3. ALKENLAR (11,12,13-darslar)
11-DARS. Тo‘yinmagan uglevodorodlar. Etilen qatori uglevodorodlari. Etilen molekulasini tuzilishi. -bog‘, sp2-gibridlanish.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga to‘yinmagan etilen qatori uglevodorodlarining vakili etilen molekulasini tuzilishi, gomologik qatori va bu qator vakillarining molekulasini tuzilishi haqida hamda -bog‘larni hosil bo‘lishi, sp2-gibrid elektronlar haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:
Тo‘yinmagan uglevodorodlar.
Etilen qatori uglevodorodlari.
Etilen molekulasining tuzilishi.
sp2 –gibridlanish.
-bog‘.
Тo‘yinmagan uglevodorodlar
|
Etilen qatori
|
Diyen qatori
|
Atsetilen qatori
|
CnH2n formulaga mos kelib, molekulasi tarkibida bitta qo‘shbog‘ tutuvchi uglevodorodlar etilen qatoriga mansubdir.
CH2CH2-etilen (eten)
CH2CH-CH3-propilen (propen)
CH2CH-CH2-CH3-butilen (buten)
Darslikdagi yoki quyidagi masalani yechish bilan o‘quvchilar etilenni formulasini topishadi.
Noma’lum uglevodorodning 1,12 l miqdorini to‘liq yondirish uchun 3,36 l kislorod sarflandi. Natijada 2,24 l karbonat angidrid va 1,8 g suv hosil bo‘ladi.
Uglevodorodni molekulyar formulasini toping?
O‘quvchilar uglevodorod formulasi uchun C2H4 formulani taklif etadi.
Etilen-C2H4 molekulasining tuzilishi: etilen molekulasida bitta -bog‘ bor. -bog‘ sof p-elektronlarni juftlashuvidan va -bog‘ga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda hosil bo‘ladi. (Darslikdan 35-betdagi 8-9 rasmlarga qarang).
Uglerod atomining tashqi elektron qavatidagi bitta p-elektron -bog‘ni hosil qilish uchun sarflandi. Natijada bitta p va 2 ta s elektronlar qoldi, ularni gibridlanishidan sp2 –gibrid elektronlar hosil bo‘ladi.
Uyga vazifa:
Darslikdan mavzuga tegishli materiallarni o‘zlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |