I kurs talabalari uchn tibbiyot kimyosi fanidan og’zaki savollar javobi
Download 78.42 Kb.
|
Kimyo oģzaki
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60. Xeloterapiya usuli
- 64.Reaksiyaning molekulyarligi.
- Ketma ket tutash paralel zanjir ryalar
- 67. Aktivlanish energiyasi
- 68.Kataliz va katalizator.
- 70.Promotr va ingibitorlar.
- 72.MIxaelis-Menten tenglamasi va uning mohiyati.
- 73.Elektro kimyo fani va uning vazifalari.
- 74.Elektr o’tkazuvchanlik,organizmdagi ahamiyati.
- 75. 1-turdagi elektrolitlar.Misollar.
- 78.Normal elektrod potensiali nima
- 79.Shisha elektrodi,tuzilishi, tabiatda ahamiyati.
- 80.Xlor kumush elektrodi.
- 83.Galvanik element tuzilishi.Yakobi-Daniel elementi.
- 84.Oksidlanish-qaytarilish potensiali.
57. xelatlar- mis bilan hosil qilingan kompleks birikmalar. Ikki, uch va ko‘pdentant!i ligandlar halqali xelat kompleks birikmalarni hosil qiladi. Bunday birikmalar metallxelatlar, jarayon
esa xelatlanish jarayoni deyiladi. Kompleks birikmalar tarkibida metall xelatlar bo'lishi kompleks birikmalarning barqarorligini oshiradi. Buni L.A.Chugayevning halqalar qoidasi quyidagicha ta ’riflaydi: metallxelat hosil qilishda ishtirok etadigan atomlar soni 5 yoki 6 ga teng b o ‘lganda eng katta barqarorlikka ega bo‘lgan komplekslar hosil b o ‘ladi. 58. Odam organizmida 3% atrofida metallar borligi ma’lum. Ana shu metallar inson hayot faoliyatini to‘la ta ’minlaydi. Ishqoriy va ishqoriy - yer metallari kaliy, natriy, kalsiy, magniy eritmada akva ionlar holatida uchraydi. Ular qon, limfa, to'qimalardagi suyqliklarda nerv impulslari harakatini ta ’minlaydi. Odam organizmida 100 mg atrofida siankobalamin (yog‘da eriydigan vitamin B12) uchraydi. Bu modda gemlarga o'xshash makrosiklik kompleks birikmadir (28-rasm). Bu birikmada makrosiklik ligand sifatida tetradentant azot tutgan ligand porfin turadi. B12 vitamini eritrositlarninig shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. B,2 yetishmasligi og‘ir kasallik - kamqonlikka olib keladi. Saraton kasalligidagi xavfli o ‘smalarning o'sishini platina(II) kompleks b irikm ala ri sek in la sh tirish i an iqlangan (sis- [Pt(NH3)2Cl2]). Iridiyning kompleks birikmalaridan (NH3)2[IrCl6] ham saraton kasalligida foyda beradi. Oltinning -tiospirtlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari esa sil va moxov kasalligini davolashda qoilaniladi. 60. Xeloterapiya usuli — organizm toksik metallar bilan zaharlanganda shu metallar bilan yanada barqaror kompleks birikma hosil qiluvchi ligandlar (antidotlar) yuborib, toksik metallarni organizmdan chiqarib yuborishga asoslangan. Bunda kompleksonlar yordamida metall-ligand balansi hosil qilinadi. organizmga Cd2+ ionlari tushib qolganda karboangidraza fermentlari bilan mustahkam kompleks hosil qilib, Zn2+ ionlarini bu ferment tarkibidan siqib chiqarib, fermentning o ‘z aktivligini yo‘qotishga olib keladi. Toksik elemenlartni organizmdan chiqarib yuborish uchun organizmga yanada barqarorroq kompleks (toksik element bilan) hosil qiluvchi ligandlar kiritiladi. Xelatoterapiyada qo‘llanadigan ligandlar antidotlar (zaharga qarshi moddalar) deb ataladi. Ular o ‘z tarkibida bir nechta funksional guruhlar tutadi, bu guruhlar toksik element ionlari bilan 5 yoki 6 a’zoli halqa — barqaror kompleks (xelatlar) hosil qiladi. 61.Kimyoviy kinetika fanining vazfasi.. Kimyoviy reaksiyalarning borish tezligini va tartibini o‘rganadigan soha kimyoviy kinetika deyiladi.Kimyoviy kinetika quyidagilarni o ‘rganadi: 1. Reaksiya tezligining modda tabiatiga, konsentratsiyasiga, temperaturaga va katalizatorlarga bog‘liqligi. 2. Reaksiya mexanizmini belgilash, ya’ni turli bosqichlarda hosil bo‘ladigan oraliq moddalar tabiatini aniqlash 62.Kimyoviy reaksiya tezligi.Tasir etuvchi omillar. Kimyoviy rea k siya la r tezligi deb m a ’lum vaqt birligi ichida reaksiyaga kirishayotgan birorta modda (yoki reaksiya mahsuloti) konsentratsiyasining o'zgarishiga aytiladi. Agar t{ vaqtda A moddaning konsentratsiyasi c, ga, t2 vaqtda esa c2 ga teng bo‘lsa, bu vaqtlar oralig‘idagi At == t { — t, konsentratsiyaning o ‘zgarishi Ac = c, — c2 bo‘ladi. Reaksiyaning o ‘rtacha tezligi quyidagicha aniqlanadi: Ba’zi reaksiyalar juda tez, sekund ulushida (portlash bilan), ba ’zilari esa ju da sekin (yillar mobaynida) sodir bo‘ladi. Kimyoviy reaksiya tezligiga quyidagi omillar ta ’sir etadi: 1. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiati. 2. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi. 3. Temperatura.4. Bosim (gazsimon moddalarda)5. Katalizator 63. Massalar ta’siri qonunini qo‘llaganda reaksiya tezligi konsentratsiyaning nechanchi darajasiga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi son reaksiyaning tartibini ko‘rsatadi. Reaksiyalar birinchi tartibli ( V = k C ) , ikkinchi ta rtib li (V = K C 2), uchinchi tartibli ( V — &C3), nolinchi va kasr tartibli bo‘lishi mumkin. Kasr tartibli reaksiyalar geterogen jarayonlarda kuzatiladi va bunday reaksiyalarda moddaning reaksion muhitga kiritilishi uning sarflanishidan yuqori bo‘lar ekan. Nolinchi tartibli reaksiyalarda ( V = k) reaksiya tezligi konsentratsiyaga bog‘liq emas. Monomolekularli reaksiyalar, odatda, birinchi tartiblidir: A->B \ A =>B + C J2 = j + J V=k(J2) Reaksiya tartibi ~ reaksiya tezligi tenglamasidagi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari darajalari yig‘indisiga teng. Masalan, SiO (q) + H2 (g) = Si (q) + H20 (s), v = k ■ c(H2) bu reaksiya 1-tartibli. H2 + J2 = 2HI v = k - c (H2) • c(l2), bu reaksiya esa 2- tartibli. 64.Reaksiyaning molekulyarligi. Kimyoviy reaksiyalar mexanizmini aniqlash uchun eksperemental yo‘l bilan reaksiya tartibini aniqlash zarur. Reaksiya tartibi ~ reaksiya tezligi tenglamasidagi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari darajalari yig‘indisiga teng. Masalan,SiO (q) + H2 (g) = Si (q) + H20 (s), bu reaksiya 1-tartibli. H2 + 12 = 2HI bu reaksiya esa 2- tartibli. Reaksiyaning molekularligi deb, kimyoviy ta ’sirlashishning eng oddiy k o ‘rinishida qatnashuvchi molekulalar soniga aytiladi. Reaksiyalar mono-, bi- va uch molekular bo‘lishi mumkin. 1 ta molekula o ‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar — monomolekular reaksiyalar deyiladi:Br2 = 2Br 2 ta molekulaning to ‘qnashuvidan hosil bo‘lgan elementar akt bimolekular reaksiyalar deyiladi:H2 + Cl2 = 2HC1 Uch m o leku la r reaksiyalarda elementar akt 3 ta molekula to ‘qnashuvidan sodir boiadi:2NO + 0 2 = 2N 0 2 Amalda uch molekulardan ortiq molekular reaksiyalar uchramaydi, chunki bir vaqtning o‘zida, bir nuqtada uchta va undan ortiq 65. Kimyoviy reaksiyalami oddiy va murakkab reaksiyalarga bo‘lish mumkin. Agar reaksiya faqat bir bosqichda borsa, oddiy reaksiya deyiladi. Parchalanish reaksiyalari oddiy reaksiyalarga misol bo‘ladi. Oddiy reaksiyalarda reaksiya tenglamasi haqiqatda ketayotgan reaksiya jarayoniga mos keladi. Ko‘pchilik reaksiyalar murakkab reaksiyalar bo‘lib, ular bir neeha bosqichda sodir bo‘ladi. Murakkab reaksiyalar parallel, ketma-ket, tutash, zanjir reaksiyalarga bo‘linadi. 66. Ketma ket tutash paralel zanjir ryalar Har biri faol zarrachaning hosil bo‘lishiga olib keladigan ketm a- ket takrorlanadigan reaksiyalar zanjirli reaksiyalar deyiladi. Ko‘pchilik fotokimyoviy reaksiyalar zanjirli reaksiyalar hisobla nadi; yonish va oksidlanish jarayonlari, kreking, polim erlanish reak- siyasi. Zanjirli reaksiyalarning zamonaviy nazariyasi 1.1.Semyonov tom onidan ishlab chiqilgan. Zanjirli reaksiya 3 bosqichga bo‘linadi: 1) zanjirning vujudga kelishi; 2) zanjirning rivojlanishi; 3) zanjirning uzilishi. 1. Cl2 - 2C1’ 2. Cl + H2 = HCl + H H + Cl2 = HC1 + Cl 3. H + Cl = HC! Cl + Cl = Cl2 H + H = H2 zanjirning hosil b o ‘lishi zanjirning o ‘sishi zanjirning uzilishi Erkin atomlar, shuningdek erkin radikallar zanjirli reaksiyalarda faol zarrachalar bo‘lishi m um kin. Parallelreaksiyalar deb, bir vaqtning oLzida bir nechta yo‘nalishda boradigan reaksiyalarga aytiladi. Masalan: K etm a -ket reaksiya deb, oraliq mahsulotlar hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalarga aytiladi. Masalan, rabino‘za (trisaxapid) gidrolizida avval dlisaxarid, so‘ng monosaxarid hosil bo‘lish reaksiyasi: c 18H,20 16 + h 2o = c 12H220 n + c6h 12o „ c 12h 22o 11+ h 2o = c 6h 12o6 + c6h I2o6 Agar bir reaksiyaning borishi ikkinchi reaksiyani keltirib chiqarsa, bunday reaksiyalar a ‘z.aro t a ’sirli reaksiyalar deyiladi. M asalan, HI to ‘g‘ridan-to‘g‘ri H2C r0 4 bilan reaksiyaga kirish- m aydi, lekin shu sistemaga ozgina FeO qo‘shilsa, reaksiya osongina am alga oshadi: 6FeO + 2H2CrO = 3F e,0 , + C r,0 , + 2 H ,02 4 2 3 2 3 2 6HI + 2H 2C r0 4 = 3I2 + Cr20 3 + 5H 20
Katalizatorlar ishtirokida boradigan reaksiyalar katalitik reaksiyalar deyiladi. Katalizator ta ’sirida reaksiya tezligining o ‘zgarish hodisasi
jihatdan o ‘zgarmay qoladi va uning miqdori doimiyligicha saqlanadi. Gomogen va geterogen kataliz mavjud. Gomogen k a ta lizd a katalizator va reaksiyaga kirishuvchi moddalar bir xil agrégat holatda (fazada) bo‘ladi: 2 S 0 3 (g) + 0 2 ( g ) -=>2 S 0 3 (g) (katalizator NO ) Gomogen katalizda katalizator massasining hammasi ishtirok etadi, shuning uchun kimyoviy reaksiya tezligi uning konsentratsiyasiga to ‘g‘ri proporsional. Geterogen yoki kontakt katalizda katalizator odatda qattiq modda bo‘lib, reaksion aralashma esa suyuq yoki gazsimon holatda boMadi: 4NH3 (g) + 5 0 2 ( g ) => 4 N O (g) + 6H20 (s)(katalizator vanadiy bew oksid) Geterogen katalizda katalizatorning t a ‘sir etish mexanizmini adsorbsiya hodisasi asosida tushuntiriladi. 69.Gomogen katalizni ta’sir mexanizmi - gomogen kataliz nazariyasining asosiy mazmuni katalizator bilan maxsulotlarning o’zaro tasirlashib oraliq faol kompleks xosil qilishni tashkil etadi masalan oltingugurt 4 oksidnining oksidlaniw jarayonini olsak. Bunda NO kataliztorligi iwtirokida boradi. NO oksidlaniwi SO2 nisbatan oson o’lib u datslab osidlanib oraliq faol moddani hosil qiladi , ya’ni NO+O2=>NO2 Keyinchalik azot (IV) oksid SO2ni oksidlab SO3 hosl qiladi 6zi esa yana NO ga aylanadi. Dastlabki NO ning moli oxirida hosil bo’lgan NO moli teng bo’ladi. NO2+SO2=>SO3+NO 70.Promotr va ingibitorlar. Ferment aktivligini oshiradigan moddalar aktivatorlar deyiladi, susaytiradigan moddalar esa ingibitorlar deyiladi. Katalizator ishtirokida kimyoviy reaksiya tezligining ortishi musbat kataliz deyiladi.Katalizaator faoliyatini kuchaytiruvchi modda promotr deyiladi 71.Fermentativ kataliz xaqida tushuncha- fermentlar tarkibi faqat oqsil yoki nooqsil qismlaridan iborat bo’lishi mumkin masalan alkogolgegidrogenaza fermanti o’z tarkibida oqsil bilan o’zaro farqli ravishda birikkan 2 ta rux ionini saqlaydi shulardan faqat bittasigina faol markaz vazifasini bajara oladi xolos Fermentlar biologik katalizatorlar bo‘lib, organizmda modda almashinuvida sodir bo‘ladigan turli reaksiyalarni boshqarib turadi. Fermentlar reaksiyaning borish sharoitiga, ya’ni harorat, bosim, eritma muhiti (pH)ning ta’siriga juda sezgirdir. Kishi organizmida fermentlar ishtirokida 10000 dan ortiq turli biokimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladi 72.MIxaelis-Menten tenglamasi va uning mohiyati. E + S *=s ES » E + P, bu yerda: E — ferment (enzim); S — substrat (reagent); ES — oraliq kompleks, P — mahsulot. 4 Bu tenglama ilk bor 1913-yilda Mixaelis va Mentenlar tomonidan taklif etilgan bo‘lib, Mixaelis-Mentenning ferment ta’siri mexanizmining tenglamasi deyiladi. 73.Elektro kimyo fani va uning vazifalari. Elektrokimyo — fizik kimyoning bir bo‘limi bo‘lib, turli sistemalardagi kimyoviy jarayonlar energiyasining elektr energiyasiga va aksincha, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishini o‘rganadigan fandir. Birinchi hodisa galvanik elementlarda, ikkinchi hodisa esa elektroliz vaqtida yuz beradi. Biokimyoviy jarayonlar borishi natijasida hosil bo‘lgan yoki sarf bo‘lgan energiyaning miqdorini aniqlash tibbiyotda diagnostika maqsadida keng qo‘llaniladi. 74.Elektr o’tkazuvchanlik,organizmdagi ahamiyati. Solishtirma qarshilikka teskari bo‘lgan qiymat 1/p solishtirma elektr o'tkazuvchanlik deyiladi va yunoncha kappa — % harfi bilan belgilanadi.Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik 1 sm3 eritmaning elektr o ‘tkazuvchanligi bo‘lib, birligi Om • sm-1 orqa miya suyuqligi, qon zardobi, limfa, o‘t suyuqligining elektr o ‘tkazuvchanligi katta. Muskul, bosh miyaning kulrang moddasining elektr o ‘tkazuvchanligi nisbatan katta, o‘pka, yurak, jigarning elektr o ‘tkazuvchanligi ancha kichik. Yog‘, suyak, asab to‘qimalari, ayniqsa teri (shox qavati) elektr to‘kini yomon o‘tkazadi. Quruq epidermisning elektr o‘tkazuvchanligi eng kichik. Hujayralar o ‘rtasida boladigan suyuqlik hujayra suyuqliklariga qaraganda to ‘kni yahshiroq o‘tkazadi, chunki hujayra membranalari atrofida bir xil zaryad belgisiga ega bo‘Igan ionlarning yig‘ilishi hisobiga qutblanish hosil bo‘ladi, oqibatda to‘qimalardan o‘tayotgan o‘zgarmas tok kuchi kamayadi. To‘qimalardan (hujayralardan) yuqori chastotali o‘zgaruvchan tok oson o‘tadi, chunki tok yo‘nalishining qisqa vaqt ichida tez-tez o‘zgarib turishi qutblanish hosil bolishiga to‘sqinlik qiladi 75. 1-turdagi elektrolitlar.Misollar. 1-tur elektrolitlari o’zining tuzi eritmasiga tushirilgan metaldan iborat bo’ladi.Ular eritma bilan qaytar tabiatga ega,faqat kation almashinuvi jarayoni orqali tasirlashadi.Misol;Cu/Cu 2+: Ag/ Ag+. 76. 2-turdagi elektrolitlar. Bu tur elektrolitlarda metal o’zining qiyin eriydigan tuzi bilan qoplangan bo’ladi va elektrod shu tuz tarkibiga kirgan ion saqlagan va suvda yaxshi eriydigan modda eritmasiga solingan bo’ladi. BUnday elektrodlarga KCl eritmasiga tushirilgan AgCl bilan qoplangan Ag elektrodini misol qilish mumkin. 77.Nernst tenglamasi. Nernst tenglamasining 3 ta ta’rifi: 1. potensial qiymati haroratga bogiiq; 2. potensial qiymati metall ionlarining faol konsentratsiyasiga bog'liq; 3. elektrod potensiallar qiymatini hisoblashda qo'llanadi. Metalning elektrot potensiali E metalning xossalariga, eritmadagi metal ionining konsentratsiyasiga va temperaturaga bog’liq. E=Eot RT/nF lna n+ R-gaz doimiysi 8,31. T-absolyut trmperatura. F-faradey 96500. E-normal elektrod potensiali. 78.Normal elektrod potensiali nima? Metall o ‘z tuzi eritmasiga tushirilganda, vujudga keladigan potensial elektrod potensiali (E) deyiladi. Agar eritmadagi metall ionlarining faolligi 1 mol/ l ga teng bo‘lsa, bu holda potensial normal eletrod potensiali ( £°) deyiladi 79.Shisha elektrodi,tuzilishi, tabiatda ahamiyati. Eleektrodlar potensial qiymatiga ko’ra 3 ga bo’linadi.1.Solishtirish.2. Aniqlash,3.Ion selektiv. Tashqi muhit komponentlari tasirida o’z potensial qiymatini o’zgartira oladigan elektrodlarga aniqlash elektrodlari deyiladi.Bular 2 ga bo’linadi.Shisha va xingidrin elektrodlari. Shisha elektrod-uchi sharsimon tuzilishli,diametri 0,01mm, yupqa shisha naycha bo’lib unga 1 mol/l konsentratsiyali HCl solingan.Bu eritmaga sirti AgCl bilan qoplangan Ag elektrodi tushuriladi.Shisha elektrod bilan pH ning kata oralig’ida (pH=2-12) foydalanish mumkin. 80.Xlor kumush elektrodi. Kumush xlorli elektrod. Bu elektrod KC1 ning to‘yingan eritmasiga tushirilgan AgCl tuzi bilan qoplangan kumush sim yoki plastinkadan iborat. Bu elektrodning elektrokimyoviy sxemasi quyidagicha yoziladi: Ag | AgCl | KC1. Kumush xlorli elektrodning potensiali xlor ionining faolligiga bog‘liq. Xlor ionining faolligi aCl . = 1 bo‘lganda va 25 °C temperaturada kumush xlorli elektrod potensiali +222 mV ga teng. 81. Vodorod elektrod. Vodorod elektrod qaytar tabiatli birinchi tur elektrodlarga mansub bo‘lib, u faqat eritmadagi bitta ionga — vodorod ioniga nisbatan qaytardir. Bu elektrod eng oddiy holda bir tomoni yopiq bo‘lgan idishga platina bilan qoplangan platina plastinkadan iborat boiib, u vodorod ionlari faolligi 1 ga teng bo‘lgan konsentratsiyasi 1 m o l// sulfat kislota eritmasiga tushirilgan. Bu eritmadan 1 atm (101,325 kPa) bosim ostida o‘ta toza vodorod o‘tkazilganda gaz yuqoriga ko‘tariladi va platinada adsorbsiyaVodorod elektrodi juda aniq va sezgirligi juda yuqori bo‘lgani sababli, va uni tayyorlash va ishlatish texnik qiyinchiliklarga olib kelgani bois ko‘p hollarda boshqa elektrodlardan foydalaniladi. 82.Kalomel elektrod. Kalomel elektrodi. Bu elektrod idish tagida joylashgan bir necha tomchi simob va maydalangan Hg2Cl2 (kalomel)ning ustida KC1 ning to‘yingan eritmasi quyilgan sistemadan iborat. Kalomel elektrodning elektrokimyoviy sxemasi quyidagicha yoziladi: Hg | Hg2Cl2 | KC1. Bu elektrodning potensial qiymati ham xlor ionlarining faolligiga (KC1 eritmasining konsentratsiyasiga) bog‘liq bo'lib, +246 mV ga teng. 83.Galvanik element tuzilishi.Yakobi-Daniel elementi. Galvanik element deb kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradigan va 2 ta o‘z tuzi eritmasiga tushirilgan va bir-biriga ulangan elektrodlardan tuzilgan sistemaga aytiladi. Galvanik elementlar: 1) elektrod potensiali belgisi va tabiati bilan farqlanadigan elektrodlardan, masalan: Zn/Zn2+ (—0,762 V) va Cu/Cu2+ (+0,34 V) metallardan tuzilgan; 2) bir xil potensial belgisi, ammo turli metallardan iborat elektrodlardan, masalan Cu/Cu2+ (+0,34 V) va Au/Au+ (+0,70 V) tashkil topgan; 3) turli konsentratsiyali tuz eritmasiga tushirilgan bir xil metall elektrodlardan iborat bo'ladi (konsentratsion element deyiladi). 2 metalli galvanik elementlarga Yakobi—Daniel elementini misol qilib keltirish mumkin. Bu element mis va rux elektrodlarining ulaming sulfat tuzlari eritmalariga tushirilgan sistemadan iborat. Mis elektrod Cu2+ ioni bor eritmaga (CuS04 eritmasiga), rux elektrod Zn2+ ioni bor eritmaga (ZnS04 eritmasiga) tushirilgan . Elektrodlar o‘zaro sim bilan, eritmalar KC1 ning agar agarli ko‘prikchasi bilan ulangan. Bu element zanjiri quyidagicha yoziladi: Cu / CuS04 / KCl / ZnS04 / Zn 84.Oksidlanish-qaytarilish potensiali. Ikkala holda ham elektrodlar bevosita kimyoviy jarayonda ishtirok etmaydi,ular faqat elektron o‘tkazgich vazifasini bajaradi. Bu jarayonda elektrodlarda potensiallar ayirmasi yuzaga keladi va bu potensial redoks potensial deyiladi. E=Eo+RT/nF ln. Bir xil ionlarning oksidlangan va qaytarilgan shakllarini saqlagan sistemalar oksidlanish-qaytarilish yoki redoks sistemalar deyiladi. Bularga Fe3+ va Fe2+, Cu2+ va Cu+, Co3+ va Co2+ ion juftlaridan iborat sistemalar kiradi. Download 78.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling