Individual yondashish – bu pedagogik tamoyilga koʼra, pedagogik jarayonda pedagogning talabalar bilan oʼzaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individual oʼqitish – bu oʼquv jarayonini tashkil etishning shakli boʼlib, bunda pedagog va tlaba yakkama-yakka oʼzaro taʼsir koʼrsatadilar, talaba oʼquv vositalari (kitoblar, kompьyuter va h.k) yordamida uzluksiz mustaqil taʼlim oladi.
Individuallashtirilgan oʼqitish texnologiyasi – bunda oʼquv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va oʼqitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi.
Individuallashtirilgan oʼqitish – bunday oʼquv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida oʼqitish yoʼllari, usullari, surʼati tanlanadi va turli oʼquv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali taʼminlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti – kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va oʼqitishninng soʼnggi oylarida oʼtkaziladi.
Kompyuterlashtirilgan oʼqitish texnologiyasi – bu kompьyuterdan foydalanishga asoslangan oʼqitishdir.
Kredit – (European Credit Transfer System (ECTS) sinovdan oʼtdi (zachyot), maʼlum bir kursni oʼquv yurtida oʼtganligi haqida guvohnoma maʼnosini anglatadi.
Qoʼllash – oʼrganilgan materialni konkret sharitlarda va yangi vaziyatlarda qoʼllash koʼnikmalarini anglatadi.
Koʼnikma – biror shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin boʼlgan harakatlari va reaktsiyalari tushuniladi.
Malaka – ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda bajariladigan koʼnikmalar.
Masofaviy oʼqitish – bu masofadan turib oʼqitish, qaysiki oʼquv mashgʼulotlarining barchasi yoki koʼp qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |