I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy ta’limdagi o’rni Mazkur fan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o’qitiladigan «Texnologiya»


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana30.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1734524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Техник ижод ва конст фан даст 2020






I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy ta’limdagi o’rni 
 
Mazkur fan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o’qitiladigan «Texnologiya» fani bilan bevosita 
aloqador bo'lib, texnologiya fani quyidagi yonalishlar asosida o’qitiladi: servis xizmati
texnologiyada dizayn, umumlashtirilgan yonalish. Shuni inobatga olgan holda mazkur o’quv fani 
dasturida ikkita bo’lim asosida (texnik konstruksiyalash va modellashtirish va tikuvchilik 
buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish) mavzular shakllantirilgan.
Servis xizmati (tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish) bo’yicha ayollar, 
bolalar, erkaklar kiyimlarining asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirishga oid 
mavzular ko’zda tutilgan. 
Texnologiyada dizayn (texnik konstruksiyalash va modellashtirish) bo’limini oqitishda
texnik 
modellashtirish va konstruktsiyalash; o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilish
sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish; 
o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish kabi masalalarni o‘rgatish vazifasini bajaradilar va 
ularni amaliyotda tatbiq etish haqida ma'lumotlar berilgan. 
 
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi 
 
Ushbu fanning maqsadi - talabalarga servis xizmati bo’yicha konstruksiyalash va 
modellashtirish bo’limi mazmunida texnologiya fanini 5-9 sinflarda o‘qitishda tikuvchilik 
buyumlarini konstruksiyalash va tanlangan fason asosida kiyim fasonlarini o‘zgartirish, ya’ni, 
modellashtirish va kiyim maketlarini tikish; 
- talabalarga texnik ijodkorligini rivojlantirishning ijtimoiy - pedagogik muammolari; texnik 
ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari; ixtiro, kashfiyot, ratsionalizatorlik takliflari va patent 
axboroti; texnik ijodkorlik masalalarini yechish metodlari; dizayn va modellashtirish; ergonomika 
va dizayn asoslari; texnik modellashtirish va konstruktsiyalash; o‘quvchilar texnik ijodkorligi 
faoliyatiga rahbarlik qilish, sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik 
faoliyatini tashkil qilish; o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish kabi masalalarni o‘rgatish 
vazifasini bajaradilarv a ularni amaliyotda tatbiq etish bo’yicha malaka hosil qilishni ko‘zdatutadi. 
Ushbu fanning vazifasi - servis xizmati bo’yicha konstruksiyalash va modellashtirish bo’limi 
mazmunida texnologiya fanini 5-9 sinflarda o‘qitishda tikuvchilik buyumlarini, ya’ni, ayollar, 
bolalar, erkaklar kiyimlarining asos chizmasini konstruksiyalash va tanlangan fason asosida kiyim 
fasonlarini o‘zgartirish, ya’ni, modellashtirish va kiyim maketlarini tikish oid ko‘nikma va 
malakalami shakllantirish ;
- davlat ta’lim standartiga asosan talabalarda nazariy bilimlar va amaliy 
ko‘nikmalar,malakalarni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib 
berish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni vazifa qilib qoyadi. 
“Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 


masalalar doirasida bakalavr:
- tikuvchilik buyumlarini, ya’ni, ayollar, bolalar, erkaklar kiyimlarining asos chizmasini 
konstruksiyalash va tanlangan fason asosida kiyim fasonlarini o‘zgartirish, ya’ni, modellashtirish 
va kiyim maketlarini tikishni; 
- texnik masala yechimlarini topishning boshqa metodlari; buyumning badiiy loyiha 
konstruksiyasini yaratish. Texnik ob’ektlarni loyihalash va tayyorlash; oddiy texnik ob’ektlarni 
konstruksiyalash va modellashtirishni bilishi kerak; 
- ayollar, bolalar, erkaklar kiyimlarining asos chizmasini konstruksiyalashda chizmalarning 
to‘r qismini qurishni, olingan o‘lchov asosida asos chizma chizishni va tanlangan fason asosida 
kiyim fasonlarini o‘zgartirish, ya’ni, modellashtirish, va kiyim maketlarini tikish; 
- avto modeli, kema modeli, avia model va qishloq xo‘jaligi mashina va uskunalarini 
modellashtirish, qo‘llanishiga ko‘ra o‘quv va ishlab chiqarish texnik ob’ektlarini konstruksiyalash, 
o‘quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- ayollar, bolalar, erkaklar kiyimlarining asos chizmasini konstruksiyalashda chizmalarning 
to‘r qismini qurishni, olingan o‘lchov asosida asos chizma chizishni va tanlangan fason asosida 
kiyim fasonlarini o‘zgartirish, ya’ni, modellashtirish, asos chizmaga fason chiziqlarini to‘g‘ri 
kirita olish va kiyim maketlarini tikish; 
- texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarni tashkil etish; 
o‘quvchilarning boshlang‘ich ijodiy uyushmalaridagi ishlar mazmuni va metodlari haqida 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling