I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma
Download 0.6 Mb.
|
10metqul
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga to‘yingan uglevodorodning galogenli hosilalari va ularning ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:Тo‘yingan uglevodorodlarni galogenli hosilalari Izomeriyasi va nomenklaturasi. Galogenli hosilalarni molekulalaridagi atomlarni o‘zaro ta’siri va kimyoviy xossalari. Тo‘yingan uglevodorodlar va ularning hosilalarini ishlatilishi. Тo‘yingan uglevodorod molekulasi tarkibidagi vodorod atomlari o‘rniga galogen almashgan birikmalar galogenli hosilalar deyiladi. -monogaloid alkan R-X -digaloid alkan R-X2 -trigaloid alkan R-X3 R-radikal, X-galogen F,Cl,Br,I C6H5Cl tarkibli moddalar: CH3-CH2-CH2-CH2-CH2-CH2Cl 1-xlorgeksan CH3-CH2-CH2-CH2-CHCl-CH3 2-xlorgeksan CH3-CH2-CH2-CHCl-CH2-CH3 3-xlorgeksan Zanjirni tarmoqlanishi hisobiga radikallar soni yana ham ortib ketadi. CH3-CH(CH3)-CH2-CH-CH2Cl 4-metil-1-xlorpentan C3H6Br2 tarkibli moddani esa quyidagicha izomerlari mavjud. CH3-CH2-CHBr2 1,1-dibrompropan CH3-CHBr-CH2Br 1,2-dibrompropan CH2Br-CH2-CH2Br 1,3-dibrompropan CH3-CBr2-CH3 2,2-dibrompropan Тo‘yingan uglevodorodlarning galoidli hosilalari uchun nukleofil o‘rin olish reaksiyasi xarakterlidir. CH3BrHOHCH3OHHBr Reaksiya qaytar bo‘lganligi uchun ishqoriy muhitda amalga oshiriladi. CH3BrKOHCH3OHKBr Shuningdek digaloid alkanlar ham bu reaksiyani beradi, natijada aldegid yoki keton hosil bo‘ladi. Ishlatilishi. Metanning ishlatilishi darslikdagi 24-betda berilgan material asosida tushuntiriladi. CH4-metan, botqoq yoki kon gazi ham deyiladi. Тabiiy gazning 90-98% ini metan tashkil etadi. C2H6 –etan, tabiiy gazda 0,6-5%, yo‘ldosh gazlarda 3-20% ni tashkil etadi. Etilen, polietilen, etilen oksid, etandiol, akrilonitril, etil benzol kabi turli xildagi moddalar olishda ishlatiladi. C3H8-propan, yo‘ldosh gaz tarkibida 18% gacha uchraydi. Propilen, izopropilbenzol, atseton, fenol, glitserin, polipropilen, izopropil spirt kabi ko‘plab moddalar olishda asosiy xom ashyodir. C2H5Cl-etilxlorid; tetraetilqo‘rg‘oshin olishda, meditsinada og‘riqni qoldiruvchi surtma sifatida ishlatiladi. CH2Cl2-metilen xlorid; yonmaydigan va oson uchuvchan erituvchi sifatida keng ishlatiladi. C2H4Cl2-dixloretan; yog‘, smola, mum, kauchuk va boshqa moddalarni erituvchisidir. Vinilxlorid, etilendiamin olish uchun xom ashyodir. CHCl3-xloroform; juda muhim erituvchi modda sifatida keng miqyosda ishlatiladi. Narkotik ta’sirga ega bo‘lganligi uchun xirurgik operatsiyalarda ham foydalanilgan. CHJ3-yodoform; tibbiyotda antiseptik vosita sifatida keng qo‘llaniladi. CCl2F2-dixlordiftormetan; texnikada freon-12 nomi bilan atalib, sovutish agregatlarida ishlatiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling