I kirish. II. Asosiy qism
Taqrizchi: Yaxshiboyeva. D.T
Download 0.91 Mb.
|
kurs ishi 3-A Rahimova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: dots. M.X.Yuldashov
Taqrizchi: Yaxshiboyeva. D.T
“Biologiyani o'qitish mеtodikasi” ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Rahimova Munisa Farxod qizining “O’simlik novdasi va poyaning anatomik tuzilishi” mavzusida bajargan kurs ishiga ilmiy rahbar XULOSASI Ma’limku poya va novda o’simlikning muhim vegatativ organi hisoblanadi. O’simlik hayotida poyaning ahamiyatini, u bajaradigan funksiyalar orqali ham bilishimiz mumkin. Poya o’simlik uchun tayanch vazifasini bajaradi.Xususan o’simliklarning tashqi organlarini bog’laydi, poyadagi o’tkazuvchi naylar orqali o’simlikning oziqlanishida transport vazifasini bajaradi.Ortiqcha ozuqa moddalar ham poyada to’planadi.Bundan tashqari poya o’simlikka tayanch-mustahkamlik berib uni tashqi muhitning har xil noqulay, ta’sirlardan va mexanik shikastlanishlardan himoya qiladi.Poyaning shoxlangan bargli yashil qismiga esa novda deb atalib u o’simlik uchun eng muhim bo’lgan jarayon-fotosintezda qatnashib organik moddalar hosil qiladi. Har bir o’simlik poyasining ichki tuzilishi ham o’ziga xos bo’lib, poya ichki tuzilishiga ko’ra birlamchi, ikkilamchi va yog’ochsimon poyalar farqlanadi. Shunday ekan poya va uning ichki tuzilishini bilish orqali qishloq xo’jaligida yangi hosildor navlarni yaratish muhim masalalardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib talaba M.F.Rahimova poya va novdaning anatomik tuzilishi bo’yicha bilimlardan, ilmiy ishlardan,fanning eng so’ngi kashiyotlari va internet ma’lumotlaridan foydalanib, mavzu bilan yaqindan tanishib,o’z bilimidan kelib chiqib poya va novdaning ichki tuzilishini yaxshi yoritib bergan. Kurs ishining maqsadi va vazifalari sifatida; novda va poyaning anatomik tuzilishini mukammal o’rganish orqali bu mavzu yuzasidagi bilimlarni to’plab, hamma uchun tushunarli bo’ladigan bitta tizim holiga keltirish maqsad qilib olingan bo’lsa, kurs ishining vazifalari qilib quyidagilar belgilangan; -Poya va novdaning anatomik tuzilishi haqidagi bilimlarni yanada rivojlantirish. -Poya va novdaning ichki tuzilishiga oid ma’lumotlarni turli adabiyodlardan to’plab chuqur o’rganish. -Poya va uning ichki tuzilishiga oid internet ma’lumotlari va multimedia ma’umotlarini to’plab o’rganib chiqish. -Poya va novdaning tuzlishishiga oid so’ngi ilmiy tadqiqotlar, olimlarning ishlari bilan tanishish. -To’plangan ma’lumotlarni chuqur o’rganib, tahlil qilib bitta qo’llanma holiga keltirish. M.F. Rahimova o’z kurs ishi mavzusini chuqur o’rgangan, shu sohadagi ilmiy ishlar, fanning so’ngi yutuqlari va internet ma’lumlari bilan tanishgan holda ushbu kurs ishini tayyorlagan. Kurs ishning hajmi __bеt kompyutеr matnida tayyorlangan bo'lib, kirish, mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi va vazifalari, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilova,matndan tashqari 1 ta jadval, 5 ta rasm foydalanilgan holda ifodalangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatining uzunligi, talabgorning ushbu yo'nalishda anchagina adabiyotlar bilan tanishib, o'z bilimini oshirganligidan dalolat bеradi.Kurs ishini y ishini bajarish jarayonida muallif ilmiy adabiyotlardan samarali foydalangan holda ishda to'plangan ma'lumotlarni chuqur tahlil qilib, o'zining xulosa va takliflarini bayon etgan. Yuqoridagilardan kеlib chiqib, Rahimova Munisa Farxod qizining “O’simlik novdasi va poyasining anatomik tuzilishi” mavzusida tayyorlagan kurs ishi, uni bajarishga qo'yilgan barcha talablarga javob bеradi – dеb, hisoblayman va himoya qilishga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar: dots. M.X.Yuldashov Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling