I kirish. II. Asosiy qism
Bir pallali o’simliklar poyasining ichki tuzilishi
Download 0.91 Mb.
|
kurs ishi 3-A Rahimova
2.4. Bir pallali o’simliklar poyasining ichki tuzilishi.
Bir urug’pallali o’simliklarda apekal meristema to’pgul hosil qilishga sarf bo’lib, poyaning o’sishi oraliq (intekalyar)meristemaga bog’liq. Poya meristemaning faoliyati natijasida birlamchi tuzilishga ega bo’ladi. Birlamchi tuzilishga ega poya epidermisi ostida birlamchi po’stloq va markaziy silindir joylashadi (3- rasmga qarang). Poyada to’qimalarning joylashishi turlicha bo’ladi. Birlamchi po’stloq tarkibiga: xlorenxima, mexanik to’qima, parenxima, ajratuvchi to’qima va boshqa to’qimalar kiradi. Xlorenxima fotosintezga qulay bo’lishi uchun epiderma tagida joylashib, kollenxima va sklerenxima bilan navbatlashib kelishi mumkin. Endodermaning ichki qismida markaziy silindr- o’q joylashgan. Poyaning markaziy silindiri murakkab tuzilishga ega. Markaziy silindrning sirtki qismi peritsikl deb ataladi. Birlamchi o’tkazuvchi to’qimalar o’tkazuvchi nay bog’lamlarini hosil qiladi. Birlamchi kselema o’zak yaqinida, birlamchi floema esa kselema bilan o’zak oralig’ida ichki floema hosil bo’ladi. Bir pallali o’simliklar poyasining xarakterli xususiyati, ularda kambiyning bo’lmasligi, o’tkazuvchi nay tolalari bog’lamlarining alohidaligi. ikkilamchi yo’g’onlashishning, birlamchi po’st bilan markaziy o’q, o’rtasida chegaraning yo’qligidadir. Bir pallali o’simliklarda prokombial bog’lamlar to’liq differentsiyalashgan. Shu sababli o’tkazuvchi bog’lamlar yopiq yoki kambiy bog’lami yo’q Shunga ko’ra, bir pallali o’simliklarning poyasi, o’tkazuvchi bog’lamlar to’liq shakllangunga qadar yo’g’onlashadi. Xurmo o’simligida o’tkazuvchi naylar shakllangandan keyin ham poya maʼlum vaqtga qadar eniga o’sadi. Lekin bu o’sish prokambiy hisobidan bo’lmasdan, balki shakllangan parenxima to’qimalarining o’sishi hisobiga boradi. Yopiq o’tkazuvchi bog’lamlar parenximada tartibsiz ravishda joylashgan. Аniqrog’i, ular ko’pincha bandning joylashuviga mos keladigan darajada spiral o’rnashgan. Bu xususiyat ayniqsa, piyozdoshlar, xurmolar va qisman qo’ng’irboshdoshlar uchun xarakterli hisoblanadi. Po’kak kambiysi ham bir pallali o’simliklarda hosil bo’lmaydi. Poyaning o’zak qismi ko’pchilik qo’ng’irboshdoshlarda o’simlikning hali voyaga yetmagan davridayoq parchalanadi va poya, uning bo’g’im qismi eʼtiborga olinmaganda, bo’sh holda bo’ladi. Makkajo’xorining o’zagi rovaklashib, ko’kish tusga kiradi. Bu xususiyatni bug’doyning ayrim novdalarida ham kuzatish mumkin. Mexanik to’qima epidermis ostida sklerenxima halqasini hosil kiladi. Bundan tashqari, mexanik to’qima o’tkazuvchi naylarni yarim doira shaklida yoki butunlay har tomonlama o’rab olib mustahkamlik beradi. Sklerenxima ko’prik shaklida bir bog’lamdan ikkinchi bog’lamga sochilgandek joylashadi va ularning radial joylashgan tolalari epidermagacha yetadi. Sklerenximaning periferik qismi poyaga har qanday tashqi taʼsirga (shamol, bo’ron) bardosh bera oladigan mahkamlik beradi va shu tufayli o’ simlik poyasi egiluvchan, bukiluvchan bo’ladi. Poyaning pastki qismidagi, o’tkazuvchi bog’lamlar soni yuqori qismidagiga nisbatan ko’p bo’ladi. Chunki har bir bog’lam maʼlum balandlikda joylashgan bargdan chiqib poya bo’ylab pastga yo’naladi. Bo’g’imlarda bargdan, bo’g’im oralig’ida, barg qo’ltig’ida joylashgan uyqudagi kurtaklardan o’tkazuvchi bog’lamlar birlashib qayta shakllanadi. Shu tufayli qo’ng’irboshdoshlarga mansub o’simliklarni poya bo’g’imlarida to’siqlar paydo bo’ladi. Bu to’siqlar ayniqsa, bo’g’im oralig’idagi bo’sh qismi bilan bo’g’imlarni o’zaro taqqoslaganda aniq ko’rinadi. Bir pallali o‘simliklarning poyasi birlamchi tuzilishda bo‘ladi. Poya tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Epidermis faqat 1 (qavat) qator hujayralardan iborat. Epidermisda ustitsalar bor. Ustitsalar bargdagiga qaraganda kamroq uchraydi. Epidermisdan xar xil tuklar bir hujayrali tuklar, ko‘p hujayrali tuklar, bezli tuklar va boshqalar o‘sib chiqadi. Poya ko‘ndalang qismida epidermisning ichkarisi (tagi) da birlamchi po‘stloqning tirik parenximalari joylashgan. Ba’zan epidermis tagida mexanik to‘qima-sklerenxima joylashadi Masalan: jo‘xori poyasida. Sklerenxima ma’lum joyda yoki doira bo‘yicha bir necha qator joylashgan bo‘ladi. Po‘stloqning tirik hujayralarida xlorofil donachalari bo‘lib, u yerda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Fotosintez protsessida organik moddalar tayyorlanadi. Po‘stloqning ichki qavatini endoderma deb ataladi. Ba’zan endoderma o‘rnida kraxmalga boy bo‘lgan hujayralar uchraydi. Poyaning markaziy silindr qismi tug‘diruvchi to‘qima Peretsikldan boshlanadi. Peretsikl poyada bir necha hujayralardan iborat. Peretsikl ichkarida, ya’ni poyaning markaziy qismida o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari asosiy to‘qimalarda tartibsiz tarqoq xolda joylashgan. Bir pallali o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bo‘lmaydi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. Ya’ni floema ksilemaning bir tomoniga o‘rnashgan. Poyaning markaziy qismidagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yirik va katta, chet tomondagilari esa, maydaroq bo‘ladi. Lekin o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari poyaning chetroq qismida ko‘proq bo‘ladi. Sababi shuki o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari bargdan poyaga o‘tib turadi. Bir pallali o‘simliklar poyasining markazida o‘zak bo‘lmaydi. (bug‘doy, poyasining ichi kovak bo‘ladi), (makkajo‘xori poyasining ichi esa g‘ovak bo‘ladi). Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling