I kirish. II. Asosiy qism


Daraxtsimon o‘simlikIar poyasining ichki tuzilishi


Download 0.91 Mb.
bet9/12
Sana29.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1138413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi 3-A Rahimova

2.7. Daraxtsimon o‘simlikIar poyasining ichki tuzilishi.
Daraxtsimon o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi ham ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzi-lishiga o‘xshab ketadi.(5-rasmga qarang.)
Daraxtsimon o‘simliklar poyasida qoplovchi to‘qima peridermada tashqari quruq po‘stloq ham bo‘ladi. Quruq po‘stloq bir necha o‘lik peridermadan iborat. Qoplovchi to‘qima ostida kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, bu mexanik to‘qimaning ikkinchi turidir.Uning hujayralari parenxi-madan iborat bo‘lib, hujayra po‘sti o‘ta qalinlashgan bo‘lsa ham yog‘ochlanmaydi va hujayrasi tirikligicha qoladi. Kollenximadan so‘ng po‘stloq parenximasi va navbatlashib joylashgan qattiq va yumshoq lub joylashgan. Ikkilamchi floema bilan ikkilamchi ksilema o‘rtasida kambiy halqasi bo‘ladi. Ikkilamchi ksilemada о‘zak nurlari va poyaning markazida о‘zak joylashgan.
Kambiy halqasi floema tomonga qaraganda, ksilema tomonga ko‘proq hujayralar hosil qilib turadi. Yil bo‘yi kambiy hujayralar bir xil bo‘linmaydi. Erta bahorda oziqa moddasi ko‘p bo‘lgan vaqtda ksilema tomonga kambiy yirik hujayralar hosil qiladi, yozga borib esa kambiydan hosil bo‘lgan hujayralar o‘lchami kichrayib boradi va kuzga borib hujayralaming hosil bo‘lishi to‘xtatiladi. Ikkinchi yili bahorda kambiydan yirik hujayralar hosil bo‘ladi.Birinchi yil va ikkinchi yil bahorda va kuzda hosil bo‘lgan hujayralar o‘rtasida keskich chegara hosil bo‘ladi. Ana shu chegarani yillik halqa deb ataladi.(6-rasmga qarang).


XULOSA
Men o’z kurs ishimni yozish davomida novda va poyaning ichki tuzilishi haqidagi bilimlar, ilmiy ishlar internet ma’lumotlaridan foydalanib , ushbu mavzu bilan yaqindan tanishdim va quyidagi xulosalarga keldim;
1. Novda va poyaning anatomik tuzilishini bilish orqali o’simliklarning tashqi muhitga moslashishi ya’ni, o’simlik o’sib-rivojlanayotgan joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib turlicha anatomik tuzilishda shakllanishini, hujayralarning tuzilishi va taraqqiyoti, ularning to'qimalar va organlarining o’zaro munosabatlarini bilish oraqali yangi o’simlik navlarini va payvandlashning noan’anaviy usullarini yaratish mumkin.
2. Poya o’ta murakkab to’qimalar sestrmasidan rivojlanib, barcha organlarni bog’laydi. Poya va novda doimo o’sib, yangi organlar hosil qilib turadi.Shuning uchun ularni o’sishini “ochiq sistema” deb qaraladi.Bilamizki, bargli poyalar novda deb ataladi va novdalarda o’simlik uchun muhim bo’lgan jarayon fotosintez sodir bo’ladi.Poya va novdalarning shoxlanishini tog’ri yo’naltirish orqali fotosintezda ko’p organik moddalar hosil qilinishiga erishish mumki
3. Bilamizki poya o’simlik uchun tayanch bo’lib, juda ko’p vazifalarni bajaradi. Xususan, o’simliklarning tashqi organlarini bog’laydi, poyadagi o’tkazuvchi naylar orqali o’simlikning oziqlanish jarayonida moddalarning harakatlanishda suv va ozuqa moddalarni tashish vazifasini bajaradi. Ortiqcha ozuqa moddalar ham poyada to’planadi. Bundan tashqari poya o’simlikka tayanch-mustahkamlik berib uni tashqi muhitning har xil noqulay, ta’sirlardan va mexanik shikastlanishlardan himoya qiladi.
4. .Har bir o’simlik poyasining anatomik tuzilishida o’ziga xoslik bor.Poyalar ichki tuzilishiga ko’ra soda va murakkab bo’lar ekan.Tuban o’simliklarning poyasi soda tuzilishga ega bo’lsa, yuksak o’simliklarniki murakkab tuzilshga ega.Ayniqsa ikki urug’pallali o’simliklarning poyasi ancha murakkab tuziligan bo’lib, o’tkazuvchi sistemasi yaxshi taraqqiy etgani bilan boshqa o’simlik dunyosining vakillaridan ajralib turadi.
5. Bundan tashqari ochiq va yopiq urug’li o’simliklar poyasining ichki tuzilishida ham farqlar mavjud. Ochiq urug’li o’simliklar poyasida o’tkazuvchi naylar mavjud emas. Shuning uchun ularda bu vazifani traxeidlar bajaradi. Traxeidlar o’tkazuvchi naylar vaifasini bajarishdan tashqari o’simlikka mustahkamlik ham beradi.
6. Yopiq urug’li o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi bir va ikki urug’pallali o’simliklarda bir- biridan keskin farq qiladi. Bir urug’pallali o’imliklarda birlamchi lub va floema bo’lsa, aksincha ikki urug’pallali o’simliklarning poyasi ancha murakkab tuzilgan bo’lar ekan.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling