksimon o’tkazuvchi naylar orqali murakkab organik moddalar harakati sodir bo’ladigan yumshoq qatlami poyani o’rab turadi. Poyaning yog’ochligi bilan lub qatlami orasida kambiy xalqasi joylashgan. Uning faoliyati natijasida oziqa moddalarni xarakatga keltiruvchi lub qatlami po’stloq bo’ladi. Shuning uchun ham o’simlik poyasining po’st qismi sidirib olinsa, u quriydi. Chunki o’simlik aʼzolari bargda fotosintez natijasida xosil bo’ladigan oziq moddalar bilantaʼminlaydigan organ — po’st nobud bo’ladi. O’simlik xayoti uchun xavfli bo’lgan bunday ishni ko’pincha kemiruvchi hayvonlar va echkilar bajaradi. Erta bahorda ko’p qavatli yupqa po’stli kambiy ksilemani shakllantirayotgan paytda ikkilamchi po’stning kambiy o’qi chegarasida yengil sidirib olish mumkin. Poyaning yo’g’onlasha borishi
Erta bahorda ko’p qavatli yupqa po’stli kambiy ksilemani shakllantirayotgan paytda ikkilamchi po’stning kambiy o’qi chegarasida yengil sidirib olish mumkin. Poyaning yo’g’onlasha borishi va po’stining maʼlum bosimi taʼsirida epidermis yirtiladi. O’rta iqlimli mintaqa sharoitida bu xodisani o’simlikning uzunasiga o’sishi to’xtagan organlarida bir yildan keyinoq kuzatish mumkin. Poyaning periferii qismidagi epidermisning yirtilishi natijasida tilim-tilim yoriqlar hosil buladi va ular ostida fellogen moddasi to’planadi. Natijada o’simlik po-yasining sirtida qalin po’stloq deb yuritiladigan o’lik qatlam vujudga keladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling