I. O’quv materiallari
Kinetikada birinchi, ikkinchi, uchinchi va nolinchi tartibli reaksiyalar
Download 119.55 Kb.
|
BIOfizika 1-ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Reaksiyalar tezligiga temperaturaning ta’siri
2.Kinetikada birinchi, ikkinchi, uchinchi va nolinchi tartibli reaksiyalar
Kinetikada reaksiyalar birinchi, ikkinchi, uchinchi, nolinchi va hatto kasr tartibli reaksiyalarga ajratiladi. Reaksiyaning tartibi bu reaksiya tezligining tasvirlovchi tenglamadagi reagentlar konsentratsiyasi darajalarining yig’indisidan iborat kattalikdir. Masalan, agarda dP/dt = k[A]1 bo’lsa, bu yerdagi A ning darajasi 1 ga teng va shuning uchun bunday reaksiya birinchi tartib kinetikaga binoan amalga oshadi. Bordi-yu, dP/dt = k[A]2 bo’lsa, A ning ko’rsatkichi 2 ga teng, demak, reaksiya ikkinchi tartib kinetikaga bo’linadi va nihoyat, dP/dt = k[A]2[B][C]3, bo’lsa, (aslida bunday reaksiyaning o’zi hech qanday ehtimolga ega emas), u oltilchi tartib kinetikaga mansub bo’lib chiqadi. Agarda kinetik tenglamada konsentratsiya ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda bunday reaksiyaning kinetikasi nol tartib deb atalib, reaksiya tezligi reagent konsentratsiyasi emas, balki reaksiyaning tezlik konstantasiga bog’liq bo’lib chiqadi, ya’ni dP/dt q k0. Masalan, katalitik reaksiyalarda reagent konsentratsiyasi katalizator konsentratsiyasidan shunchalik katta bo’ladiki, buning natijasida katalizator hamma vaqt reagentga "to’yinib", reaksiya maksimal tezlikda kechadi va reagent konsentratsiyasining navbatdagi oshirilishi reaksiya tezligiga ta’sir eta olmaydi. 3. Reaksiyalar tezligiga temperaturaning ta’siri Temperatura ko’tarilganida ximiyaviy reaksiya tezligi ko’p darajada ortib boradi. Chunolchi, temperaturaning 100 daraja ko’tarilishi reaksiya tezligining 2 – 4 baravar ortishiga sabab bo’ladi. Temperaturaning 100ga o’zgarishida ko’riladigan solishtirma tezliklar nisbati reaksiya tezligining temperatura koeffitsienti deb ataladi: bu yerda Kt0- t0 temperaturadagi tezlik konstantasi, Kt0+10 – temperatura 100ga ko’tarilganda tezlik konstantasi. Koeffsiyent qiymatining past (1,5 gacha) bo’lishi fizik prosesslar (masalan, diffuziya prosseslari) ga xarakterli ekanligi aniqlangan. 3 ga teng yoki bundan ko’ra ortiqroq bo’ladigan bir muncha yuqori koeffisientlar ximiyaviy reaksiyalar bo’layotganiga aloqador ko’rsatkich hisoblanadi. Biologik prosesslar muayyan temperaturalar doirasidagina yuzaga chiqishi mumkin. Shu doiralarda prosesslarning tezligi temperaturaga ko’p darajada bog’liq bo’ladi. Temperaturaning ko’tarilishi biologik reaksiyalar tezligining bir qadar ortib borib, ma’lum bir optimal temperaturada eng kat/ta miqdorga yetishiga sabab bo’ladi. Temperaturaning yanada ko’tarilib borishi reaksiya tezligining pasayib ketishiga olib keladi Mazkur reaksiya uchun maksimal hisoblanadigan ma’lum bir temperaturada reaksiya to’xtaydi. Tezlik konstantasi, aktivlanish energiyasi Ye va absolyut temperatura T o’rtasidagi miqdoriy munosabat Arrenius tenglamasi bilan belgilanadi: bu yerda R – gaz doimiysi; k – tezlik konstantasi. T1 dan T2gacha bo’lgan temperaturalar doirasida Arrenius tenglamasini quyidagi shaklda yozish mumkin: Aktivlanish energiyasi Ye ni aniqlash uchun shu tenglamadan foydalansa bo’ladi. Buning uchun ximiyaviy reaksiya tezligining ma’lum bir temperaturalar intervalidagi konstantasi aniqlanadi va lgk ning 1/T ga bog’liqligini ifodalaydigan grafik tuzilib, bu grafikdagi ordinatalar o’qiga lg qiymati, absissalar o’qiga esa 1/T – boyagi konstanta aniqlangan absolyut temperaturaga teskari miqdor qo’yiladi. Odatda to’g’ri chiziq hosil bo’ladi. To’g’ri chiziq og’ish burchagining tangensiga qarab Ye miqdorini, demak aktivlanish energiyasi Ye ni aniqlash mumkin. Download 119.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling