2-mavzu. Gavdadan o’lchov olish qoidalari, usullari, o’lchov turlari va kiyim
konstruksiyasini qurish uchun o’lchovlarni yozish qoidalari.
Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash, ya’ni, asos chizmasini qurish uchun, inson
gavdasidan olinadigan o‘lchov turlarini: asosiy va yordamchi o‘lchovlar haqida hamda uzunlik,
aylani, kenglik o‘lchovlari haqida, chizma chizishda o‘lchovlarga qo‘shiladigan qo‘shimchalar
haqida, chizma chizish jarayonida ishlatiladigan o‘lchovlarni yozish tartibi haqida, kiyimlarning
old, orqa va yeng chizmalarini qurish haqida ma’lumotlar berish.
2-modul. Oshxonada kiyiladigan kiyimlar asos chizmalarini konstruksiyalash va
modellashtirish .
1-mavzu. Qiz bolalar uchun oshxona fartugi va ro‘molining asos chizmasini chizish va
modellashtirsh.
Oshxonada kiyiladigan kiyimlarga xarakteristika berish. Oshxonada kiyiladigan fartuk,
ro‘mol, ushlagichlar va choynak uchun yopgich, taglik asos chizmalarini chizish, o‘lchov
olishni, fartuk va ro‘mol fasonlarini o‘zgartirishni o‘rgatish.
2-mavzu. Choynak yopqichi va tagligi chizmasini chizish va modellashtirish.
Choynak yopqichi va tagligi chizmasini chizish va modellashtirish chok xaqlari va
bichiladigan bo‘laklarda ip yo‘nalishlarini ko‘rsatish.
3-modul. Bolalar kiyimlari asos chizmalarini konstruksiyalash va modellashtirish .
1- mavzu. Go‘daklar kiyimlari asos chizmalarini chizish va modellashtirish .
Go‘daklar kiyimlariga xarakteristika berish. Go‘daklar uchun qalpoqcha, yaxtakcha,
so‘lakcha kiyimlarining asos chizmalarini konstruksiyalash va modellashtirish, chok xaqlari va
bichiladigan bo‘laklarda ip yo‘nalishlarini ko‘rsatish.
2- mavzu. О‘g‘il bolalar ich kiyimining asos chizmasini chizish va modellashtirish.
O‘g‘il bolalar kiyimlariga xarakteristika berish. O‘g‘il bolalar ich kiyimi, asos chizmalarini
konstruksiyalash va modellashtirish, chok xaqlari va bichiladigan bo‘laklarda ip yo‘nalishlarini
ko‘rsatish, makelarini tikish.
Do'stlaringiz bilan baham: |