I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
MAVZU. Agrar islohotlarning amalga oshirilishi: yutuqlar va muammolar
Download 400.25 Kb.
|
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modernizatsiya qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining asosiy omili. Agrar soha kadrlarini tayyorlashda xalqaro ta’lim islohotlari.
MAVZU. Agrar islohotlarning amalga oshirilishi: yutuqlar va muammolar.
Reja; Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi ahvoli. Xususiy mulkchilikning yangi shakllarining vujudga kelishi va rivojlanishi. Modernizatsiya qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining asosiy omili. Agrar soha kadrlarini tayyorlashda xalqaro ta’lim islohotlari. O‘zbekistonda mustaqillikka erishish uchun boshlangan harakatning dastlabki paytlaridanoq va mustaqillikka erishgandan keyinoq mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida zarur islohotlarni amalga oshirish, avvalo bu sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkchilikning nodavlat shakllariga o‘tish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatiga keng yo‘l ochib berish kabi masalalarga e’tibor qaratildi. Respublika parlamenti qishloq xo‘jaligida jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutgan qonunlar qabul qildi. 1990 yilning 20 iyunida “Yer to‘g‘risida”, 1991 yilning 19 noyabrida “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, 1992 yil 3 iyulida “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, 1992 yil 9 dekabrda “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”, 1993 yil 6 mayida “Yer solig‘i to‘g‘risida” va “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” va boshqa qonunlar qabul qilindi. Konstitutsiyaning 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” deb belgilab qo‘yildi. Qabul qilingan qonunlar dehqonlarning mulkka bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirish va kelajakka bo‘lgan ishonchlarini oshirishda alohida o‘rin tutdi. 1991 yil 21 dekabrda Respublika Prezidentining “Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini davr talabi asosida tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yangi iqtisodiy sharoitda asosiy masalalardan biri qilib, qisqa muddatda O‘zbekistonning eng muhim oziq-ovqat resurslari bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashga erishish, buning avvalo qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish masalasi qo‘yildi. ,,Modomiki, farovon hayot qurmoqchi ekanmiz,-deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidentiI.Karimov,- oldimizga xalq turmushini yaxshilash maqsadini qo‘ygan ekanmiz, iqtisodiy islohotlarni avvalo qishloq xo‘jaligi,qishloq hayoti sohasidan boshlashimiz zarur”5. Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Respublikada g‘alla mustaqilligini ta’minlashga doir dastur ishlab chiqildi va u bosqichma- bosqich amalga oshirila boshlandi. Donli ekinlar maydoni 1993 yilda 300 ming gektarga kengaytirildi.1995 yilda ekin maydonlarining tarkibiy tuzilishi o‘zgartirilib, g‘alla maydonlarining ulushi 40%ga yetkazildi va 3,3 mln. tonna g‘alla tayyorlandi. 1991-93 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda 500 ming gektardan ko‘proq hosildor yerlar shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari yuritish uchun ajratib berildi. 1992-95 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi zarar ko‘rib ishlayotgan 1137 davlat xo‘jaligidan 1066 tasi mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi, ularning negizida 530 ta jamoa xo‘jaligi, 314 ta shirkat xo‘jaligi, 87 ta ijarachilar uyushmasi tashkil etildi. Katta maydonlardagi bog‘lar va tokzorlar xususiylashtirildi. Shunday qilib, islohotlarning birinchi bosqichida respublika qishloqlarida fermer va dehqon xo‘jaliklari kabi yangi xo‘jalik yuritish shakllari paydo bo‘ldi. 1995 yilda dehqon xo‘jaliklarining soni ham nisbatan tez ko‘paydi va shu yili ularning safiga 3 ming xo‘jalik qo‘shildi. Shunga muvofiq ravishda ularda band bo‘lgan qishloq mehnatkashlarining soni 79229 kishidan 105377 kishiga ko‘paydi. 4380dan ortiq kishi mehnat shartnomasi asosida mavsumiy ishlarga jalb qilindi. Natijada butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 million tonna paxta tolasi yetishtirsa birgina O‘zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta tolasi yetishtiradi6. Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli g‘alla importiga qaramlikka barham berilib, g‘alla mustaqilligiga erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagi 1899 ming tonnadan 2010 yilda 6952 ming tonnaga yetdi, ya’ni deyarli 3,7 barobar o‘sdi. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilganimiz,-deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov,-mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berganimiz tufayli bu vazifani ham muvaffaqiyatli hal etishga erishdik. O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining g‘allaga bo‘lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibidagi qo‘shni mamlakatlarga, Afg‘oniston, Eron va boshqa davlatlarga g‘alla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda7. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezident 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” va boshqa qarorlari mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoaga mulk qilib berish yo‘li orqali fermer xo‘jaliklari ishini keng yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Chorva mollari zotini yaxshilash ko‘zda tutilgan tadbirlar ishlab chiqildi. Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi 6 ta shirkat xo‘jaligi negizida qoramolchilik naslchilik zavodlari, Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlaridagi 15 jamoa xo‘jaligida naslchilik xo‘jaliklari tashkil etildi. Shuningdek, respublikaning barcha viloyatlaridagi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda zotli mollar yetishtiriladigan va sotiladigan tayanch punktlari ishga tushirildi. 1995 yili kim oshdi savdosi orqali 211 ming boshdan ortiq qoramol xo‘jaliklarga va aholiga sotildi. 1995 yil oxirida mamlakatimizda 18085, 1997 yil oxirida 20 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari ishlagan bo‘lsa, ularning qariyb yarmi chorvachilik tarmoqlarida faoliyat yuritdi. Qishloq xo‘jaligida boshqaruv tizimini mukammallashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birlashtirilib, 1996 yil 26 noyabrda Respublika Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi. 1998 yil 18 martda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezident “1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to‘g‘risida” farmoni e’lon qilindi. 1998 yil 30 aprelda Respublika Oliy Majlisining 11-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi tasdiqlandi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” (2004 yil 26 avgustda yangi tahrirda), “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, 1998 yil 28 avgustda “Davlat Yer kadastri to‘g‘risida” qonunlar qabul qilindi8. Bu qonunlarga ko‘ra, ishlab turgan turgan jamoa xo‘jaliklari shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi. Xo‘jaliklarning mol-mulki qiymat shaklida a’zolarning pay ulushlariga bo‘lindi va xo‘jaliklarning yil davomidagi ishlari natijalariga ko‘ra har bir a’zoga uning shirkat xo‘jaligi pay jamg‘armasidagi ulushiga qarab divident to‘lash tartibi joriy qilindi. Mulkiy paylarni joriy etish asosida jamoa xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) sifatida qayta tashkil etish qoidalariga muvofiq 1998-2000 yillarda 1802 jamoa xo‘jaligi shirkat xo‘jaligi shaklida qayta tashkil etildi. Shirkat xo‘jaliklarining 1,1 milliondan ortiq pay egalari rasman qishloq mulkdorlari safiga qo‘shildilar. Shuni ham ta’kidlash joizki, mulkiy pay egalarida mulkdorlik hissining shakllanmaganligi, tashabbuskorlikning sustligi, xo‘jalik a’zolari tomonidan boshqaruv faoliyatini nazorat qilish mexanizmining yetarlicha ishlamaganligi natijasida shirkat xo‘jaligi talab darajasida faoliyat ko‘rsata olmadi. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar yerni haqiqiy egasiga topshirishga, tadbirkor va ishbilarmon mulkdorlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, bu asosan, zarar ko‘rib ishlayotgan va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini fermer va dehqon xo‘jaliklariga aylantirish orqali amalga oshirildi. Islohotlar davrida fermer xo‘jaliklari sonining o‘rtacha yillik o‘sishi 173,6 foizni tashkil etdi. Agar islohotlarning dastlabki pallasi – 1993 yilda faoliyat ko‘rsatgan dehqon va fermer xo‘jaliklarining soni 7630 birlikni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib 66134 taga yetdi.Fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada jonlantirish, malakalarini oshirish maqsadida 2004 yildan boshlab Toshkent Davlat Agrar Universitetida “Fermer xo‘jaligini boshqarish” fakulteti tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida ko‘rilgan tadbirlar qisqa muddatda o‘z samarasini bera boshladi. 2013 yilda dehqon va fermerlar yuqori natijalarga erishdilar. Jumladan, 7 million 800 ming tonna g‘alla, 8 million 400 ming tonna sabzovot yetishtirildi. Mamlakatimizning ulkan xirmoniga 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berildi9. 2013 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik-6,4 foizga, chorvachilik-7,4 foizga o‘sdi. Aytish kerakki, izchil yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga, yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000 bu boradagi qo‘rsatkich 30,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda faqatgina 16,8 foizni tashkil etdi10. Statistik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, 2013 yilda 2000 yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish sur’ati past bo‘lsada, kartoshka, sabzavotlar va boshqa poliz mahsulotlari mahsulotlari yetishtirishda o‘sish kuzatiladi. Shunday qilib, Respublika qishloq xo‘jaligi tizimida amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer, suv va moddiy –texnika resurslaridan samarali foydalanish natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning ko‘payishiga, xo‘jaliklar rentabelligining oshirilishiga erishilmoqda. Download 400.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling