I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet17/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
10metqul

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga to‘yingan uglevodorodlarning izomeriyasi va nomlanishi, tabiatda, jumladan, O‘zbekiston xududida uchrashi, olinishi haqida ilmiy tushunchalar berish.


Dars rejasi:

  1. Izomeriya haqida tushunchalarni takrorlash.

  2. Тo‘yingan uglevodorodlarning izomeriyasi.

  3. Тo‘yingan uglevodorodlarning nomlanishi.

  4. Тabiatda tarqalishi.

  5. Olinishi.

O‘quvchilar izomeriya haqida bir qator bilimlarga ega bo‘lganligi uchun ushbu mavzuni bir muncha chuqurlashtirib o‘tish maqsadga muvofiqdir.


Izomerlar soni modda tarkibida uglerod atomi soni ortib borishi bilan keskin ortib boradi. Bu esa organik moddalarning xilma-xil bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan: geksanning C6H14 formulasiga 6 ta izomer to‘g‘ri kelsa, C25H52 formulaga 56757588 ta izomer mos keladi.
I
zomerlarni nomlash uchun xalqaro nomenklaturadan foydalanamiz.

3-metil-5-izopropilnonan


Amalda xalqaro nomenklaturadan tashqari tarixiy, ratsional va jeneva nomenklaturalaridan ham foydalaniladi.


Darsda to‘yingan uglevodorodlarni izomeriyasi va nomlanishiga doir ko‘plab mashqlarni bajarishlik talab qilinadi.

  1. 3,4-dimetil,6-uchlamchi butildekanni formulasini yozing.

  2. Q
    uyidagi formulalar bilan qanday moddalar ifodalangan? Ularni nomlang.

Dars nihoyasida 5-10 minutga mo‘ljallangan test topshiriqlari yechish bilan o‘quvchilar bilimini nazorat qilishlik maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.




Uyga vazifa: Darslikdan 25-26 betlardagi 6-9 mashqlarni bajarish. 5-rasmni o‘rganish.


8-DARS. To‘yingan uglevodorodlarining fizikaviy va kimyoviy xossalari. Zanjirli reaksiya mexanizmi.


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga metan va uning gomologlarini fizikaviy hamda kimyoviy xossalarini tushuntirish. O‘quvchilarda to‘yingan uglevodorodning kimyoviy xossalariga doir mavjud bilimlarni, yani moddaning tuzilishi, valent elektronlarning holati kabi bilimlar asosida chuqurlashtirishdan iborat.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling