Uyga vazifa:
Bajarilgan ish yuzasidan mustaqil xulosalar tayyorlash
II. UGLEVODORODLAR
1. ALKANLAR (6,7,8,9-darslar)
6-DARS. Тo‘yingan uglevodorodlar. Metan molekulasining tuzilishi. Gomologik qatori. Тo‘yingan uglevodorodlarning elektron va fazoviy tuzilishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga uglevodorodlarning to‘yingan qatori birinchi vakili metan haqida, molekulasini tuzilishi, gomologik qatorida uglerod-uglerod zanjirini hosil bo‘lishi, elektron va fazoviy tuzilishi haqida nazariy ma’lumotlar berish.
Dars rejasi:
Uglevodorodlarning sinflanishi.
Тo‘yingan uglevodorodlar.
Metan molekulasini tuzilishi.
Тo‘yingan uglevodorodlarning gomologik qatori
Metan gomologlari. Elektron va fazoviy tuzilish.
Darsni boshlashda quyidagi hisoblashga doir masalani yechish o‘quvchilarga taklif etiladi.
Geliyga nisbatan zichligi 4 bo‘lgan uglevodorodning formulasi aniqlang.
1 mol uglevodorodning to‘liq yonishi natijasida 2 mol karbonat angidrid va 3 mol suv hosil bo‘lgan. Uglevodorodning formulasini aniqlang.
Noma’lum uglevodorodni yetarli miqdordagi kislorod bilan aralashmasi yopiq idishda portlatildi. Reaksiya nihoyasiga yetgach, temperatura 100S dan yuqori holatda idish ichidagi bosim, reaksiyadan avvalgi bosimga teng bo‘lgan. Noma’lum uglevodorodning formulasini aniqlang.
Shundan so‘ng dars belgilangan reja asosida davom ettiriladi.
Uyga vazifa:
O‘rganilgan mavzu bo‘yicha darslikdan tegishli (14-17 bet va 1,2,3-rasm) materiallarni o‘zlashtirish. O‘qituvchi tomonidan berilgan savol va topshiriqlarni bajarish.
7-DARS. Тo‘yingan uglevodorodlarning izomeriyasi va nomenklaturasi. Тabiatda tarqalishi. Olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |