I kirish. II. Asosiy qism


Poyaning anatomik tuzilishi


Download 0.91 Mb.
bet5/12
Sana29.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1138413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi 3-A Rahimova

Poyaning anatomik tuzilishi.

BIR PALLALI O’SIMLIKLAR ANATOMIYASI





IKKI PALLALI O’SIMLIKLAR ANATOMIYASI



YO’G’OCHSIMON O’SIMLIKLAR ANATOMIYASI




2.3. Poyaning birlamchi tuzilishi.
O’sish konusi meristemasining differentsiyasi tufayli birlamchi tuzilishdagi poyalar shakllanadi. Tashqi tomondan bunday poyalar og’izchalari barg og’izchalariga nisbatan kam bo’lgan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida bir necha qator parenxima hujayralaridan iborat boshlang’ich po’st joylashgan. Bu odatda yashil, bir qadar rovak, ustki assimlyatsion to’qimalar hisoblanadi. Po’stning ichki chuqur qatlamlarida xlorofill donachalar bo’lmaydi. Birlamchi po’stning sirt tomoni ko’pchilik o’simliklarda, halqa shaklida yoppasiga o’rab olingan kollenximaga aylanadi. Qobirg’a shaklidagi tashqi tomoni qobirg’a orasidan o’rin oladi. Kollenxima hujayralari burchaksimon va plastinkasimon joylashadi. Аgar kollenxima epiderma ostida yopiq halqa hosil qilgan bo’lsa, birlamchi po’stning parenxima qatlamlari uning ichida joylashgan bo’ladi. Аgar kollenxima har xil joyda tarqoq holda b’lsa, parenxima epidermaga yaqin joyda, uning orasida joylashadi. Kollenximaning poya sirt qismida joylashishi uni tashqi muhitning —shamol, bo’ron taʼsiridan, sinishdan, yiqilishdan, bukilishdan saqlaydi. Kollenximadan tashqari birlamchi po’stda, ko’pincha birlamchi po’stning ichqi qismida tolalar shaklida joylashgan sklerenxima ham taraqqiy etadi.
Poya birlamchi po’stining eng ichki qismi, ildizga o’xshab, kraxmal tashuvchi qin deb yuritiladigan endoderma qatlamidan iborat. Bu qatlam hujayralari o’zida ko’plab kraxmal donachalarini saqlaydi va uning hujayra devori ko’pincha yog’ochlanadi yoki po’kaklanadi. Mazkur qatlamda devori yo’g’onlashmagan o’tkazuvchi hujayralar ham bo’ladi. Kraxmal tashuvchi qinning ahamiyati aniqlangan emas. Аyrim botaniklar uni poyaning kraxmal donachalari harakatlanadigan va shu tufayli muvozanat saqlanadigan organi deb qaragandilar. Mazkur kraxmal o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, jamg’arma (zapas) modda sifatida ishlatilmaydi.
Endodermaning ichki qismida (uning ostida) markaziy silindr — o’q joylashgan. Markaziy silindrning sirtqi qismi peritsikl deb yuritiladi. Аgar u bir yoki ikki qavat hujayralardan iborat bo’lsa, unda peritsikl parenximatik hujayralardan tashkil topgan bo’lib, undan radial nurlar to’qimalari va qo’shimcha ildizlarning kurtaklari vujudga keladi. Аgar peritsikl ko’p qavatli bo’lsa, u prozenxima hujayralaridan tashkil topgan bo’lib, unda birlamchi lub tolalari shakllanadi. Maʼlumki, o’zak poyaning markaziy qismida joylashgan. Uning parenxima hujayralari bir qadar cho’ziq bo’lib, o’zakning markaziga borgan sari maydalasha boradi. Аyrim hollarda ular o’lik yoki havo bilan to’lgan bo’ladi. Bunday hollarda kungaboqar, jo’xori va boshqa o’simliklarning bosh o’zagi singari oqarib turadi. Аyrim xollarda o’zakning juda erta, hali o’simlik o’sayotganda nobud bo’lishi kuzatiladi. Bunda poyaning bo’g’im oraliqlarida o’zakning uzilishi va uni havo bilan to’lish xollari kuzatiladi. Bunday poyalarni kovokdoshlar, soyabonguldoshlarga mansub usimliklarda kuzatish mumkin.
O’zak birlamchi po’st va parenxima hujayralaridan iborat birlamchi o’zak nurlari bilan tutashgan bo’ladi. O’tkazuvchi boylamlar prokambiydan taraqqiy etadi. Prokambiy o’sish konusining ostida vujudga keladi. Korpus hujayralarining sekinlik bilan o’sishi natijasida poya o’qida ko’ndalang joylashgan prokambial bo’g’lamlar yoki yaxlit prokambiy xalqasini hosil kiladi. Prokambiydan o’tkazuvchi to’qimalarning boshlang’ich elementlari shakllanadi. Poyaning birlamchi tuzilishida (ildizdagi singari) ksilema protoksilema va metoksilemadan, floema esa protofloema va metofloemadan iborat bo’ladi.
Boshlang’ich o’tkazuvchi naylar spiral va halqasimon o’tkazuvchi boyalamlardan iborat. Ular bo’g’im oralig’i hali juda qisqa bo’lgan kurtakda shakllana boshlaydi va kurtakdagi novda vujudga kelib, o’sa borgan sari, bu o’tkazuvchi naylar yengillik bilan cho’zilib uzaya boradi. Ko’pchilik bir yillik o’simliklarning poya po’stida insonning xo’jalik faoliyati uchun muhim hisoblangan lub tolalari deb yuritiladigan sklerenxima tolalari vujudga keladi. Kendr, kanop, nasha o’simliklarining tolalari peritsikl hujayralaridan shakllangan, zig’irning tolalari esa protoksilema elementlaridan, yaʼni uning elaksimon nay boyalamlaridan vujudga keladigan bo’ladi. Bir pallali o’simliklarda prokambial boyalamlar to’liq yopiq kollateral o’tkazuvchi nay bog’lamlariga aylanadi Ikki pallali va ochiq urug’li o’simliklarning ko’pchiligida prokambiy, keyinchalik nay bog’lamlari ichida qo’shimcha floema va ksilema tolalarini hosil qilish qobiliyatiga ega bo’lagan hujayralarning chizimi saqlanadi. Bu chizim bog’lam kambiysi deb yuritilib, uning faoliyatidan ochiq naylar hosil buladi. Kambiy qatlamining sirt tomonida floema, ich tomonida ksilema hosil buladi. Floemaning oldin hosil bo’lgan yuqori qismlari bog’lamning chetida, ksilemaning bir qismi bog’lamning ich qismida, o’zakka yaqin joyda o’rnashadi. Bog’lamlar oralig’i o’zak nurlarini hosil qiladigan parenxima to’qimalari bilan to’la bo’ladi. Poyaning uchida umumiy embrional prokambiy tolalaridan markaziy o’qi taraqqiy etib, uni barg bilan bog’laydigan o’tkazuvchi bog’lam hosil bo’ladi. Bunday bog’lamlar barg ildizlari deb yuritiladi.
Ikkilamchi tuzilishli poyalarda hosil bo’ladigan novdalar, novda izlariga ega bo’ladi. Novda yoriqlari (yo’llari) odatda barg yoriqlariga nisbatan ancha katta va uzun bo’ladi. Yon novdalar uchun markaziy o’qda maxsus yo’ltirqish hosil bo’ladi. Barg ildizlari barg bandidan poyaga o’tib pastga yo’nalgan bo’ladi. Bitta barg bandidan bir necha barg izlari chiqishi mumkin. Poya po’stlog’i bo’ylab pastga tushgan sari bir yoki bir bog’im o’tishi bilanoq, bir-biri bilan birlashadi va markaziy o’q bilan birlashadigan o’tkazuvchi bog’lamlar hosil qiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling