22
ta`sirida yemirilmay qoldiq (plastik) deformatsiyalanish xossasi ularning plastikligi deb
ataladi.
Bosim ostida ishlangan detalning shakli va o’lchamlarigina o’zgarib qolmay,
balki
uning strukturasi va mexanikaviy xossalari ham o’zgaradi.
Metalning elastik deformatsiyalanishida uning kristal panjarasidagi atomlar bir-biriga
nisbatan
elastik tarzda siljiydi, quch berilganda bu atomlar asli vaziyatiga qaytib,
kristal
panjara tiklanadi. Quch oshirilsa elastik o’zgarish plastik o’zgarishga aylanadi va quch
olingandan keyin kristall panjara o’zining dastlabki xolatiga qaytmaydi, ya`ni metall plastik
deformatsiyalanadi.
Plastik deformatsiyalanishda kristalning bir qismi boshqa qismiga nisbatan siljiydi.
Siljish natijasida kristall panjarada atomlarning joylashish o’rni o’zgaradi, buning oqibatida
kristall panjaraning shakli buziladiyu, lekin kristallning yaxlitligi buzilmaydi.
Detallarning
ishlash
imkoniyatini
tiklashda
ular
turli
usullarda
plastik
deformatsiyalanishi mumkin. Bu usullar jumlasiga qo’yidagilar kiradi:
1.Cho’ktirish; 2.To’g’rilash; 3.Kengaytirish; 4.Toraytirish; 5.Botirish; 6.Cho’zish;
7.Nakatkalash:
1. Detalning ishlash imkoniyatini cho’ktirish usuli bilan tiklash
Detalning uzunligini kamaytirish hisobiga sirtqi diametrini
kattalashtirish jarayoni
cho’ktirish deyiladi. (1rasm)
Shunga ko’ra vtulkaning ishlash imkoniyatining bu usulda tiklash mumkin yoki
mumkin emasligi vtulka balandligining yo’l qo’yiladigan qiskartirishiga bog’liq. Quch juda
ko’p tushadigan vtulkaning ishlash imkoniyatining
faqat bir marta tiklash mumkin; bunda
shuni esda tutish keraki, vtulkaning balandligini ko’pi bilan 58 % qiskartirish lozim bo’lgan
xollardagina uning ishlash imkoniyatini tiklasa bo’ladi. Quch kamroq tushadigan
vtulkalarning ishlash imkoniyatining tiklashda balandligini 15% gacha qisqartirish mumkin.
Ichi havol bo’lmagan
detallarning, masalan dvigatel klapanlari, po’lat
turtkichlar, yarim
o’qlarning ishlash imkoniyatini ham cho’ktirish yo’li bilan tiklash mumkin.
2.
Detalning ishlash imkoniyatini botirish usuli bilan tiklash.
Detallarning metalini cheklangan oraliqqa surish hisobiga uning o’lchamini kattalashtirish
jarayoni botirish deyiladi.
Bu usuldan foydalanib, dvigatel klapanlarining anchagina yeyilgan kallaklarini, tishlarini,
qalinligi yeyilgan tishli g’ildiraklarni tiklash mumkin.
Klapanlar kallaklarining ishlash imkoniyatini botirish
usuli bilan tiklashda metal
qizdiradi. Bunda klapan metalini fazaviy o’zgarishlar temperaturasidan past temperaturada
botirish mumkin bo’lsa, u xolda detalga qayta termiq ishlov bermasa ham bo’ladi. Detal
pechda 510 minutdan ortiq turmasligi kerak.
Klapan sterjenining termiq ishlovini saqlab qolish uchun induktsion ko’rlmada yoki
maxsus konstruktsiyadagi pechda klapan kallagining o’zigina qizdirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: