I. Kirish II. Bob- iqtisodiy isloxatlar 1 Iqtisodiy isloxatlarni yanada rivojlantirish
Download 168.4 Kb.
|
Isloxatlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida behzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistonning eng yirik gidroelektr stansiyalar 12-jadval.
5. Elktr energetika sanoati
Energetika O`zbekiston xalq xo`jaligining muhim tarmog`i bo`lib, Respublikada iqtisodiyot va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O`zbekiston energetika tizimi umumiy o`rnatilgan quvvati 11,5 mln. kVt bo`lgan 37 issiqlik va gidravlikv elektr stansiyalarda yiliga 55 mlrd. kVt soatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O`zbekiston energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km.ni tashkil qiladi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVA ga teng. O`zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish va undan xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida foydalanishning o`z tarixi bor. 1923 yil Toshkent shahri yaqinidagi Bo`zsuv kanalida GES qurilishi boshlandi, uning birinchi navbati 1926 yil 1 mayda ishga tushirildi. O`sha davrda Bo`zsuv GESi O`rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti edi. 1913 yilda O`zbekiston hududida umumiy quvvati 3 kVt. bo`lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ularning yillik quvvati 3,3 mln. kVt. ga teng bo`lgan. Ikkinchi jahon urushigacha Bo`zsuv daryosida va Bo`zsuv kanalida Qodiriya, Bo`rjar, Tovoqsoy va boshqa GESlar qurildi. 1948 yilda Farhod O`zbekiston Respublikasi aholi sonining o`zgarishi.GESi xalq hashari yo`li bilan qurildi. So`ngra Chirchiq-Bo`zsuv suv tarmoqlarida, Shahrixonsoy va Namangansoy daryolarida, Darg`om, Hazarbog`, Qumqo`rg`on kanallarida qator GESlar qurildi. Natijada respublikaning elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyoji 1955 yilga kelib GESlar hisobida 65 foizga qondirildi. le O`zbekistonning eng yirik gidroelektr stansiyalar 12-jadval.
Aslida mamlakatning elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyojini GESlarga tayanib qondirishning afzalliklari juda ko`p. Birinchidan, GESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish ekologik holatni toza saqlaydi, ikkinchidan, yoqilg`i resurslarini tejaydi. GESlar qurish natijasida vujudga kelgan suv omborlari esa yangi yerlarni sug`orishga imkon yaratadi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizning boy gidroenergetika resurslarini to`la o`rganish va uni ishlab chiqarishga keng jalb etish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday imkoniyatlar esa mamlakatimizning aksariyat viloyatlar daryolarida, magistral kanallarida mavjud. Keyinchalik O`zbekiston Resublikasida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borishi (va ayniqsa, elektr energiyani ko`p iste`mol qiluvchi sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi), shaharlar soni va geografiyasining kengayishi mamlakatning bir qator viloyatlarida GES va IESlar qurishni taqozo qildi. Ayniqsa, yirik-yirik yoqilg`i resurslariga ega bo`lgan konlarning topilishi va ishga tushirilishi mamlakat energetika sanoatining tez rivojlanishiga olib keldi. O`zbekiston energetika tizimida jami 27 ta GES lar bo`lib, ularda o`rnatilgan quvvati 1420 MVt ni tashkil etadi. GESlarda 6331,2 mln. kVt⁄s elektr energiyasi ishlab chiqariladi. O`zbekiston daryolari orasida Chirchiq daryosining gidroenergetik quvvati katta. Shu bois, unda GESlar kaskadi, 19 ta GES qurilgan. Ular orasida respublikamizda eng yirik-Chorvoq GESini ko`rsatish mumkin. Quvvati 620,5 ming kVt. bo`lgan Chorvoq GESini qurish uchun balandligi 160 metrlik to`g`on va katta suv ombori barpo qilindi. 1980 yillarning boshida Chirchiq daryosida Xo`jakent GESi (165 ming kVt.), keyinchalik Qoradaryoda Andijon GESi (110 ming kVt.), Amudaryoda Tuyamo`yin GESi (70 ming kVt.), To`polon suv omborida To`polon GESi (50 ming kVt.) qurildi va h. k. Issiqlik energetikasi. XX asrning 60-yillaridan mamlakat elektr energiyasi hosil qilishni ko`paytirish asosan tabiiy gaz asosida ishlaydigan yirik IESlar hisobiga amalga oshdi. Shu davrdan keyin-birin ketinlik bilan Toshkent (quvvati 1860 ming kVt.), Navoiy (1250 ming kVt.), Taxiatosh (730 ming kVt.), Sirdaryo (3,0 mln. kVt.), Angren (484 ming kVt.), Yangi Angren (1,8 mln. kVt.) IES lari qurib, ishga tushirildi.. Download 168.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling