I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Download 0.79 Mb.
bet28/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8- dekabr umumxalq bayrami — O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilinsin.
8- Dekabr dam olish kuni hisoblansin.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e'lon qilish to’g’risidagiqarordan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’Iim, 128 moddadan iborat. U „Mustaqillik Deklaratsiyasi'", „O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida" gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi.
O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo’lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik g’oyalari bilan sug’orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa o’zbe-kistonning mustaqilligini ta'minlay olmaydigan, respublikaning „suveren" ligi haqida quruq so’zlar yozilgan, huquqiy qoidalari qog’ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi.
Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning xo-hish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to’p-langan eng ilg’or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mus-taqil ishlab chiqildi
O’zbekiston Konstitutsiyasi-ningbirinchi tamoyili — davlat suverenitetidir.
Ikkinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir
Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishidir.
To’rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga so-diqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e'lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat
Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — Konstitutsiya va qonun-larning ustuvorligidir.
Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalqaro andazalar dara-jasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburi-yatlarining tengligi va daxlsizligidir
Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir
Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — O’zbekiston Respub-likasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo’yilganligidadir.
To’qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — mahalliy o’zini o’zi boshqarishdir. O’zbekistonda o’zbek davlatchiligi rivojining tari-xiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig’i bo’lgan hokim instituti joriy etildi
o’ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling