I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet25/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
10metqul

Mustaqil yechish uchun masalalar.

  1. 4,3 g uglevodorod yondirilganda 4,3 g karbonat angidrid hosil bo‘ldi. Bu birikma bug‘larining vodorodga nisbatan zichligi 43 ga teng. Shu moddaning formulasini aniqlang.

  2. Bir hajm noma’lum gaz va ikki hajm kislorod aralashmasi portlatildi. Natijada ikki hajm CO2 va bir hajm N2 gazlari hosil bo‘ldi. Noma’lum gazning formulasini toping.

  3. Etilenning gomologik qatoriga mansub uglevodorodning 0,21 g miqdori 0,80 g bromni biriktirib oladi. Uglevodorodning formulasini aniqlang.



Uyga vazifa: Organik birikmalarning formulasini topishga doir masalalar yechish.


5. ALKINLAR (17,18-darslar)

17 va 18-darslarda to‘yinmagan uglevodorodlarning atsetilen qatori vakillari bilan tanishiladi.


Uglerod-uglerod orasidagi uchlamchi bog‘ni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq materiallar o‘quvchilarga beriladi. Uchlamchi bog‘ni hosil bo‘lishi bilan uglerod atomlari (uch bog‘ni hosil qilishda ishtirok etgan uglerod) ga bog‘langan vodorod atomini xossalari haqida tushunchalar bilan tanishtiriladi.
Atsetilen qatori uglevodorodlari bilan tanishishni ham uglevodorodlarning oldingi sinflarini o‘rganishdagi kabi reja asosida tashkil qilinadi.


17-DARS. Atsetilen. Molekulasini tuzilishi. sp-gibridlanish. Gomologik qatori. Izomeriyasi. Nomlanishi.


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga atsetilen qatori uglevodorodlari, tuzilishi, izomeriyasi, sp-gibridlanishi va nomlanishi haqida ilmiy tushuncha berish. Atsetilen asosida amalga oshiriladigan sintezlar yordamida uglevodorodlarning sinflari asosida genetik bog‘lanishlarni tushuntirish.


Dars rejasi:

  1. Atsetilen va atsetilen qatori uglevodorodlar molekulasining tuzilishi.

  2. sp-gibridlanish va uni gibridlanishning boshqa turlaridan farqi.

  3. Izomeriyasi

a) Zanjirning tarmoqlanishi hisobiga.
b) -bog‘larning siljishi hisobiga izomeriya.

  1. Nomlanishi

Ushbu mavzuni boshlashdan avval organik moddalar formulalarini topishga doir bir necha xil masalalar yechish yo‘li bilan o‘quvchilarni mustaqil ishlash va qilingan ishlar natijasi asosida mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi.





  1. Geliyga nisbatan zichligi 6,5 ga teng bo‘lgan uglevodorodni formulasini toping?

  2. Тarkibida 92,3% uglerod, 7,7% vodorod bo‘lgan uglevodorodni vodorodga nisbatan zichligi 13 ga teng. Shu moddani formulasi topilsin?

  3. 2,6 g organik moddani yonishi natijasida 1,8 g suv va 8,8 g uglerod (IV)-oksid hosil bo‘lgan. Moddani havoga nisbatan zichligi 0,9 ga teng. Ushbu moddani tuzilish formulasini aniqlang?

  4. Bu kabi masalalarni yechish yo‘li bilan noma’lum moddaning formulasini aniqlash malakalari singdiriladi.

  5. Atsetilenni formulasi C2H2 ekan, uni tuzilishi qanday? Savolga o‘quvchilarning izohli javoblarini muhokama qilish maqsadga muvofiq.

Dars reja asosida davom etadi.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling