24
Nakatkalash usulida plastik materiallardan yasalgan detallarning ishlash imkoniyati
tiklanadi. Yuzani nakatkalash uchun tishlarning kadami 1,5-1,8 mm keladigan,
dumalash podshipnigida aylanadigan rolik ishlatish tavsiya
etiladi
6. Detallarning ishlash imkoniyatini to’g’rilash usuli bilan tiklash.
Dstalning buzilgan shaklini tiklash jarayoni to’g’rilash deyiladi (8- rasm).
To’g’rilashning ikki usuli: 1) statikaviy quch ta`sirida (press ostida) to’g’rilash usuli;
2) naklyoplash yo’li bilan to’g’rilash usuli.
Statikaviy quch ta`sirida (press ostida) to’g’rilash usuli. Tirsakli vallar va
taksimlash vallari. o’zatmalar qutisining vallari. Yarim o’qlar, shatunlar,
tsilindrlar
galovkasi, oldingi o’q balkalari va boshqa ko’pgina detallar press ostida yoki maxsus
moslamalarda sovuqlayin to’g’rilanadi.
Detallarni naktyoplash yo’li bilan to’g’rilash. To’g’rilashning bu turi statikaviy
quch ta`sirida to’g’rilashda butunlay farq qiladi,
chunki bu usulda detalni istalgan
yo’nalishda to’g’rilash va boshqarish mumkin. Naklyoplash yo’li bilan to’g’rilashning
asosiy afzalliklari: to’g’rilangan joy shaklining vaqt o’tishi bilan o’zgarmasligi;
to’g’rilash aniqligining yuqori bo’lishi; valning har qanday qismini to’g’rilash
mumkinligi; jarayonning oddiyligi va uni tez bajarish mumkinligi.
Naklyoplash yo’li bilan cho’yandan yasalgan vallarni ham to’g’rilasa bo’ladi. Naklyoplash
usulida detalning ishlamaydigan yuzalariga bolg’a bilan sekin asta uriladi. Detalga bolg’a
urilgan sari metallning sirtqi qatlami yoyiladi va kattaroq yuzani egallashga intiladi. Bunda
detalning sirtqi qatlamida siquvchi qoldiq quchlanishlar paydo bo’ladi; bu quchlanishlar
to’g’rilangan detalning toliqishdagi puxtaligini pasaytirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: