I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 400.25 Kb.
bet16/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savollar.
1. O‘zbekistonningiqtisodiymustaqilliginita’minlashgaqaratilganstrategiyasidegandanimanitushunasiz?

2. O‘zbekistondabozormunosabatlarigao‘tishdadastlabqandaymuammolargaduchkeldi ?




6 - mavzu. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Reja:
  1. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi.


  2. O’zbekistonda kuppartiyaviylik tizimining shakllanishi, uning ahamiyati va siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.


  3. O’zbekistonda nodavlat, notijorat tashkilotlar va o’z-o’zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni.


  4. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasining mohiyati.


“KPSS”deb atalmish aslida esa ulkan bir hududni o‘z qo‘lida ushlab turgan partiya-davlat mashinasining so‘nggi s’ezdida (1990 yil, iyul) ham Prezidentning masalaga jiddiy e’tibor berganligi O‘zbekistonning mustaqillik e’lon qilganligi shunchaki bir his-hayajonni to‘kib solish emas, balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanligining yorqin isboti ekanligini magistrlar yaxshi anglab olishlari zarur.


SHu nuqtai nazardan, 1991 yilning 31 avgust kunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi unga qadar amalga oshirilgan o‘ziga xos siyosiy tayyorgarlik, umumxalq safarbarligining qonuniy natijasi va keng miqyosli demokratik o‘zgarishlar uchun sharoit yaratgan buyuk tarixiy voqea deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Aynan shundan e’tiboran, O‘zbekistonning mustaqilligi xududimizdagi barcha tarkibiy qismlarida, ya’ni davlat hokimiyatining quyidan yuqorigacha barcha bo‘g‘inlari, er osti va usti resurslari, davlat boshqaruvi muassasalarining barcha tarmoqlari, millatning moddiy va intelektual salohiyati hamda tashqi aloqalarning barcha yo‘nalishlarida tanho hokimligi e’lon qilinganligi amalda to‘la milliy mustaqillikni bildirar edi. Endilikda O‘zbekistonga nisbatan dunyodagi barcha davlatlar to‘laqonli mustaqil sub’ekti sifatida va tub manfaatlarning birdan-bir rasmiy ifodachisi ekanligini tan olgan, o‘zaro samarali munosabatlar o‘rnatishga munosib, xalqaro siyosatning mustaqil, daxlsiz sub’ekti sifatida munosabat bildirishlari uchun zarur huquqiy-siyosiy asos yaratildi. Mustaqil davlatimiz g‘oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini yaratish hamda uning shakllanishida – sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy Sovetining birinchi sessiyasi) qabul qilinishi O‘zbekistonda prezidentlik institutini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarori bo‘lgan edi. Ma’lumki, o‘sha sessiyada I.A.Karimov O‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylangan edi. Mamlakatimizda prezidentlik institutining ta’sis etilishi nafaqat davlatchiligimiz milliy g‘oyasini, balki xalqimizning bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurashda o‘ziga xos yo‘nalishning boshlanishi ham edi.
Prezidentlik institutining tashkil etilishi uzoq yillar mobaynida respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolarni hal etishning birdan-bir to‘g‘ri echimi edi.
Davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishi jarayonlarining muhim bosqichi bo‘lgan prezidentlik institutining ta’sis etilishi haqida batafsil fikr yuritishimizning asosiy sababi – prezidentlik hokimiyatining manbai xalq ekanligi to‘g‘risidagi tarixiy tajribaning O‘zbekistonga mos va zarurligi hamda davlat boshqaruvidagi eng samarali shakli ekanligining o‘z isbotini topayotganligi bilan belgilanadi. SHu o‘rinda “Prezidentlik Respublikasining parlamentar respublikadan asosiy farqi nimadan iborat?” degan tabiiy savol tug‘iladi.
Birinchidan, Prezident xalq tomonidan muqobillik asosida saylanib, davlat boshlig‘i hisoblanadi. Hukumat prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi. Parlamentar respublikada esa, parlament, ya’ni oliy vakillik qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o‘ziga itoat ettiradi.
Ikkinchidan, prezidentlik hokimiyati siyosati demokratiyaning muhim umumjahon miqyosida e’tirof etilgan xalqning xohish-irodasini amalga oshirishning kafolatidir. Prezidentlik boshqaruvi hokimiyati insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishni Konstitutsiyaviy qonunlar bilan kafolatlaydi.
Uchinchidan, prezidentlik boshqaruvi barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonunchilik hamda Konstitutsiyaviy tuzum barpo etishning asosi bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini mamlakat oliy maqsadlari yo‘lida muvofiqlashtiradi1.
To‘rtinchidan, prezidentlik boshqaruvining asosiy tamoyili o‘zi boshqarayotgan davlatning dunyo davlatlari orasida teng huquqliligini, milliy manfaatlar ustuvorligi, respublika suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolatlangan Konstitutsion normalari va qonunlarining to‘g‘ri va qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi.
Davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishini Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasi (1990 yil 20 iyun)da qabul qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi” siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Negaki, aynan ushbu Deklaratsiyasining birinchi moddasida: “O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligi O‘zbekiston SSR demokratik davlatning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir” deb belgilab qo‘yilishi davlatchiligimiz g‘oyalarining huquqiy asoslarini tashkil etgan edi.
Hokimiyat organlariga nisbatan xalqning suvereniteti, ya’ni xalq ixtiyoriga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi milliy an’analar, ko‘nikmalar hamda o‘zaro individlar darajasida barchaga mos keladigan batamom yangi demokratik institutlarni barpo etish bilan bog‘liq ulkan jarayonni kuchaytirdi. SHunday ekan, milliy mustaqillikning e’lon qilinishiga millatni, qolaversa, uning genofondini butkul barbod bo‘lishdan asrab qolish maqsadi yo‘lidagi oliy siyosiy rahbariyatning ulkan reformatorlik ishi kontekstida qarash lozim.
Demokratik davlatchilikka asos solish vazifasi nuqtai nazaridan Prezidentimizning 1999 yilning 13 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi CHegara qo‘shinlari davlat qo‘mitasini tashkil etishga oid farmoni katta ahamiyat kasb etadi.
Farmonga binoan chegara qo‘shinlari Mudofaa vazirligi tasarrufidan chiqarilib, alohida, mustaqil qo‘mondonlikka birlashdi va uning bajarilishi uchun zarur bo‘lgan tegishli mablag‘ ajratish va tegishli masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga muhim siyosiy majburiyat yuklatildi. Zotan “hudud”, “chegara” va “milliy xavfsizlik” singari mustaqillikkacha biron-bir ma’no kasb etmagan abstrakt-geografik tushunchalar endilikda millati, dini va boshqa xususiyatlaridan qatiy nazar, barcha O‘zbekistonlikliklar uchun muqaddas qadriyatlar darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikni asrash esa, tom ma’noda umummilliy, umumxalq vazifasi darajasiga ko‘tarilgan edi. Bu juda katta sabr-bardosh, siyosiy madaniyat va siyosiy iroda talab etadigan ijtimoiy zaruratdir. Prezident I.A.Karimov aholining siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emasligini, hamon sust ekanligini qayta-qayta aytishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eski andozalardan to‘liq qutula olmaganlik, muhim siyosiy qarorlar hozircha yuqoridan qabul qilinishi, ayrimlarning o‘ylanmay qabul qilingan qarorlar qurboniga aylanish holatlari, ma’muriy buyruqbozlik, mustabid tuzum illatlaridan voz kechish qiyin kechayotganligi va boshqa ko‘plab demokratiyadan ancha yiroq qusurlar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy davlatchiligimizning asosidir. Davlatning konstitutsiyaviy tizim asoslari amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida beligilangan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - Asosiy qonuni 1992 yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risidagi” Konstitutsiyaviy qonuni (1991y 31-avgust) Konstitutsiyaning qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O‘zbekistonning birinchi Konsititutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor 1990 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1-sessiyasida ilgari surilgan. 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengash 2- sessiyasining qarori bilan Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan. Konstitutsiya loyihasi 2 yil davomida ishlangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha 1992 yil 26 sentyabrda matbuotda e’lon qilinib, muhokama etilgan. Ikki yarim oy davomida 5 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumhalq muhokamasi yakunlarini ko‘rib, loyihani tuzatib va ma’qullab Oliy Kengash sessiyasida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan. Loyiha Oliy kengash sessiyasida ham moddama – modda muhokama etilgandan so‘ng qabul qilingan.
2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga, jami 32 moddaga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘zining tuzilishi, yo‘nalishi, mazmuni jihatdan O‘zbekiston hududida shu vaqtga qadar amal qilib kelgan Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. U boshidan oxirigacha mustaqillik g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Xalq hokimiyati g‘oyasi butun Konsititutsiyaga singdirilganligi O‘zbekiston Respublikasi asosiy qonunining chinakam xalqchilligi, demokratik tabiatidan dalolat beradi. Konstitutsiyada demokratiyaning xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir degan asosiy qoidasi o‘z ifodasini topgan. Xalq hukumatga xizmat qilish uchun emas, aksincha, hukumat xalqqa xizmat qilish uchun mavjuddir. Prezident va hukumat demokratiyaning ana shu asosiy aqidasiga sodiq qolmoqdalar.
So‘z erkinligi, o‘z fikrlarini bayon etish har –bir insonning xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi, matbuot erkinligi, yig‘ilishlar o‘tkazish va birlashmalarga uyushish erkinligi, qonunda hammaning bab-barobar himoya topish huquqi, qonunlarga rioya etish adolatli sudlovni amalga oshirish xuquqlari, demokratiyaning eng muhim tartib qoidalari bo‘lgan bu masalalar Konsititutsiyada aniq ravshan mustahkamlab qo‘yilgan (bu masalalar 29,31,33,48,67 moddalarda o‘z ifodasini topgan). Hokimiyat fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga, tartib-intizomni saqlashga va xalq manfatlarini ko‘zlab jinoiy hatti - harakatlarga chek qo‘yishga da’vat etilgan.
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganidek, faqat xalq saylagan parlament va Prezident xalq nomidan ish olib borishi mumkin. 10- moddada ko‘rsatilganidek jamiyatning hech bir bo‘lagi, hech qaysi siyosiy partiya, jamoatchilik birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida bir shaxs xalq nomidan ish ko‘rishi mumkin emas. Konsititutsiya xalqning qonuniy vakillari bo‘lgan parlament bilan Prezident vakolatlarini aniq chegaralab beradi.
Jamiyatning barqaror hayot kechirishi uchun bu juda muhimdir. Birorta shaxs, hatto parlament deputati, hech bir guruh, jumladan, muxolifat xalq nomidan so‘zlashi va ish ko‘rishi, o‘z zimmasiga xalqning vakolatli vakili vazifasini olishi yoki hokimiyat tuzilmalarining vakolatlarini o‘zlashtirishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hokimiyat bilan muxolifat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar asosida kelib chiqishi ehtimoli bo‘lgan barcha masalalarni birinchi marta joy-joyiga qo‘yib berdi.
Konstitutsiyaning7-moddasida shunday deyiladi:” Halq davlat xokimiyatining birdan bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat xokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat xokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatining yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi”.
Konstitutsiyaviy tuzum – insoniyat ijtimoiy turmushining buyuk g‘alabasi, umum e’tirof etgan hayot shakli hisoblanadi. Uni zaiflashtirishga, uning barqarorligiga putur etkazishga, konstitutsiyaviy tuzilmalar obro‘sini to‘kishga qaratilgan har qanday urinish huquqiy davlat ruhi va mohiyatiga zid keladi. Konstitutsiya mavjud tuzumga qarshi qaratilgan harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi (29-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy tuzum tushunchasining o‘zini ham boyitadi. U konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni, ya’ni Konstitutsiyani o‘zgartirish uchun kuch ishlatishni maqsad qilib qo‘ygan siyosiy partiyalar, shuningdek, boshqa ijtimoiy birlashmalar tashkil etilishini va ular faoliyatini ta’qiqlaydi. Fuqarolar Konstitutsiyaga rioya etishga, binobarin unga asoslangan tuzimga itoat qilishga majburdirlar (48-, 57-moddalar).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ilk bor qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini aniq ajratib qo‘ydi. Bu kelajakda butun davlat hokimiyatining bitta organ va bir shaxs qo‘lida mujassam bo‘lishining oldini oladi.
Konstitutsiyaning muhim xususiyati uning ijtimoiy maqsadni ko‘zlagan bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Mulkchilikning barcha shakllari jumladan, xususiy mulk teng huqquqqa ega va bir xil huquqiy himoyadan foydalanadi.
2.O‘zbekistonda davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari, bugungi kundagi muammolari to‘g‘risida kengroq tushunchalarga ega bo‘lishlari uchun qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlari magistrlari mamlakatimizda mustaqillik yillarida agrar sohada amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarning huquqiy asoslarini belgilab beradigan qonunlar va qarorlarini, Prezident I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2010 yil 12 noyabr) “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi ma’ruzasini o‘qishlari zarur.
Milliy siyosiy madaniyat va siyosiy ong darajasi jamiyat hayotida inson ishtirokining qandayligini belgilaydi. U yuksak bo‘lgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq ishtirok etishadi. Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi qanday nazorat qilinayotganligini kuzatib borishadi, munosabat bildirishadi. O‘z hayoti va tub manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan tadbirlarga befarq qarashmasdan, aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok etishadi, qarorlar ijrosi uchun o‘z ma’suliyatini his qiladi.
O‘zbekiston davlati o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kundan e’tiboran inson huquqlari uning erkinliklari masalasiga asosiy e’tibor berib kelmoqda. Buni biz mustaqillikning qisqa bir davri mobaynida inson huquqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi milliy institutlar, ya’ni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman), inson huquqlari Milliy markazi tashkil topganligida ko‘rishimiz mumkin.
Inson huquqlari va erkinliklari Konstitutsiya asosida qabul qilingan bir qator joriy qonunlarda ham aks etgan. Bularga misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Referendum to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni ko‘rsatish mumkin. Ushbu masala “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida” (2010 yil 12 noyabr) yanada rivojlantirildi.
Prezident I.A.Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu mexanizm eng avvalo, jamiyatni erkinlashtirish uchun ahamiyatli tadbir sifatida munosabat qilishni taqozo etadi. Odamlar o‘z manfaatlari va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini himoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglashi zarur bo‘ladi.
Prezident I.A.Karimov milliy taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqar ekan, O‘zbekistonning birinchi navbatda insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat bo‘lishiga katta umid bog‘lamoqda. Bugungi bosqichda demokratik institutlar faoliyatlari ko‘lamlarini kengaytirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish, jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va e’tiqodiy raqobatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, jamoat birlashmalarining hozirgi faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiy hayotni erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, hokimiyat bo‘linishi prinsipining insoniyat tomonidan umume’tirof etilgan organlarning vakolatini nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‘tkazish masalalarini strategik vazifa darajasida anglashi kerak bo‘ladi.
SHuni ta’kidlash joizki, yurtimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan e’tiboran, uning izchil va shuning bilan bir qatorda o‘ziga xos va mos demokratiyalashish bilan chambarchas bog‘liq ekanligi o‘zining hayotiy isbotini topmoqda. Barcha sohalarda xalqning mutlaq suvereniteti tamoyili qaror topishi, va nihoyat, ularning barchasi ijtimoiy jarayonlarda qaysi millat yoki konfessiyaga mansubligidan qat’iy nazar, ularning demokratik jarayonlarda faol ishtirokini taqozo etishi chuqur his etilmoqda.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqqan O‘zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. SHu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning “SHved modeli”, “Amerika modeli”, “YApon modeli” kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarning qaysi yo‘ldan, qay yo‘sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab olish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o‘rganib, mamlakatimizning tarixiy-milliy xususiyatlari va geografik-demografik shart-sharoitlariga mos bo‘lgan o‘ziga xos modelni yaratish zarur edi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi. Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ham ushbu siyosatning ajralmas qismi ekanligini magistrlarimizga aniq misollar asosida tushuntirish maqsadga muvofiq.
Mazkur islohotlar mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quydagilardan iborat:
  • iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo‘lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo‘lishi lozim. Iqtisodiyot o‘z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak;


  • iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo‘lib, uning boshqaruv tizimini qo‘ldan chiqarmasligi kerak;


  • konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak;


  • kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng muhim vazifadir;


  • bozor iqtisodiyotiga o‘tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog‘i lozim.1


Mazkur tamoyillar “O‘zbek modeli” sifatida jahonda e’tirof etilgan O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining g‘oyaviy-nazariy negizi bo‘lib xizmat qiladi.


O‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos milliy xususiyatlaridan biri bo‘lgan, davlatchilik taraqqiyotining inqilobiy sakrashlarni chetlab, tadrijiy tarzda takomillashib borganligini Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari bilan asoslashimiz maqsadga muvofiqdir: “SHarqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA’ni, SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojeali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb atashganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi”1. Bu fikrlarning naqadar asosli ekanligini ijtimoiy taraqqiyot ham ko‘rsatib turibdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan yangi asosda tiklana boshlagan milliy davlatchiligimiz o‘zining demokratik siyosiy maqomiga ega bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotda tadrijiy rivojlanib kelgan milliy davlatchilikning qonuniy davomi sifatida namoyon bo‘ldi.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li bo‘lgan “O‘zbek modeli” mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo‘lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g‘oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o‘tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida davlatimiz rahbari I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli dasturiy asarida belgilab berilgan olti ustuvor vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quydagilardan iborat:
  • mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish;


  • jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;


  • jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati;


  • xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish;


  • iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash;


  • jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligni ta’minlash.2


Jamiyatning siyosiy hayotini erkinlashtirish avvalo, aholining siyosiy faolligini kuchaytirishni, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni taqozo etadi.


Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish vazifasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashni o‘z ichiga oladi.
Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish masalasida o‘z haq-huquqlarini taniydigan, mustaqil fikrlay oladigan, iymon-irodasi, e’tiqodi mustahkam, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishni, mamlakatimizning kelajagini ta’minlovchi etuk mutaxassislar etishtirishni taqozo etadi.
SHu o‘rinda mamlakatimiz agrar sohasini yanada rivojlantirish uchun qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarida ham agrar soha uchun etuk, keng qamrovli dunyoqarashga ega mutaxassislar tayyorlash ham dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlashimiz zarur.
Aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida, “O‘zbek modeli”ning mazmuni va mohiyatiga mos bo‘lgan muhim bir mezon bo‘lib kelmoqda.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash iqtisodiy islohotlarning mazkur bosqichiga xos bo‘lib, bunda bozor infratuzulmasini rivojlantirish, eksportga moslashgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, moliya va bank tizimi faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatdagi barqarorlk, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi globallashuv sharoitida turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O‘zbekistonning suvereniteti va barqaror taraqqiyotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda bunday tizim yaratildi.
O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos yo‘li bo‘lgan “O‘zbek modeli” mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “Biz avvalgidek, davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda “O‘zbek modeli”ning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan keyin ham amal qilamiz”, deb ta’kidladilar.
Ushbu O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor vazifalari Prezident I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” (2010 yil 12 noyabr’) to‘g‘risidagi ma’ruzasida yanada rivojlantirildi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonnning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladigan ko‘pgina xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi, ular bilan yaqindan hamkorlik qilish, ko‘plab xalqaro konvensiyalar paktlariga qo‘shilishi, shuningdek, mamlakatimizda “Inson manfaatlari yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Ayollar yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, “Mehr va muruvvat yili”, “Sihat-salomatlik yili”, “YOshlar yili”, “Qishloq taraqqiyoti yili”, “Barkamol avlod yili”, “Kichik biznes va tadbirkorlik yili”, “Keksalarni e’zozlash yili”, “Sog‘lom ona va bola yili” kabi tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilishi, sport, tibbiyot, ta’lim muassasalarining, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga, ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini qog‘ozda yoki so‘zdagina emas, balki hayotda joriy etilayotganligidan dalolatdir.1
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiyotimizning muhim sektorlaridan bo‘lmish qishloq xo‘jaligida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunga Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan qishloq xo‘jaligiga oid qonunlar, farmonlar hamda qarorlar alohida huquqiy munosabatlarni joriy etib, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan katta imkoniyatlarni ochib berdi.
“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga asosiy e’tibor berib kelindi va keyingi hujjatlarimizda ham bu hol o‘z ustunligini saqlaydi, - deb yozadi I.A.Karimov, - bugungi iqtisodiyotimizda va ijtimoiy turmushda, binobarin, siyosatimizda ham qishloq sohasi xalqimizning farovon hayoti, respublikamizning taraqqiyoti va o‘sish sur’atlarini hal qiladigan muhim tarmoqdir”. SHu sababdan, O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan bog‘liq munosabatlarni chuqur o‘rganish muhim rol o‘ynaydi. Ushbu mavzu bo‘yicha yanada kengroq tushunchaga ega bo‘lishingiz uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlarni o‘qishlaringizni maslahat beramiz.
3. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
  1. hokimiyat organlarining konstitutsiyaviy asosda bo‘linishini ta’minlash;


  2. ma’muriy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish;


  3. kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, yangilash tizimini takomillashtirish;


Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko‘zda tutilgan edi.


Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan keyingi o‘tgan o‘n besh yil davomida, ya’ni 2000 yildan keyingi davrda boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazish, O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimini shakllantirish masalasiga katta ahamiyat qaratildi.
Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. SHuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko‘lamining kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o‘z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.
Rivojlangan demokratik mamlakatlarda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat boshqaruvining markazlashuvini cheklash natijasida o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyatning asosiy institutlaridan biriga aylandi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (g‘arbda “munitsipial” deyiladi) deganda, muayyan ma’muriy-hududiy birlikdagi aholi vakolatlarini ifoda etadigan, shuningdek, saylangan organlar va ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarish tushuniladi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish demokratik tamoyillar asosidagi boshqaruvdir. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1) mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarning fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishi;
2) mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqaruvning nisbatan mustaqilligi; 1985 yil 15 oktyabrda Evropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risidagi Evropa xartiyasi”ning 3-moddasida bu tushuncha quyidagicha ifodalangan: “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deganda, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mas’ulligida, mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida uning davlat ishlarining aksariyat qismini boshqarishi va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi. Bu huquqlar erkin, yashirin, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylovlarda saylangan a’zolardan iborat kengashlar yoki majlislar o‘zlariga hisobot berib boruvchi ijroiya organlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar fuqarolar majlislariga, referendumlarga yoki fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishining qonun yo‘l qo‘ygan boshqa shakllariga murojaat etishni istisno etmaydi”.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning ishlab chiqilishi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotimizda muhim tarixiy ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Uni atroflicha o‘rganish, mohiyatini bilish yaqin istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga imkoniyat beradi.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” demokratiya va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangicha falsafiy konsepsiyasidir. Unda yaqin istiqbolda amalga oshirilishi ustuvor ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘nalishlar o‘zining ifodasini topganligi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, unda tizimlilik va tarkibiy funsional yondashuv aniq ifodasini topgan.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirishdan maqsad hayot o‘zgarishlariga, ong va tafakkurning yangilanishlariga javob berish, undan orqada qolmaslikdir. Bu huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga javob topish imkoniyatini beradi.
Fuqarolik jamiyatini qurish maqsadlariga erishishga demokratik islohotlar, ya’ni insonning faol ishtirokini ta’minlaydigan va kafolatlab beradigan qonunlarni amalda ta’minlanishi orqali qadriyat darajasiga ko‘tarilishini taqazo etadi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining mohiyati milliy g‘oya maqsadlari bilan mushtarakdir. Unga milliy g‘oyaning milliy – madaniy hamda umuminsoniy tamoyillariga tayangan holda erishiladi.
Konsepsiyada belgilab berilgan yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar, dunyoni demokratiya va demokratik tamoyillarning xilma-xilligi bilan bog‘liq qarashlarni yanada boyitadi. O‘zbekistonning bu yo‘lda tadrijiy bosqichma-bosqich tarzda demokratik islohotlarni amalga oshirib berayotganligini hamda unga real yondashib, siyosiy hayotda amaliy – konstruktiv barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, birinchidan, mustaqillik, jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi yangi nazariy, ilmiy asoslar I.A.Karimov asarlarida o‘zining aniq ifodasini topdi;
Ikkinchidan, davlat xokimiyati, davlat boshqaruvini demokratlashtirish uchun bosqichma-bosqich zarur shart-sharoit, omillar yaratib berilmoqda. Jamiyat hayotida davlatning bosh islohotchilik roli belgilanganligi o‘zining natijasini bermoqda;
Uchinchidan, mamlakatda, davlat hokimiyatini nomarkazlashtirish amalga oshmoqda. Demokratik prinsiplarning ustuvorligi amalda o‘zining natijalarini bermoqda. Fuqarolik institutlari va jamiyati rivojlanmoqda;
To‘rtinchidan, O‘zbekiston, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish orqali taraqqiyotning “O‘zbek modeli” demokratik taraqqiyotning o‘ziga xos yo‘lidan biri sifatida dunyoning e’tirof etishga erishdi, bu O‘zbekiston xalqining muhim yutug‘idir.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li bo‘lgan “O‘zbek modeli” mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo‘lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g‘oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o‘tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi.
7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Agrar islohotlarning amalga oshirilishi: yutuqlar va muammolar.


Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling