I kirish. II. Asosiy qism


Download 0.91 Mb.
bet3/12
Sana29.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1138413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi 3-A Rahimova

II. Asosiy qism
2.1. Novda va novdalar tizimi.
NOVDA-yuksak o’simliklarning vegetativ organi bo’lib, poya, barg va kurtaklardan tashkil topgan. Novda ildiz kabi uchki meristemadan hosil bo’lgan birdan-bir organdir. Novdalarning asosiy vazifasi o’tkazuvchanlik, tayanch va oziq moddalar to’plashdir
Poyaning bargli qismi novda, barg o’rnashgan qismi bog’im deb yuritiladi.(1-rasmga qarang )Bir bog’im bilan ikkinchi bog’im orasidagi masofa bog’im oralig’i deb ataladi. Bog’im oralig’idagi masofaning katta kichikligiga qarab, uzun(monopodial) yoki qisqargan(simpodial) novdalar tafovut qilinadi.Barg bilan novda orasidagi burchak barg qo’ltig’i deyiladi.Har qanday o’simlikda asosiy novda boshlang’ich poyaning urug’ kurtagidan taraqqiy etadi.
Har bir novda kurtakdan taraqqiy etadi. Kurtaklar-murtak holidagi novda bo'lib, ular uzoq vaqt o'sish va rivojlanish natijasida novdalar tizimini hosil qiladi. Asosiy poya va uning yon novdalari o’zining uch qismidan o’sadi. Har bir novdaning uch qismida o’sish kurtagi joylashgan. Kurtakning uchki qismida novdaning uchki meristemasi joylashib, u apeks deyiladi. Undan novdaning barcha organlari va birlamchi to’qimalar rivojlanadi.
Urug’li o’simliklarda novdalar tizimi uchki, yon va qo’shimcha kurtaklar
hisobiga shakllanadi. Kurtaklardan shakllanadigan novdalar juda xilma-xil bo’ladi. Uzun va qisqa, vegetativ va generativ. Novdalar tik yoki yer bag’irlab yotiq hollarda, chirmashib va boshqa yo'nalishlarda o'sishi mumkin. Turli ko’rinishdagi novdalarning o'sishi tashqi muhitning ayrim ekologik omillaridan to'liq foydalanishi yoki himoyalanishi kabilar uchun xizmat qiladi.
Novdalar shoxlanishning 4 turi bor: ayrisimon, monopodiyal, simpodiyal, soxta dixotomik. (2-rasmga qarang)
1.Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’sish konusidagi uchki kurtaklarning faoliyati natijasida shakllanadi. Bunda kurtaklar bir meyorda bir –birlariga nisbatan qarama–qarshi yo’nalishda ayri shaklda o’sadi. Dixotomik shoxlanish qadimgi sodda shoxlanish turi. Uni moxlar, plaunlar, ko’pchilik paporotniklar va ba’zi bir ochiq urug’lilarda uchratiladi.
2.Monopodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanishda uchki kurtak doimo faol holatda bo’lib, o’simlikning yer ustaki qismi bo’yiga o’sishini davom ettiradi. Shuning uchun ham asosiy poya yon novdalarga nisbatan kuchli rivojlanadi. Monopodial shoxlanish natijasida daraxlarda simmetrik bir tekis yo’nalgan tik o’suvchi asosiy tana shakllanadi. Monopodial shoxlanish ko’pchilik ochiq urug’li o’simliklar (oddiy qarag’ay, sarvi, kedr, oqqarag’ay, qoraqarag’ay va boshkalar) uchun xosdir.
3. Simpodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida o’simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida kelib chiqqan. Uning asosida monopodial va dixotomik shoxlanishlar yotadi. Simpodial shoxlanish turi gulli o’simliklarda ham keng tarqalgan. Ularni daraxt va o’t o’simliklarda ham uchratish mumkin. Bunday shoxlanish turiga ega bo’lgan o’simliklar bo’yiga ko’p o’smaydi. Bunga sabab uchki kurtak funksional holatini yo’qotishidir. Natijasida yon novdalar kuchli o’sishi kuzatiladi. Shuning uchun ham simpodial shoxlanishida ko’p sondagi meva va urug’lar hosil bo’ladi.
4. Soxta dixatomik shoxlanish. Simpodial shoxlanishning alohida ko’rinishi sifatida soxta dixotomik shoxlanish turi uchratilib, u uchki kurtakning halok bo’lishi yoki umuman rivojlanmasligi natijasida o’sish uchki kurtakning bevosita ostida joylashgan ikki yon kurtaklar hisobiga sodir bo’ladi. Soxta dixotomik shoxlanish turida ham ayrisimon shakl kelib chiqadi. Uni nastarin, chinnigul, soxta kashtan va omela kabilarda uchratish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling